157
Qushlarning 300 dan ortiq turi himoyaga olingan. Ularning 45 turi
yo‘qolib borayotgan va kamyob hisoblanadi. O‘zbekistonda so‘nggi
yillarda bioxilma-xillikni saqlash borasida tabiatni muhofaza qilishga
oid qator chora-tadbirlar amalga oshirilayotgan bo‘lsa-da, yo‘qolib
ketish havfi bor turlar ko‘payib bormoqda.
O‘zbekiston “Qizil kitob”ining birinchi nashriga (1983-yil) umurt-
qali hayvonlarning 63 turi kiritilgan bo‘lsa, oxirgi nashriga (2003-yil)
106 turi kiritilgan. Bu respublikadagi jami umurtqali hayvonlarning 16
foizini tashkil qiladi. Eng kamyob va yo‘qolib
borayotgan turlar
umurtqasiz hayvonlar va qushlar ulushiga to‘g‘ri keladi.
Tabiatni muhofaza qilish qo‘mitasining Davlat statistika qo‘mitasi
ma’lumotlari tahliliga asoslangan taxminlariga ko‘ra, kamayib ketgan
jayronlar soni sun’iy ko‘paytirish orqali 1200-1250 boshga, “Sayxun”
pitomnigida yo‘qolib borayotgan g‘aqildoq o‘rdaklar soni 600-650
taga, kulrang g‘ozlar soni 17-25 taga, tovuqlar sonini esa 100-120 taga
yetkazish mo‘ljallangan va bu borada zarur bo‘lgan
ishlar maxsus
pitomniklarda olib borilmoqda.
Dostları ilə paylaş: