O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə83/96
tarix29.04.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#104700
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   96
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish

 
17.4. Ekologik sertifikatsiyalash 
Ekologik sertifikasiyalash, standartlashtirish va me’yorlashtirish 
Bosh boshqarmasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat 
qo‘mitasi huzurida hukumatning 2004-yil 6-iyuldagi 318-sonli qarori 
asosida faoliyat ko‘rsatmoqda. Keyingi-yillarda insonlarga ekologik 
toza va xavfsiz mahsulotlarni etkazib berish bosh vazifaga aylanib 
bormoqda. Ushbu boshqarma respublikada ishlab chiqariladigan va 
chetdan kirib keladigan, hatto bizning mamlakatimiz hududi orqali 
tranzit bo‘lib o‘tadigan barcha mahsulotlarni ekologik tozalikka 
egaligini, tarkibida zararli moddalar yo‘qligini aniqlagach, rasmiy 
ravishda sertifikat hujjatlar beradi. 
Ushbu boshqarma o‘z faoliyati bilan atrof-muhit va insonlar 
sog‘ligi to‘g‘risida bir qator zarur va xavfsizlikni himoya qiluvchi 
ishlarni olib boradi. Boshqarma o‘z faoliyati davomida quyidagi bir 
qator muhim ishlarni amalga oshiradi: 
● ekologik havfli mahsulot va chiqindilarni respublikaga olib kirish 
va chiqish hamda tranzit qilinishi natijalari bo‘yicha ekologik 
sertifikatlar berish; 
● korxonalarda texnologik jarayonlarning amalga oshirilishida 
ekologik xavfsizlikni ta’minlash; 
● mahsulotlarni ishlab chiqarish jarayonini ekologik sertifi-
kasiyalashtirishda ularning texnik shartlarida yoki standartlarida 


185 
belgilangan ekologik talablarga rioya etilishini sinov laboratoriyalari 
natijalariga ko‘ra ta’minlash; 
● respublikamizda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishda 
ekologik sertifikatsiyalashtirishning ahamiyatini oshirish
● “O‘zstandart” agentligi tomonidan tasdiqlangan akkreditatsiya 
doirasida ish olib borish va undan chetga chiqmaslik; 
● mahsulotlarni ekologik sertifikatsiyalashtirishda ularning o‘z 
xususiyatlariga mosligini sinov laboratoriyalari bergan ma’lumotlarga 
ko‘ra aniqlash. 
Boshqarmaning vazifalari quyidagilardan iborat: 
● ekologik sertifikatsiyalashtirish ishlarini doimo takomillashtirib 
borish va uni to‘g‘ri bo‘lishini tashkil qilish; 
● ekologik sertifikatsiyalash, standartlashtirish va me’yorlashti-
rishga oid me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va uning fondini 
shakllantirish. Ekologik sertifikatsiyalashtirish ishlarini to‘g‘ri amalga 
oshirishda sinov laboratoriyalari bergan ma’lumot va natijalarga 
tayangan holda ekologik xavfsizlik ko‘rsatkichlariga rioya etib borish; 
● ekologik sertifikatsiyalashtirish ishlarini to‘g‘ri amalga 
oshirilishini ta’minlash maqsadida ichki tartib “Ichki audit” o‘tkazish 
va barcha kamchiliklarni bartaraf etish; 
● ekologik sertifikatsiyalashtirish ishlarini akkreditatsiya doirasida 
amalga oshirish; 
● barcha murojaat qiluvchilarga lozim bo‘lgan ma’lumotlarni berish; 
● olingan laboratoriya natijalari va ekspertiza xulosalarini kerakli 
tartibda rasmiylashtirish; 
● ekologik sertifikatlarning haqqoniyligini ta’minlash. 
Ekologik huquq va faoliyatni bajarish bo‘yicha O‘zbekiston 
Respublikasining Davlat bojxona qo‘mitasi (DBQ) bo‘linmalari 
tomonidan olib boriladigan ishlar:
1. Regulyativ muhofaza – bu shaklda tashqi aloqalar departamenti, 
kontrabanda va bojxona qoidalarini buzish ishlari bo‘yicha boshqarma
xavfsizlikni ta’minlash bo‘yicha boshqarma, ommaviy axborot 
vositalari bilan aloqalar boshqarmasi o‘z faoliyatini yuritadi. 
2. Axborot muhofazasi – bu shakl quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 
statistika, tahlil va kompyuterlashtirish boshqarmasi, bojxona nazorati 
boshqarmasi. 
3. Nazoratli muhofaza – tashkiliy inspektorlik boshqarmasi, boj-
xona postlari, huquqiy boshqarma. 


186 
4. Yordam ko‘rsatish boshqarmasi – huquqiy boshqarma, o‘quv 
markazi va bojxona kolleji, bojxona tariflarini tartibga solish va 
to‘lovlar boshqarmasi, ekspert laboratoriyalari, kinologiya markazi.
Ma’lumki, bojxonalar orqali kirib keladigan va chiqib ketadigan 
barcha tovar mahsulotlari o‘z ekologik sertifikatlariga ega bo‘lishi va 
chetdan ekologik xavfli mahsulotlar kirib kelmasligi qonun bilan 
himoya qilinadi. Ushbu ishlarning amalga oshishida bojxona 
xodimlarining bilimi, mahorati va tajribasi amaliy ahamiyat kasb etadi. 
Xuddi shuningdek, mamlakatimiz ekologik xavfsizligiga Ichki ishlar 
vazirligi xodimlari ham javobgar hisoblanadi. Ular o‘zlarining xizmat 
faoliyatlarida avtotransportlarning atmosfera havosini ifloslashi ruxsat 
etilgan me’yordan oshmasligini nazorat qilib borishlari kerak. Shuning-
dek, ekologik profilaktika, huquqiy nazorat ishlarini olib borishlari, 
ekologiya sohasidagi jinoyatlarni ochib berishlari lozim. O‘rmon, tuproq, 
suv ifloslanishiga e’tiborli bo‘lib, turli zararli oqibatlarning oldini olishlari 
kerak. Qo‘riqxonalarga va tabiatga zarar keltiradigan shaxslar va hodisa-
larga sergak turishlari, uy-joy, bino, inshootlarni va tabiiy yodgorliklarni 
har doim qo‘riqlab, asrab, ularning xavfsizligini ta’minlashlari zarur.

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin