O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/96
tarix29.04.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#104700
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   96
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish

12.3. Maltus nazariyasi 
 
Tomas Robert Maltus (1766-1834) o‘z davrining buyuk olim-
laridan bo‘lib, u “dunyoda aholi uzluksiz ko‘payib borishi mehnatkash 
odamlarning qashshoq, kambag‘al yashashiga sharoit yaratadi, Er 
odamlarni to‘liq boqa olmaydi”, degan to‘xtamga keldi va bu haqidagi 
fikrlarini batafsil asoslab, 1798-yilda yashirin nom bilan bosib chiqardi. 
Mal’tus o‘z kitoblarida, yerdagi odam soni geometrik progressiya 
bilan, oziq-ovqat va unga boshqa zarur zahiralar esa arifmetik progressiya 
bilan oshib boradi, deydi. Odam sonini qanday kamaytirish haqida lom-
mim demagan. Olim o‘z ishlarida hech kimni sevmaslikni, bevalikni va 
kech nikohlarni tavsiya qilgan. Maltus nazariyasida bir narsa: odam 
qanchalik ko‘paymasin, ishchi kuchi orasida tanlov, saylab olish imkoni 
shunchalik kengayishi ta’kidlanadi. 
Maltus nazariyasi kitob holida e’lon qilinganidan hozirgacha 
olimlarning ayrim guruhi tomonidan tanqid qilinmoqda, ayrimlarning 
esa e’tiborini ham tortmayapti. Umuman, Maltus nazariyasi, hozir ham 
qizg‘in bahs-munozaralarga uchramoqda. Bunda ayrim guruhlar 
kambag‘allikni tabiatning qonuni, deb e’tirof etishmoqda.  
Turmush darajasini ko‘tarish uchun aholi soni turg‘unlashishi lozim. 
Shundagina tabiiy zahiralardan samarali foydalanish mumkin.  
Aslini olib qarasak, rivojlanmagan mamlakatlarda yosh bolalar 
o‘limi ko‘p, odamlarning o‘rtacha umr ko‘rish davri qisqa, turli xil 
kasalliklar, ayniqsa, SPID kasalligi keng tarqalgan. Tabiiy ofatlar, 


141 
qurolli urushlar, qurollanish – bularning hammasi odamlar qirilib 
ketishiga sabab bo‘lmoqda.  
Aholi sonini turg‘unlashtirish uchun 1969-yilda BMT maxsus 
fondi Butun dunyo konferensiyasini o‘tkazdi. Bu fond kambag‘al 
oilalarga dastlab 100 mln. dollar, 1998-yilda 56,3 mln. dollar mablag‘ 
sarfladi. 1994-yili Qohira konferensiyasi butun Afrika mamlakatlarida 
aholi turg‘unligi borasida muhim hujjat qabul qildi. Bu yerda 179 
mamlakat vakillari uchrashib, 20-yilga mo‘ljallangan aholishunos-
likning barcha ziddiyatli masalalari e’tiborga olingan 16 bobdan iborat 
dastur qabul qilindi. Unda, xususan, tug‘ilish, o‘lish, aholining o‘sish 
darajasi, urbanizatsiya va migrasiya, shuningdek, qishloqlardan 
shaharga ko‘chib kelayotganlarning muammolari, tabiatni muhofaza 
qilish, qurolli urushlarning oldini olish va boshqa masalalarga alohida 
ahamiyat berildi.  
Dasturning XI bobi ta’lim, savodxonlik masalalariga bag‘ishlan-
gan. Unda dunyo ayollarining 75 foizi savodsiz ekanligi, hamma 
bolalar va kattalar bilim olishga haqli, ularni o‘qitib, o‘zaro aloqa, 
nikoh, oila, tug‘ilish, ovqatlanish va mehnatga o‘rgatish zarurligi ilgari 
surildi. 1994-yilgi konferensiyadan so‘ng, ko‘pgina mamlakatlarda 
aholi o‘rtasida tug‘ilishni cheklash, rejalashtirish masalalariga e’tibor 
berildi. Eng odami ko‘p mamlakat Xitoyda tug‘ilishni cheklash qonun 
bilan tasdiqlandi, bir oilada faqat bir bolaga ruxsat berildi. Bu tartib 
faqatgina Tibet, Sinszyan va ichki Mongoliyaga tatbiq etilmaydi.  
Ta’kidlash kerakki, ushbu qonunni amalga kiritish nihoyat og‘ir 
kechdi, ammo hukumat bu borada keskin choralar ko‘rdi. 
Hindiston ham shu yo‘ldan bordi va «Bir oilaga ikki bola» shiori 
o‘rtaga tashlandi. Ammo hindlarda tug‘ilishni cheklash haqidagi qaror 
yaxshi ishlamadi. Shuning uchun bu hududda ko‘payish sur’ati 
susaymadi, aholi soni tez orada 1 mlrd.dan oshdi. Taxmin qilinishicha, 
2030-yilda Hindiston bu borada Xitoyni quvib o‘tadi. Lekin aholisi 
qashshoq, och, yalang‘och, uysiz, ma’lum qismi ochiq maydonlarda 
yashaydi. Hindiston hukumati aholini bunday xorlikdan qutqarishi 
kerak. 
Aynan shunday tadbirlar Bangladesh, Indoneziya, Eron va Po-
kistonda ham belgilandi, ammo ularda hech qanday natija bermadi. 
Birma, Butan, Malayziya, Iroq, Liviya va Singapur mamlakatlari 
rahbarlari aholi sonining o‘sib borishini qo‘llab-quvvatladilar. Afrikada 
demografiya siyosati mutlaqo samara bermadi. 1990-yilda Afrika 


