O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/96
tarix29.04.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#104700
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   96
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish

Mavzu xulosasi. Demak, bog‘lar, o‘rmonlar, butazorlar, suv 
bo‘ylarining ekologik tozaligini, u yerda o‘suvchi o‘simliklarning 
hamda tuproqning ifloslanmaganligini yuqoridagi qushlarning mavjud-
ligidan, uya qo‘yishi hamda ularning soni orqali ham bilib olish 
mumkin bo‘ladi. Indikator qushlarning yashashi ushbu hududlarda 
ekologik vaziyatning buzilmaganini, tabiatda antropogen omillarning 
ta’siri oshib ketmaganligini bildiradi.
Nazorat savollari 
 
1. Bioindikasiya deganda nimani tushunasiz? 
2. Bioindikator o‘simliklardan qaysilarini bilasiz? 
3. Bioindikator hayvonlardan qaysilarini bilasiz? 
4. Yomg‘ir chuvalchanglarini sanash usullari. 
5. Tuproqda yashovchi hasharotlarni aniqlash usullari. 
6. Umurtqasizlarni biosenometr yordamida hisoblash. 
7. Indikator qushlar monitoringi ko‘rinishi. 
8. Antropogen omillar va bioindikatorlar. 
 
 


173 
 
XVI BOB. TABIAT YODGORLIKLARI VA EKOTURIZMNING
SHAKLLANISHI 
16.1. Tabiat yodgorliklari tushunchasi 
 
Tabiat yodgorliklariga katta e’tibor berilib, ularning orasidan 
ekologik, ilmiy, estetik, madaniy jihatdan noyob, o‘rnini to‘ldirib 
bo‘lmas qimmatli, kelib chiqishi tabiiy bo‘lgan obyektlar tanlab olinib, 
Davlat tabiat yodgorliklari deb e’lon qilingan. 
Davlatning asralishi lozim bo‘lgan tabiat yodgorliklari doimo 
qo‘riqlanib boriladi. Respublikada ushbu turdagi yodgorliklar barcha 
viloyatlarda mavjud, ular doimo muhim yodgorlik sifatida asrab-avay-
lanadi. Masalan, Samarqand shahrida eng qadimgi shahar Afrosiyob 
yodgorliklari yoki Urgut shahrida ming-yillik chinor saqlanib turibdi. 
Surxondaryo viloyati Boysun tumanida Sayram qishlog‘idagi ming-
yillik chinorlardan bir vaqtlar maktab sifatida foydalanilgan. Xuddi 
shunday buloqlar, qal’alar va boshqalar tabiat yodgorligi sifatida 
muhofazaga olingan. 
Tabiat yodgorligi sifatida asralayotgan bir qancha buloqlar mavjud, 
ular-yillar davomida davlat tomonidan muhofaza etib kelinadi. 
Shunday buloqlar Navoiy viloyati Nurota tumani markazida hamda 
Namangan viloyatida mavjud. 
Samarqand viloyati Urgut tumani Omon-Qo‘ton hududida, 
shuningdek, Navoiy viloyati Sarmishsoy qishlog‘ida suratlar chizilgan 
qadimgi toshlar mavjud bo‘lib, ular ham tabiat yodgorligi sifatida mu-
hofaza qilinadi. Bunday toshlarni respublikaning boshqa hududlarida 
ham uchratish mumkin.
Tabiat yodgorliklaridan ilmiy, estetik madaniyat, sayohat, ekotu-
rizm, istirohat, tarbiyaviy maqsadlarda foydalaniladi. O‘zbekistonda 
bunday tabiat yodgorliklari juda ko‘p: qadimiy odamlarning qoldiqlari 
topilgan Teshiktosh g‘ori, Dalvarzin tepa, Sayrob, Boysun, Xo‘ja-
kentdagi qadimiy chinorlar, Qo‘ytosh, Qirqqiz, Odamtosh, Xo‘ja-
kentdagi qoyatoshlarga chizilgan rasmlar shular jumlasidandir. 
Mamlakatimizda 400 dan ziyod tabiat yodgorliklari ro‘yxatga olingan, 
ular davlat tomonidan qo‘riqlanadi. 


174 

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin