155
himoya qilish hududi, shu jumladan, 27900,5 gektardan iborat maydon
qirg‘oqbo‘yi hududida tashkil etilgan.
O‘rmonlar. O‘zbekiston Respublikasi davlat o‘rmon fondining
umumiy maydoni 8100 ming
gektar yoki mamlakat umumiy
maydonining 18 foizidan iboratdir. Daraxtlar bilan qoplangan erlar
so‘nggi-yillarda 2400 ming gektardan 2800 ming gektargacha ko‘paydi
va respublika umumiy maydonining 6,2 foizini tashkil qildi. Bu har bir
kishi uchun daraxt bilan qoplangan 0,1 gektar er to‘g‘ri keladi,
demakdir. O‘rmon fondi asosan cho‘l-qum hududlarida joylashgan
bo‘lib, 7000,1 ming gektar maydonni egallagan. Tog‘li
hududlarning
831 ming gektari, daryo qayirlarining 113,7 ming gektari va 164,3 ming
gektar vodiy hududi daraxtlar bilan qoplangan.
O‘rmonlar tabiatni muhofaza qilish va melioratsiya sohasida katta
o‘rin tutadi. O‘zbekistonda tabiiy o‘rmonlar 1,4 million gektar
maydonni egallaydi (serdaraxtlilik 3 %). O‘rmon va chakalakzordan
iborat cho‘l o‘tloqlari
hisobga olingan holda ham, serdaraxtlilik 5-6
foizdan oshmaydi.
Respublikaning o‘rmonli hududlarida 68 turdagi daraxt, 320
turdagi buta va 2953 turdagi o‘tsimon o‘simliklarni uchratish mumkin.
Ular orasida saksovul, archa,
taroqsimonlar, cherkez, to‘rang‘a keng
tarqalgan.
Respublikada 93 ta o‘rmon xo‘jaligi korxonasi, shu jumladan, 67
ta o‘rmon xo‘jaligi faoliyat ko‘rsatmoqda.
7-jadval
Dostları ilə paylaş: