O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti


Yuqori kengliklarda joylashgan regionlarda yog‘inlarning



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə69/96
tarix29.04.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#104700
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   96
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish

Yuqori kengliklarda joylashgan regionlarda yog‘inlarning 
ko‘payishi hisobiga daryolar oqimi hajmi ortishi mumkin. Agar bu 
erlarda ortiqcha namlik mavjudligini hisobga olsak, kutilayotgan jara-
yon salbiy omildir. Iqlim o‘zgarishini ifodalovchi barcha ma’lumot-
larning ko‘rsatishicha, yuqori kengliklarda tuproq namligi ortadi. Biroq 
o‘rta kengliklarda yoz davrlarida tuproq namligi kamayadi, dunyoning 
don etishtiriladigan muhim hududlarining ayrimlari ham shu zonaga 
kiradi.
Chuchuk suv ekotizimga, toshqinlar va suv sathi rejimining 
o‘zgarishiga ta’sir etadi. Chuchuk suv havzalari (daryo, ko‘llar va suv 
omborlari)da haroratning o‘zgarishi ularda yashaydigan organizmlarning 
yashash sharoiti, o‘sish va miqdoriga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Ko‘llar 
va daryolar o‘zanlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘shiladigan oqim miqdori, yer 
osti suvlari va yog‘inlarning o‘zgarishi ulardagi to‘yintiruvchi moddalar 
va yerigan kislorod miqdoriga, bu esa, o‘z navbatida, suvning sifati va 
tiniqligiga ta’sir etadi. 
Ichimlik suvlari hajmi kamayadi. Bunga suv omborlari hajmining 
jala yomg‘irlar va ko‘chkilari natijasida loyqa bosishi ham sabab 
bo‘ladi. Jala, yomg‘irlar miqdorining ortishi, qor suvlari hisobiga 
to‘yinishining kamayishi oqibatida suvning katta qismi tez oqib o‘tadi. 
Bu jarayonlarning yer osti suvi qatlamlariga salbiy ta’sir ko‘rsatishi 
kuzatilgan. Yog‘inlar miqdorining o‘zgarishiga qarab suv sifati ham 
o‘zgaradi.
Suv resurslarining kamayishi odamlar, qishloq xo‘jaligi va atrof-
muhitga salbiy ta’sir etadi. Hozirgi kunda 1,7 milliard odam – dunyo 
aholisining uchdan bir qismi, suv muammosi tig‘iz bo‘lgan mamla-
katlarda yashaydilar. Taxminlarga ko‘ra, 2025-yilda suvsizlikdan 
qiynalayotgan aholi soni besh milliard kishigacha etishi mumkin. 
Ushbu holatlarni yaxshilash hamda chuchuk suv resurslari 

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin