177
XVII BOB. TABIATNI MUHOFAZA QILISHDA EKOLOGIYA
VA HUQUQ MASALALARI
17.1. Ekologiya huquqining shakllanishi
Keyingi paytlarda insonlar tabiatga shunchalik aralashib ketdiki,
tabiatni muhofaza qilish va uni asrash uchun endilikda davlat va huquq
idoralari aralashmasa, ko‘p hollarda tabiatni himoyasi qiyinlashib
qoldi. Ana shulardan kelib chiqib, respublikamizda ekologiya huquqi
degan soha paydo bo‘ldi va bu borada ijobiy ishlar olib borilmoqda.
Ekologiya huquqi – tabiat, jamiyat va insonlar o‘rtasidagi o‘zaro
munosabatlarni tartibga soluvchi O‘zbekiston Respublikasi huquq
tizimining mustaqil sohasidir. Ushbu o‘zaro munosabatlar insoniyat
uchun bir tomondan, tabiiy muhit (tabiiy resurs)ning alohida tarkibiy
qismlaridan foydalanish, ikkinchi tomondan esa ularni bu faoliyatning
zararli oqibatlaridan muhofaza qilish imkonini beradi. Ekologiya
huquqini atrof tabiiy muhitini saqlash, tiklash va yaxshilash maqsadida
jamiyat va tabiatning o‘zaro bog‘liqligi munosabatlarini tartibga
soluvchi huquqiy normalarning yaxlit bir tizimi, deb tushunish mumkin
bo‘ladi.
Ekologiya huquqining manbalari deganda, uni ifoda etilishining
tashqi shakli tushuniladi. Ular jumlasiga normativ aktlar va normativ
shartnomalar kiradi. Ekologiya huquqining manbalari–vakolatli davlat
organlari tomonidan qabul qilinadigan aktlar, qonunlar, farmonlar,
qarorlar, yo‘riqnomalar va boshqalardir. Manbalar ichida eng muhim
normativ akt sifatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va
ekologik munosabatlarni tartibga soluvchi qonunlarni alohida ko‘rsatish
mumkin. Yana bir muhim hujjat bu – (tabiiy resurslardan oqilona
foydalanish va atrof-muhitni himoya qilishni huquqiy tartibga solishning
asosiy yo‘nalishlarini belgilab beruvchi) O‘zbekiston Respublikasining
“Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risidagi“ Qonuni hisoblanadi.
Alohida joylarni yoki ma’lum bir biologik turlarni muhofaza qilish
maqsadida ba’zan qo‘riqxonalar yoki buyurtmalar tuzish orqali ularni
saqlab qolish yoki asrash mumkin.
178
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va ekologik qonunlar
fuqarolarning hayoti va sog‘ligi uchun qulay tabiiy muhitga bo‘lgan
huquqlarini mustahkamlaydi hamda uni ta’minlanishiga kafolat beradi.
Mamlakatning tashqi va ichki ekologik siyosatini jahon talablari
doirasida olib borishda qonuniy hujjatlar hal qiluvchi rol o‘ynaydi.
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda 120 dan ortiq qonun va qonun osti
hujjatlari, qaror hamda ichki va xalqaro dasturlar qabul qilindi.
Ekologik qonunchilik bir necha darajalarni o‘z ichiga oladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining normalari ekologik
qonunchilikning asosini tashkil qiladi. 1992-yil 8-dekabrda qabul
qilingan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosiy qonun hujjati
hisoblanib, hamma uchun majburiy va oliy yuridik kuchga egadir.
Atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari Konstitusiyaning 50, 54, 55
va 100-moddalarida berilgan. Konstitusiyaning 50-moddasida «Fuqa-
rolar atrof-tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga
majburdirlar» deb ta’kidlanadi. Ushbu talabga ko‘ra, O‘zbekistonning
har bir fuqarosi atrof tabiiy muhitni muhofaza qilishi hamda tabiiy
boyliklardan oqilona foydalanish talablariga to‘la amal qilishi shartdir.
Asosiy konunning 54-moddasiga ko‘ra, jamiyatning iqtisodiy ne-
gizlaridan biri bo‘lgan mulkiy munosabatlar bozor iqtisodiyoti qonuni-
yatlariga mos ravishda e’tirof etiladi. Lekin mulkdor o‘z hohishicha
unga egalik qilishi, foydalanishi va uni tasarruf etishi hech kachon
ekologik muhitga, ya’ni atrof-muhit holatiga zarar yetkazmasligi kerak.
Konstitutsiyaning 55-moddasiga muvofiq, «Yer, yer osti boylik-
lari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar
umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat
muhofazasidadir».
Konstitutsiyaning 100-moddasida birinchi marta shahar, tuman,
viloyat mahalliy hokimiyatlariga o‘z ma’muriy-hududiy bo‘linmalarida
atrof-muhitni muhofaza qilishning huquqiy asoslariga amal etgan holda
tabiiy resurslardan haq olib va maxsus ruxsatnomalar asosida egalik
qilishga, foydalanish yoki ijaraga olish huquqi beriladi. Tabiiy
resurslardan foydalanishda maxsus me’yorlar (limit) belgilanadi.
Tabiatdan foydalanishning ijaraga olish, litsenziya, shartnoma va
boshka shakllari mavjud. Tabiatdan foydalanish talab va me’yorlar
darajasida bo‘lmasa, ruxsatnomalar va ijara shartnomalari bekor
qilinadi, shuningdek, tabiatga zarar yetkazgan shaxs yoki tashkilot
ushbu zararlarni qoplashga majbur bo‘ladi.
179
Tabiat va uning resurslaridan foydalanish hamda muhofaza qilish
borasida sanoat, transport va xalq xo‘jaligidagi boshqa tarmoqlarning
huquqiy tartib va qoidalar asosida ish olib borishi katta ahamiyatga
egadir.
Dostları ilə paylaş: |