142 
aholisi dunyo aholisining 9 foizini tashkil qilgan bo‘lsa, 2020-yilga 
borib 20 foizdan oshadi.  
Mozambikda tug‘ilish-yiliga 4,6 foizdan o‘sayotgan bo‘lsa, 
Afg‘onistonda bu boradagi ko‘rsatkich 3,2 foizni tashkil etadi. Bu 
mamlakatlarda har bir onaning 8-10 tadan bolasi bor. 
Rivojlangan Fransiya, Germaniya, Daniya, Belgiya va Vengriyada 
tug‘ishni qo‘llab-quvvatlovchi siyosat o‘tkazilmoqda. Agarda oilada 
ikki va undan ko‘proq bola bo‘lsa, ularga muayyan yordam hamda har 
xil imtiyozlar beriladi. 
Yana bir narsani aytish kerakki, keyingi paytlarda dunyo aholisi 
orasida nafaqaga chiqqan fuqarolar soni ko‘payib bormoqda, 
odamlarning umri uzaymoqda, keksalar soni 1959-yildagiga nisbatan 
2000-yilda 8 foizga, 2016-yilda esa bu ko‘rsatkich yanada oshdi. 
Qaysi mamlakatda tug‘ilish kamaygan bo‘lsa, shu yerda aholining 
turmush tarzi oz bo‘lsa-da yaxshilangani ma’lum.  
Yer sharida aholining yarmi qashshoq, zo‘rg‘a kun kechiradi, 
kambag‘allar soni uzluksiz oshib bormoqda. 
Aholini oziq-ovqat mahsulotlari va uy-joy bilan ta’minlash masa-
lalari ham global masalalar hisoblanadi. Umumiy hisoblarga ko‘ra, Yer 
hammani boqishi mumkin. Ammo buning uchun o‘simliklarning 
kasalliklari, hasharotlari mutlaqo bo‘lmasligiga, navlar yuqori hosil 
berishiga, oziq-ovqat aholi o‘rtasida teng taqsimlanishiga erishish 
zarur. 
Hali demografik masalalar bo‘yicha dunyoda juda katta tashviqot 
ishlari olib borilishi va bu haqdagi dasturga hamma birdek amal qilishi 
lozim. 
Kelajakda odamlar o‘zlari yashaydigan ona tabiatni oziq-ovqat va 
demografik hamda boshqa barcha muammolari bilan qabul qilib 
oladilar, bu muammolarni ilmga asoslangan holda oqilona hal etish 
yo‘lidan boradilar. 

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin