161
Nazorat savollari
1. Bioxilma-xillik va uni himoya qilish.
2. Alohida qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar.
3. O‘zbekiston o‘simlik turlarining xilma-xilligi.
4. Fauna va floraning “Qizil kitob”ga kiritilgan kamyob va yo‘qolib
borayotgan turlari.
5. Yog‘inlar yog‘ish harakterining o‘zgarishi?
6. Bioxilma-xillikning kamayib ketishi
sabablari nimadan kelib
chiqmoqda?
7. Orol dengizining qurishi va uning havzasidagi bioxilma-xillik.
162
XV BOB. BIOINDIKATORLAR VA ULARNING TURLARI
15.1. Fauna bioindikatsiyasi
Atrofimizdagi tabiat musaffoligini saqlash, uni kelgusi avlodlarga
asrab-avvaylab qoldirish hammaning vazifasi, ammo keyingi yillarda
antropogen omillarning ta’siri juda ko‘payib ketmoqda. Antropogen
omillarning tuproqqa, ekotizim va undagi turlarga ta’sirini o‘rganish,
tuproq osti va tuproq ustidagi umurtqasiz hayvonlar tur soni va umumiy
sonining kamayib borganligini ko‘rsatmoqda.
Ular kuzatuv maydon-
chalarida, yurish marshrutlarida, ayrim joylarda maxsus tuproq kavla-
malari, maxsus tuzoqchalar yordamida tutish orqali aniqlanadi.
Tuproq va tuproq usti faunasini o‘rganish qishloq xo‘jaligida turli
xil usulda
yerdan foydalanish shakllarida, yo‘l va yo‘laklar, yakka
holda tabiiy ifloslantiruvchilar ta’sirida,
ekotizim va katta landshaft-
larda olib boriladi.
Antropogen omillarning umumiy xarakterini aniqlash uchun 1
ga maydondagi maxsus uchastkaning 4-5 ta joyidan hajmi 50 x 50 sm
bo‘lgan chuqurlar qazilib, u yerda uchrashi mumkin bo‘lgan umurtqasiz
jonivorlar nazorat qilinadi. Agarda antropogen omillarning ta’sirini
chuvalchanglar sonida yanada aniq bilish zarur bo‘lsa, kichik
maydonlarda kavlab, namunalar olinadi. Bunda 0,01ga
maydonda
(10x10m) 1/16 m
2
(25x25sm) chuqurlar soni oshiriladi.
Bu vaqtda olinadigan namuna soni 9-12 taga oshadi. Chuqur-
chalarning bir-biriga yaqin joylashuvi bajariladigan ishning maqsad va
vazifasiga bog‘liqdir. Unumdorligi bir xil bo‘lgan
maydonlarda
diagonaliga 3 dona, ba’zan 5 donagacha chuqur kavlanadi.
Namuna olish jarayoni quyidagicha bo‘ladi: birinchi namuna olina-
digan maydonchalar aniqlanib, burchaklariga koziqchalar qoqiladi, ular
o‘rtasiga iplar tortiladi. Belgilangan maydoncha tuprog‘i ustidagi
barglar va boshqa chiqindilar hamda ustki quruq qatlam olib tashlanadi.
Kavlanishi mumkin bo‘lgan tuproq usti tozalangandan so‘ng, bir
tomonga kleyonka yoki qattiq gazlama yoyib qo‘yiladi va kavlangan
tuproq shu material ustiga tashlanadi. To‘plangan tuproq qo‘l
bilan
asta-sekin ko‘rib chiqiladi va unda mavjud bo‘lgan hasharotlar alohida
163
terib olinadi, yirik kesaklar va o‘simlik ildizlari qo‘l bilan bir-bir ko‘rib
chiqiladi. Topilgan hasharotlar bankaga solib qo‘yiladi, har bir namuna
maydonchasidan topilgan hayvonlar daftarga qayd qilinadi,
bunda
tuproqqa ta’rif beriladi, hasharotlar topilgan kun sanasi, ularning nomi
aniq holda dala daftariga yozib boriladi.
Dostları ilə paylaş: