156
Respublika o‘rmon xo‘jaliklari har yili qariyb 42
ming gektar
maydonning 27 ming gektariga daraxt ekadi va 15
ming gektariga
daraxt ko‘chatlarini o‘tqazadi. So‘nggi yillarda o‘rmonzor barpo etish
umumiy hajmida daraxt ekish ulushi asta-sekin ko‘paymoqda. Daraxt
ekish o‘rmonzor barpo etishning eng samarali usuli hisoblanadi.
Chunki bunda ekinlarni saqlash hamda ularning unib chiqish darajasi
oshadi.
Keyingi 12-yilda Orolning qurigan
tubida saksovul va boshqa
qumda o‘sadigan o‘simliklardan 200 ming gektardan ortiq erda (har yili
20 ming gektardan) ixotazor barpo etildi.
Ushbu ixota daraxtlari
hududida daraxtlar ekilgandan keyingi 2-yilda shamol tezligi 20, 5-
yilda 80, 6-yilda 90 foizga pasayib, 7-yilda uning tezligi to‘xtaydi va
mayda zararli qum zarrachalari ko‘tarilishi keskin kamayadi. Saksovul
va boshqa butalarning ildiz tizimi tuproqning
ustki qatlamini mus-
tahkamlaydi va bu o‘t-o‘lanlarning paydo bo‘lishi
hamda biosenotik
xilma-xillikning ko‘payishiga yordam beradi.
Ayni paytda Orol muammolari bo‘yicha Germaniya, Fransiya bilan
o‘rmon maydonini kengaytirish sohasida
faol hamkorlik qilinmoqda,
Turkiya bilan muzokaralar olib borilmoqda. Orol dengizining qurigan
tubida ixota daraxtlari ekishni tashkil
etish bu borada amalga
oshiriladigan asosiy loyihalardandir.
Orol dengizi tubida o‘rmon maydonini kengaytirish bo‘yicha inten-
siv ishlar asosan 2004-yildan bugungi kungacha amalga oshirilmoqda.
Dostları ilə paylaş: