O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/96
tarix29.04.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#104700
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   96
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish

 
11.2. Ekologik konsepsiya monitoringi 
1. Ekologik monitoring (EM) – ekologik ta’lim tizimining bir qismi 
bo‘lib, asosan ekologik bilimlar va tushunchalarning, dunyoqarashning 
amaliy ishlar asosida shakllanishiga, o‘zi yashab turgan joydagi tabiat 
o‘zgarishlarini uzluksiz ravishda kuzatib borishga aytiladi. 
2. EM ning maqsadi quyidagicha: 
• o‘sib borayotgan yosh avlodda amaliy ishlar orqali ekologik bilim 
va madaniyatni shakllantirish
• ma’lum hududdagi ekologik ahvolni umumiy kuzatishga erishish. 
Ko‘pincha maxsus tashkilotlarning hamma joylarda tekshirish yoki 
kuzatuvlar olib borishga imkoni bo‘lmaydi, shuning uchun ushbu 
kuzatuvlarning ahamiyati katta. 
3. EM ning xuquqiy mavqei yoki darajasi, aholining ekologik 
kompleks maqsadli ta’lim haqidagi dasturiga, EMning nizomiga, 
Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasi va ushbu hududda qabul qilingan 
boshqa hujjatlar asosida belgilanadi. Hududni o‘rganish bo‘yicha olib 
borilayotgan kuzatishlar monitoringiga maktab ekologik monitoringi 
qo‘shimcha tizim bo‘lib kiradi. Chunki talabalar kelajakda maktablarda 
ekologiya fani o‘qituvchisi bo‘lishlari mumkin. 
4. Monitoring butun hudud bo‘yicha yagona bir dastur asosida, bir 
xil o‘rganiladigan obyekt nazorati, bir uslubdagi kuzatishlar, nazorat 
qilinadigan hududda o‘lchash va hisobot topshirish birdek bo‘ladi. 
Ammo qishloq va shahar maktablarida joy katta-kichikligidan kelib 
chiqib, ayrim ko‘rsatkichlar biroz boshqa bo‘lishi mumkin. Bugungi 
kunda ekologik ta’lim oladigan muassasalarda maktab ekomonitoringi 
olib boriladi.
5. Maktab ekologik monitoringi ikki yo‘nalishda bo‘ladi: 


120 
• maktab joylashgan kichik hududdagi barcha landshaft va 
geografik joylashuvni monitoring qilib chiqiladi, bunda albatta aholi 
yashaydigan ijtimoiy va gigienik inshootlar ham hisobga olinadi; 
• ushbu hududning asosiy deb hisoblangan ayrim joylarida tabiiy 
va antropogen omillarni hisobga olgan holda bioindikasion, fenologik 
hamda fizik-kimyoviy nazorat o‘tkaziladi. 
6. Ekologik monitoring aslida tabiiy muhit, ekotizim va boshqa 
hodisalarni bir muddatda o‘rganilgan izlanishlar asoslamaydi, balki 
alohida ajratib olingan joylarda bir necha yillar davomida olib borilgan 
ko‘p yillik ishlarni taqqoslash natijasiga amal qilgan holda olib boriladi. 
Ekologik monitoring izlanishlari Qadimgi Rimda ma’lum bo‘lgan 
“Nima? Qaerda ? Qachon” formulasi asosida olib boriladi. 
7. Olib boriladigan ekologik monitoringlar eng avvalo, hamma 
uchun qulay bo‘lishi yoki uni hamma bajara olishi kerak, unda feno-
logik, geoindikatsion, bioindikatsion uslublar orqali atrof-muhitda yuz 
bergan suv, tuproq va havoning ifloslanishi natijasida o‘zgarishlarni 
o‘lchab hamda aniqlay olishi kerak.
8. Ekologik monitoringni geografik asosda ham olib borish 
mumkin, bunda ekologik omillarning tabiatdagi o‘zgarishlarga ta’siri 
va o‘zgartirilgan landshaftlarni kartografiya usuli bilan ta’riflash hamda 
ekologik ta’sirlardan zararlangan yerlarni baholash ishlari to‘rt darajali 
shkala asosida olib boriladi: 
a) ekologik baholash; b) tavakkal, jur’at; d) krizis yoki inqiroz; e) 
qiyinchiliklar. 
Baholash ishlari quyidagicha bo‘ladi: 
• tajriba olib boriladigan hududni ekologik birlik yoki talablar 
asosida tanlab olish. Ushbu maydon o‘quv ishlari olib boriladigan 
manzil yaqinida bo‘lishi kerak. 
10. O‘quv muassasasi joylashgan hudud monitoringida yashash 
sharoitlari ko‘rsatkichlari va o‘quvchilarning sog‘lig‘i, kasallanish 
sabablari o‘rganilib boriladi. 
11. Monitoring olib borilayotgan joydagi bir necha maydonda 
fitotsenoz, tuproqning tipi va mexanik tarkibi, fizikaviy-kimyoviy 
tarkibi aniqlanadi. Olib boriladigan biodiagnostika ishlari o‘sha joydagi 
o‘simliklar, hayvonlar va tuproqdagi mikrobiologik aktiv jarayonni 
hisobga olgan holda o‘tkaziladi. 


121 
12. Hududga antropogen omillarning ta’siri ikkiga bo‘lib 
o‘rganiladi: tajriba maydoni antropogen omillarning ta’siri kuchli 
bo‘lgan va nazorat maydoni ekologik toza maydondir. Tajriba olib 
boriladigan hududlar joylashish, tuproq tipi, o‘sadigan o‘simliklari va 
boshqa ko‘rsatkichlari bilan bir-biriga o‘xshash bo‘lishi kerak. 
13. Hududdagi havo atmosferasining ifloslanish darajasi daraxtlar 
bargidagi changlar terak va qarag‘ay (sosna), qor qatlamidan olingan 
tahlillar natijasi, kislotali yog‘inlar miqdori, jamoat transportlari 
tashlanmalari va boshqalar asosida olib boriladi. 
14. Suv havzalaridagi ichimlik suvlarining diagnostikasi bioindi-
katsion, organoleptik va fizik-kimyoviy usullar yordamida olib boriladi. 
15. Kuzatishlar natijasida olingan ekologik ma’lumotlar har yili 
mazkur hududning ekologik pasportiga yozib boriladi, har bir joyning 
ekologik pasporti bu boradagi jonkuyar tashkilotlar tomonidan ishlab 
chiqilgan bo‘ladi. 
16. Ekologik monitoring olib borayotgan tashkilotlar o‘rtasida 
o‘zaro ekologik izlanishlarning natijalari, pedagogik tajribalar, uslubiy 
qo‘llanmalar bilan ta’minlanganlik va umuman qilinayotgan ishlar 
samarali bo‘lishi uchun informasion aloqalar o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. 
Aloqa o‘rnatilsa, birmuncha qulayliklarga erishiladi. 
17. Monitoringdan olingan ma’lumotlar maktablar, laboratoriyalar, 
oliy ta’lim kafedralari, ekologik markazlarda qayta ishlash natijasida 
xulosalarni umumlashtirish ko‘rsatkichlaridan kelib chiqadi. 
18. Ekologik monitoringni olib borish va uni o‘tkazish uchun 
mas’uliyat o‘sha hududdagi ta’lim boshqarmasi va tabiatni himoya 
qiluvchi tashkilotlar zimmasida bo‘ladi. 

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin