Nazorat savollari
1. Global isish nima?
2. Yaqin o‘n yilda havoning o‘rtacha harorati necha
0
C ga oshishi
kuzatiladi?
3. “Ozon tuynugi”ning paydo bo‘lishi qanday sabablar bilan
bog‘liq?
143
4. AQSHlik olimlar “ozon tuynugi” haqida qanday fikrda?
5. Rossiyalik olimlar-chi?
6. Global isish Yevropaga nima beradi?
7. «Demografiya» atamasini fanga kim va qachon kiritgan?
8. 1988-yilda AQSHda qanday kitob bosmadan chiqdi?
9. 2025-yilda Yer sharida qancha odam yashaydi?
10. Ochlar sonining oshib borish dinamikasi qay darajada?
11. Maltus nazariyasi nimani nazarda tutadi?
12. 1994-yili Qohira konferensiyasida qanday masalalar ko‘tarildi?
13. Afrika mamlakatlarida demografik muhit qanday?
14. G‘arbiy Yevropa mamlakatlaridagi demografik muhitga ta’rif
bera olasizmi?
144
XIII BOB. SOG‘LOM HAYOT TARZI
13.1. Salomatlik tushunchasining mohiyati
“Salomatlik” tushunchasi insonga xos bo‘lgan ikki muhim
holatlardan birini anglatadi. Unga “xastalik” tushunchasi qarama-qarshi
hisoblanadi. Salomatlik haqidagi ta’limot uzoq taraqqiyot davrini bosib
o‘tgan. Uning negizi Qadimgi Gretsiya va Qadimgi Rim tabiatshu-
nosligiga hamda falsafasiga borib taqaladi.
Salomatlik – individual psixomatik (ruhiy) holat bo‘lib, insonning
asosiy hayot ehtiyojlarini oqilona qondira olish qobiliyati orqali
ifodalanadi. Salomatlik biologik salohiyat (nasliy imkoniyatlar) hayot
faoliyatining fiziologik zahiralari, normal ruhiy holat hamda insonning
barcha qobiliyatlarini (genetik ustuvor hisoblangan) ro‘yobga
chiqarishning sotsial imkoniyatlari bilan tavsiflanadi. Salomatlikni, uni
yetkazuvchilar kimlar ekanligiga (inson, guruh, aholi) bog‘liq ravishda
quyidagi tiplarga ajratiladi:
1) individual salomatlik (inson, shaxs);
2) guruh salomatligi (oila, professional, yosh-jins guruhi, aholi,
qatlam);
3) aholi salomatligi (populyatsion, ijtimoiy).
Salomatlikning tiplariga mutanosib ravishda uning miqdoriy va
sifat ko‘rsatkichlarini tavsiflab beruvchi ko‘rsatkichlar ishlab chiqilgan.
Insonlarning aksariyat qismi go‘daklik chog‘idayoq salomatlik deb
atalgan holatga moslashib ketadilar-ki, u haqda faqatgina eng so‘nggi
vaqtda, tibbiyotshunosga (tabibga) uchrashish zaruriyati tug‘ilganda-
gina fikrlay boshlaydilar. Inson salomatligi bolalikdan shakllana
boshlaydi. Fanning isbotlashicha, salomatlikning 50 % i – turmush
tarzi, 20 % i – nasliy, 20 % i – atrof-muhit holati va taxminan 10 %i
tibbiyot hamda sog‘liqni saqlash imkoniyatlari hisobiga ta’minlanadi.
Salomatlikni saqlash va mustahkamlashda jismoniy tarbiya hamda
sport muhim o‘rin tutadi.
Hozirgi zamon ilmiy adabiyotlarida salomatlik tushunchasining
100 dan ziyod talqini mavjud. Ammo ularning barchasi uchun Xalqaro
sog‘liqni saqlash tashkiloti Nizomida keltirilgan quyidagi talqin asos
145
bo‘lib xizmat qiladi: “Salomatlik to‘la jismoniy, ruhiy va sotsial jihatdan
ravnaq topish holati hisoblanib, xastalik hamda jismoniy nuqsonlardan
holi bo‘lmaydi”. Mavjud bo‘lgan salomatlik tushunchalarining birortasi
ham etalon hisoblanmaganligi bois, insonning salomatligi haqida antro-
pometrik (jismoniy rivojlanish), tabiiy-fiziologik (jismoniy tayyorgarligi)
va laboratoriya tadqiqotlari natijasida hosil qilingan obyektiv ma’lumotlar
asosida fikr yuritiladi. Bunda yosh, jinsiy, professional, vaqtinchalik,
ekologik-etnik kabi o‘rtacha statistik ko‘rsatkichlar albatta inobatga
olinadi. Mazkur mutanosib ko‘rsatkichlar asosida, individ tomonidan,
salomatligi haqida e’tiroz bildirmagan vaziyatda “sog‘lom” tashxisi
qo‘yiladi. Nazariy tibbiyotda hamda jismoniy tarbiyada “Mutlaq
salomatlik” tushunchasi ham mavjud. Unda inson salomatligini shartli
ravishda kosmonavtning uchish oldidan bo‘lgan salomatligiga taqqos-
lanadi.
Hozirgi vaqtda “Salomatlik o‘lchovi”, ya’ni salomatlikning
miqdoriy-sifat o‘lchovi ishlab chiqilmoqda. Salomatlik, oddiy yashash
uchun kurashdan, to to‘laqonli sog‘lom hayotgacha (a’lo salomatlik) 5
bosqichgacha ajratiladi (salomatlik reytingi).
Salomatlik darajalarini aniqlash katta amaliy ahamiyatga ega.
Chunki uning yordamida keng miqyosdagi muammolar, professional
saralashdan tortib, to oqilona tartibdagi hayotiy faollikni, ovqatlanishni,
dam olish va boshqalarni belgilash mumkin.
Davlat ijtimoiy siyosatining tavsifi va yo‘nalishini aholining
salomatlik ko‘rsatkichlari asosida tahlil etiladi. Unda tug‘ilish va o‘lim,
nogironlashuv va umr ko‘rish davri, kasallik va o‘lik tug‘ilish kabi
ko‘rsatkichlarga alohida ahamiyat beriladi. O‘zbekiston Respublikasi
aholisining yosh-jins tarkibi o‘ziga xos, yoshlar mamlakat aholisining
60 %ini tashkil etishi, o‘rtacha umr ko‘rish va tabiiy o‘sishning yuqori
darajada ekanligini inobatga olgan holda, aholini ijtimoiy himoya qilish
qonunlariga asoslangan demografik siyosatning amalga oshirilishi ham
yuqoridagilar asosida yuzaga kelgan. Ayni paytda, salomatlikni
mustahkamlash borasida mamlakatda jismoniy tarbiya va sportga
ustuvor ahamiyat berilishi hamda uning rivojlanishi ham bejiz emas.
Sog‘lom turmush tarzi muammosini ilmiy va amaliy jihatdan
muhim muammo sifatida tushunish Qadimgi Gretsiyada Gippokrat
hamda Platon asarlarida ham aniq izohlangan. Qadimgi Rim tibbiyot-
shunoslari hamda mutafakkirlari ham sog‘lom hayot tarzi va ta’li-
motining rivojlanishiga munosib hissa qo‘shgan. Turmush tarzining
146
inson holatiga ta’sirini o‘rta asrning buyuk allomasi hisoblanmish Abu
Ali ibn Sino ham batafsil izohlab bergan. Nemis vrachi X.Gufeland
(XVIII-XIX asrlar) faoliyatida sog‘lom turmush tarzi muammosining
tadqiq etilishi gigienik tavsiyanomalarni ishlab chiqishda alohida o‘rin
tutgan. Rus tibbiyotshunoslari S.G.Zubeli, D.S.Samoylovich (XVIII
asr), I.E. Dyadukovskiy, M.Ya.Mudrov, N.I.Pirogov va boshqalar (XIX
asrning birinchi yarmi) inson salomatligini mustahkamlashda uning
turmush tarziga katta ahamiyat berganlar. Turmush tarzining falsafiy va
gigienik yo‘nalishlariga o‘rta asrlarda Turon zaminida yashab o‘tgan
mutafakkirlar Umar Xayyom, Beruniy, Ulug‘bek, Navoiy, Abu Nasr
Forobiy, Muhammad Muso al-Xorazmiy, At-Termiziy va boshqalar
ham alohida ahamiyat qaratganlar.
Insonning hayot faoliyatini deyarli barcha jabhalarini, shu jum-
ladan, jinsiy faoliyatini ham tartibga solib turuvchi, sog‘lom turmush
tarzini 16 tadan ziyod dasturlari ishlab chiqilgan. Mazkur dasturlarning
maqsadi – insonning hissiyotlarga, xotira va quvonchlarga boy bo‘lgan
faol ijodiy faoliyatini hamda baxtli hayotini ta’minlovchi uzoq,
to‘laqonli hayot sharoitlarini shakllantirish, ayni paytda, venerik (teri)
kasalliklar, OITS va boshqalar bilan zararlanishning salbiy oqibatlarini
tushuntirishdan iborat. Konstitusional (morfo-fiziologik, ruhiy-fiziolo-
gik) tavsiflarga, yoshlarga, jinslarga, sohalarga, yashash joylari va shu
kabilarga mutanosib ravishda sog‘lom turmush tarzining tipologiyasi
shakllanadi, ya’ni har bir muayyan insonda sog‘lom turmush tarzining
umumiy tamoyillari va dasturlari yuzaga keladi.
Sog‘lom turmush tarzi tamoyillariga amal qilinishiga subyektiv va
Dostları ilə paylaş: |