175
mahalliy aholi daromadlarining o‘sishi, aholi yashash manzillari
obodligi yanada yaxshilanadi.
Ekoturistik faoliyatning natijalarini hisobga olib, ta’kidlash
mumkinki, O‘zbekistonda turizmning mustahkam rivojlanishida ekotu-
rizm muhim faktor bo‘lib hisoblanadi. Ekoturizm tabiatni asrash zarur-
ligi, o‘rmonlarni kesishni qisqartirish, buzilgan tabiiy ekotizimlarni
tiklashda qatnashish borasida mahalliy aholi ongida burilish yasaydi.
Ekoturizmning o‘tkazayotgan tadbirlari aholining ekologik ma’lumot-
larini sezilarli darajada kengaytirishga yordam berayapti va bu mintaqa
aholisining ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilashga olib kelmoqda.
Insoniyat o‘zining taraqqiyoti natijasida yashashi uchun sun’iy
yashash muhitini yaratdi, ammo asl tabiatda yashash uning orzusidir,
shu tufayli ham tabiatga talpinadi. Insonlarning tabiatga bo‘lgan
munosabati faqatgina tabiatni saqlash emas, balki butun sayyorani
saqlash hisoblanadi. Insonlar tabiat bilan uyg‘unlashib ketganda,
tabiatni tushunganda
ekoturizmni tashkil qilish lozim. Chunki eko-
turizm insonlarga tabiatga boshqa ko‘z bilan qarashni, uni saqlashni,
tushunishni o‘rgatadi.
Xalqaro turizmning mamlakatlarga qarab 20-60 foizini ekoturizm
tashkil qiladi, bunday sayyohlarning ayrimlari yovvoyi florani, yana
birlari faunani, okean va dengizlarni o‘rganuvchilar bo‘ladi. Ekoturizm
o‘zida xavfli vaziyatlarni ham, tinch dam olish muvozanatlarini ham
yuzaga keltiradi. Sayohat davomida tabiatga insonlar mutlaqo zarar
yetkazmasliklari zarur.
Dostları ilə paylaş: