O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi o‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti


O‘simliklarning “Qizil kitob”ga kiritilgan kamyob va yo‘qolib



Yüklə 1,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/96
tarix29.04.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#104700
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   96
Ekologiya va tabiatni muhofaza qilish

O‘simliklarning “Qizil kitob”ga kiritilgan kamyob va yo‘qolib 
borayotgan turlari. 
Qo‘riqlanadigan tabiiy hududlarda 1115 turdan ortiq oliy navli 
o‘simlik muhofazaga olingan. Shundan 66 tur kamyob o‘simlik “Qizil 
kitob”ga kiritilgan. Shunday bo‘lsa-da, bepoyon maydonlardagi 
yovvoyi tabiiy ekotizimlarning antropogen o‘zgarishi tufayli yo‘qolib 
ketish xavfi mavjud o‘simliklar turi ko‘paymoqda. Masalan, 1984-yilda 
O‘zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga 163 turdagi o‘simlik 
kiritilgan bo‘lsa, 1998-yilda ularning soni 301 turga etgan. O‘simlik-
larning ayrim turlari yovvoyi o‘simliklardan xomashyo tayyorlanishi 
yoki manzarali o‘simliklar turlarining ommaviy (anzur piyozi, lola, 
sallagul) terilishi oqibatida kamayib ketgan va “Qizil kitob”dan joy 
olgan. 
Antropogen va texnogen omillar ta’sirida olib borilayotgan 
kuzatishlar shuni isbotladiki, tabiatdagi shu kungacha o‘z biologiyasiga 
mos rivojlanib kelgan ekotizimlarning turlar tarkibi va tarqalish areallari 
o‘zgaradi, chunki ko‘p turlar iqlim o‘zgarishi tufayli kelib chiqqan yangi 
sharoitni tez sezadi. Chunki million-yillar davomida ularning organizmi 
bir xil biologik omillarga moslashgan, endilikda ular iste’mol qiladigan 
ozuqa turlaridan tortib, yashash joyigacha bo‘lgan o‘zgarishlar ularning 
ko‘payishiga, o‘suv davriga ta’sir qiladi. Boshqa sharoitga tushgan turlar 


158 
tashqi muhitdan kelgan noqulay sharoitda tez kasallanadi, ko‘paymaydi 
va tez nobud bo‘ladi. Shu bilan bir vaqtda ayrim turlarning yashash 
areallari degradasiyaga uchrashi yoki kichrayishi mumkin. 
Etarli darajada tez moslasha olmaydigan turlar, ehtimol, yo‘qolib 
ketar. Ushbu holatda turlararo tanlash boshlanadi yoki ularning 
adaptatsiyalashganlarigina yashab qoladi. Masalan, ayrim turlar o‘z 
ozuqalarida tuz moddasining ko‘payib ketganligiga moslasha olmay 
nobud bo‘lishi mumkin. Orol dengizining qurishi natijasida ko‘p 
o‘simliklarning tarkibi sezilmas darajada bo‘lsa ham o‘zgardi, sho‘r-
langan tuproqlarda o‘sgan o‘simliklarning ayrim turlarini halokatga 
olib keladi. Bu holat sayyoramiz uchun o‘rnini to‘ldirib bo‘lmaydigan 
yo‘qotishdir.
Olimlar hozirning o‘zidayoq iqlim o‘zgarishi tufayli 420 biologik 
turlar yoki populyatsiyalardagi o‘zgarishlarni qayd etdilar. Bu o‘zga-
rishlar qushlarning ko‘chib yuruvchi turlariga ham taalluqlidir. Ular 
bahorda erta uchib kelib, kuzda kech uchib ketadigan, ko‘plab qushlar 
va sudralib yuruvchilarning bahordagi ko‘payish davri erta boshla-
nadigan bo‘ldi. Sovuqqa sezgir kapalaklar, qo‘ng‘izlar, ninachilarning 
yashash areallari shimolga tomon siljidi. Chunki iqlimning isib borishi 
ularni yashash uchun o‘zlariga qulay joyni izlab topishiga majbur 
qilayapti. Shuningdek, kuzgi ekinlar o‘z o‘suv davrlarini bahorda bir 
necha kunga tez boshlayaptilar, hozir ilgarigidek qattiq sovuqlarning 
yo‘qligidan ayrim hollarda o‘simliklar qishda ham o‘smoqdalar.
Masalan, respublikaga hali uncha moslashmagan zaytun o‘simligi 
biologiyasida ushbu holatlar kuzatildi. Zaytun avval o‘sib rivojlangan 
mamlakatlarda tinim davriga juda kech kirgan bo‘lsa, bizda kuzning 
kechikib ketishi natijasida uning bir yillik novdalari bemalol o‘sib 
turaverdi. Bizda iqlim o‘zgarishi bilan issiq havodan birdaniga -12-18
0

li sovuq havolar boshlanib ketishi mumkin, bu ko‘pgina bir-yillik va 
ko‘p yillik o‘simliklar uchun noqulay sharoitlarni keltirib chiqaradi. 
Cho‘llar, qurg‘oqchil va yarim qurg‘oqchil ekotizimlarda sharoit 
yanada ekstremallashadi yoki og‘irlashadi. Ayrimlarini hisobga olma-
ganda, cho‘llar yanada jazirama bo‘lib, ularda namlik qisman ortadi. 
Yuqori havo harorati o‘zlarining issiqqa nisbatan barqarorligidan to‘la 
foydalana olmagan ayrim organizmlarning yo‘q bo‘lib ketishiga olib 
keladi. 
Hayvon turlarining migratsiyasi uchun tabiiy “koridorlar” ni 
yaratish o‘rmon ekotizimlarini paydo qilishi mumkin. O‘rmonlarni 


159 
tiklash va yong‘inga, zararkunandalar va kasalliklarga qarshi kurashni 
kuchaytirilishi ekotizimning moslashishida ijobiy ahamiyatga ega. 
Yaylov o‘simliklarini o‘zaro seleksiyasi va duragaylarining turlar 
tarkibini nazorat qilish hamda mollar boqishning yangi usullarini 
qo‘llash, cho‘llanayotgan yerlarda qurg‘oqchilikka chidamli turlarni 
ekish hamda ularni shu sharoitga moslashtirish maqsadga muvofiqdir. 
Ular tuproq eroziyasiga qarshi kurash ta’minlangan taqdirdagina iqlim 
o‘zgarishiga yaxshi moslashadilar. 

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin