153
Archazorlar – tog‘ o‘rmonlarining asosiy turi bo‘lib, 1400-3000
metr balandlikda o‘sadi. Baland tog‘lardagi yaylovlar 2700-2800
metrdan to 3600-3700 metr balandlikda joylashgan.
14.2. Bioxilma-xillik va uni himoya qilish
Ayni paytda butun dunyodagi kabi bioxilma-xillikni saqlash
muammosi O‘zbekistonning barcha hududlarida kuzatilmoqda. Biroq
bu muammolar aholi zich joylashgan (Farg‘ona vodiysi) va sug‘orila-
digan maydonlar hududlarini kesib o‘tadigan
daryolar quyi oqimida
joylashgan (Xorazm viloyati va Qoraqalpog‘iston Respublikasi)
hududlarda ko‘proq seziladi. Aynan ushbu hududlarda biologik xilma-
xillik antropogen omillar ta’sirida (Orol dengizining qurib borishi) –
yovvoyi ekotizimlar ko‘pgina turlarining butkul yo‘q bo‘lishi va
turlarning bevosita vahshiy odamlar tomonidan qirib tashlanishi
natijasida yuz bergan.
Asosan, o‘simlik va hayvonlar turlari tarqalgan joylarning ekin-
zorlarga
aylantirilishi, tuproq va suvdan boshqa maqsadlarda foyda-
lanilishi ona tabiatning bioxilma-xilligiga xavf solmoqda. Antropogen
omillardan keyingi paytda uch guruhi – yerlarni o‘zlashtirish bilan bir
vaqtda chuchuk suv resurslarini qayta taqsimlanishi, yaylovlardan
noto‘g‘ri
foydalanilishi, tog‘-kon va energetika sanoati tabiiy
ekotizimga ko‘proq ta’sir ko‘rsatmoqda. Ular cho‘llanish jarayonini
kuchaytirish, chorva mollarini me’yordan ortiq bir joyda boqish, ekin
maydonlariga suv chiqarish va sug‘orish,
shudgorlash natijasida
erlarning sho‘rlanishi va ularni xo‘jalik maqsadlarida foydalanishdan
chiqarish, ko‘plab gidrotexnik inshootlar yordamida daryo oqimini
boshqarish va
qayta taqsimlash, suv ekotizimining gidrologik tartibi-
ning buzilishi, sho‘rlanishi va ifloslanishi, suv ostidan qum va mayda
toshlarni qazib olish, qishloq xo‘jaligi faoliyati, suv to‘planadigan
hududlarda o‘simlik
qoplamasining buzilishi, tog‘larda o‘sadigan
daraxtlarni kesish va moslashgan daraxtlarni yo‘q qilish, o‘simliklardan
turli xomashyolar tayyorlash kabilarni o‘z ichiga oladi.
Biroq qo‘riqxonalar hududlari maydonining cheklangani va bir-
biridan ajralgani ularning ekotizimlari va bioxilma-xilligini uzoq
muddatli istiqbolda himoyaga muhtoj bo‘lib qolishiga olib keladi.
Chunki maydoni cheklangan mamlakatda har bir qarich yer maydoni
hisobda turadi. Chorvachilikning ekstensiv tizimidan foydalaniladigan
154
ko‘plab yaylovlarda tabiiy yashash
muhiti va ekotizim ancha
o‘zgargan, ammo yovvoyi tabiatning ayrim tarkibiy qismlari ayni
paytgacha saqlanib qolgan. Shudgor qilinadigan yerlarning biologik
xilma-xilligi sifati mazkur yerlarda tabiiy yashash muhitini deyarli to‘la
yo‘q qilgan bo‘lib, bu yerlarda endi faqat madaniy ekinlar o‘stiriladi,
tabiat,
bioxilma-xillik, turlar degan so‘zlar bu joylarga mutlaqo mos
emas.
Dostları ilə paylaş: