188
Ushbu hududdagi ekologik vaziyat barcha tirik organizmlarga zarar
berib og‘ir holatlarni hamda turli xil kasalliklarni keltirib chiqardi.
Respublikaning bir qator hududida ekologik vaziyat tabiiy resurs-
larining ifloslanishi tufayli kelib chiqmoqda. Atmosfera havosining if-
loslanishi birgina Toshkent shahrida eng salbiy holatni va kam-
chiliklarni ko‘rsatadi bunga sabab, ekologik qonunlarning ishlamasligi
yoki rahbar xodimlarning bee’tiborligi tufayli va boshqa sabablar bilan
bog‘liq vaziyatlar ko‘pligi jihatidan birinchi o‘rinlarni egallaydi.
O‘zbekistonda quyidagi: ya’ni qanoatlanarli, o‘rtacha, qeskin, tang
va halokatli ekologik vaziyatlar mavjud.
Kanoatlanarli ekologik vaziyatlarni quyidagicha tushunish mum-
kin bo‘ladi. Bunda tizma tog‘larning suv ayirg‘ich chizig‘i, baland va
o‘rtacha balandlikdagi tog‘larning yonbag‘irlaridan oqib keladigan
suvlar va yaylovlardan foydalanish tizimli nazorat ostida ekanligi.
O‘rtacha ekologik vaziyat yaylovlardagi, o‘rtacha balandlikdagi
tog‘lar va Ustyurt platosining ayrim hududlariga o‘simliklar qopla-
mining buzilish va kamayishi natijasida endi boshlanayotgan belgilarda
kuzatiladi.
Keskin ekologik vaziyatlarga − uranli radioaktiv moddalar va
volfram, gaz, toshko‘mir va ma’danlar qazib olinayotgan hududlar
kiradi. Bunday hududlar o‘zbekistonda anchagina.
Tang ekologik vaziyat; Quyi Amudaryoda Xorazm viloyati,
Qoraqalpog‘istonning katta qismi kirib bu joylarda ekologik tanglik yuz
berib bo‘ldi. Orol dengizining qurib borishi natijasida ushbu hududlar
flora va faunasida salbiy o‘zgarish yuz berdi.
Falokatli ekologik vaziyatga; Orol bo‘yi, Qoraqalpog‘istonning
Mo‘ynoq tumani va Orol dengizining barcha akvatoriyasi kiradi. Ushbu
hududlarda katta sanoat korxonalari yo‘qolib ketdi, dengizdagi baliqlar,
suv bo‘yidagi to‘qaylarning yo‘q bo‘lishi natijasida sho‘rlanish miqdori
oshib bordi. Suvdagi sho‘rlanish oshib ketganligi tufayli minglab-
yillardan yashab kelayotgan tirik organizmlar nobud bo‘ldi.
Dostları ilə paylaş: