O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti


Tekis yerlarning cho‘l ekotizimlari



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/96
tarix29.04.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#104700
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   96
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish

Tekis yerlarning cho‘l ekotizimlari Turon zaminining katta 
qismini egallagan va Qizilqum cho‘li, Ustyurt tizmasi, Qarshi cho‘li, 
respublika janubi va Farg‘ona vodiysiga keng yoyilgan. Cho‘l 
hududlari tuproq tarkibi bo‘yicha qumli, sho‘r, loyli va toshli (gipsli) 


152 
cho‘llarga bo‘linadi. Cho‘l ekotizimlari kamyob va turlari yo‘qolib 
borayotgan hayvonlar yashaydigan asosiy joy hisoblanadi. 
Tog‘oldi yarim cho‘llar va cho‘llar – 800-1200 metr balandlikda 
bo‘lgan tog‘oldi hududlarida joylashgan, uzunligi 30-50 kilometrli tog‘ 
tizmalarini qamrab olgan. Tog‘oldi yarim cho‘llar va cho‘llar 
respublika tog‘li hududining qariyb 3/2 qismini egallagan. 
Daryo va qirg‘oqbo‘yi ekotizimlari Amudaryo va Sirdaryo 
vodiysining tekis uchastkalari, Zarafshon va Surxondaryo etaklarini 
qamrab olgan. Bu ekotizimlar sharoitining xilma-xilligi uchta asosiy 
turni – to‘qayzorlar, qamishzorlar, daryolar va daryo o‘zanlarini ajratib 
ko‘rsatish imkonini beradi. 
To‘qayzorlar Amudaryo deltasida tor yoki alohida joylar ko‘rini-
shida saqlanib qolgan, ba’zida Sirdaryo, Surxondaryo, Zarafshon va 
Chirchiq soyliklarida, Angren daryosi va Qashqadaryoning quyi 
oqimida ham uchraydi. Daryolar va ochiq sayozliklar kamyob va turlari 
yo‘qolib borayotgan hayvonlar yashaydigan asosiy joy hisoblanadi. 
Namgarchilik yuqori bo‘lgan hududlar ekotizimlari (ichki suv-
botqoqlik ekotizimlari) tabiiy va antropogen ekotizimlarga bo‘linadi. 
Ular daryo va qirg‘oqbo‘yi ekotizimlariga o‘xshab ketadi, biroq 
yuzasida suvning ko‘pligi va namgarchilik darajasi yuqoriligi bilan 
ajralib turadi. 
Tabiiy namgarchilik yuqori bo‘lgan hududlar Amudaryo deltasida 
joylashgan, u qariyb 700 ming gektar maydonni egallaydi. Deltaga suv 
oqimi kelishining kamayishi va Orol dengizi qirg‘og‘ining orqaga 
qaytishi oqibatida so‘nggi o‘n yilda ko‘plab tabiiy chuchuk suvli ko‘llar 
yo‘q bo‘lib ketdi. To‘qayzorlar maydoni ikki baravarga, qamishzorlar 
6 baravarga kamaydi. Antropogen namgarchilik hududlari asosan 
sun’iy havzalardan (suv omborlari va tashlama qo‘llar) iborat bo‘lib, 
ularning orasida eng kattalari Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi, shuning-
dek, Dengizko‘l, Qoraqir, Sho‘rko‘l hisoblanadi.

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin