189
1. Ekologik (bioekologik,, geosistemali monitoringni amalga
oshirish ustivor ahamiyatga ega. O‘zbekistonda bu ish amalga
oshirilmoqda, lekin ularni ko‘lami
talabga mutlaqo javob bermaydi, bu
borada monitoring kam.
2. Yangi quriladigan sanoat korxonalari va boshqa injenerlik va
gidrotexnik qurilmalar uchun muntazam ekologik ekspertiza va
atmosferani ifloslantirish monitoringini o‘tkazish maksadga muvofiq.
3. Ekovaziyatni boshqarish va tegishli
tadbirlar majmuasini
qo‘llash uchun negiz sifatida turli masshtablarda ehologik va tabiatni
muhofaza xaritalarini yaratish shart. Ularni har yili yangi ma’lumotlar
bilan yangilarini boyitib borilishi, yangilarini tuzib borish amaliy
ahamiyatga ega.
O‘zbekistonda tabiat va uning resurslaridan
foydalanishning
monitoringini ishlab chiqish borasida talay ishlar qilingan, ularning
aksariyati amaliyotga yo‘naltirilgan.
Tabiiy tusdagi favqulodda vaziyatlar mamlakatimizda bir necha xil
bo‘lib, ular quyidagilar:
1. Geologik tabiiy xavfli holatlar:
To‘g‘ridan to‘g‘ri odamlar o‘limiga, ma’muriy-ishlab
chiqarish
binolarining, texnologik asbob-uskunalarning, energiya ta’minoti,
transport kommunikatsiyalari va infratuzilma tizimlarining,
ijtimoiy
yo‘nalishdagi binolarning va uy-joylarning turlicha darajada buzi-
lishiga, ishlab chiqarish va hayot faoliyatining izdan chiqishiga olib
kelgan kutilmagan zilzilalar bo‘lganda;
Insonlarni xavfli holatlarga yoki o‘limga
olib kelishi mumkin
bo‘lgan va xavfli hududdan odamlarni vaqtincha ko‘chirish yoki
doimiy ko‘chirishni talab qiluvchi yer ko‘chishlari, tog‘ o‘pirilishlari va
boshqa tezlikda sodir bo‘ladigan xavfli tabiiy holatlar.
Dostları ilə paylaş: