Tarjimonlar: dilfuza vohidova maftuna mahmudjonova


-bob  IKKI OLIM VA CHUMOLI



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/22
tarix30.04.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#105040
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Faqat ahmoqlargina sakkiz soat uxlaydi

18-bob 
IKKI OLIM VA CHUMOLI 
Jin bilan birgalikda yotog’ida pishillab uxlayotgan Kendinga 
nazar soldilar. Dono Kendin charchagan, qancha vaqtdirki, 
uxlamayotgan edi.
- Haqiqatdan ham o’zi bu safar qancha davom etdi? - so’radi 
Jindan. U javob berdi: 
- Safar bu zamon o’lchovlari bilan ifodalab bo'lmas darajada 
uzoq davom etdi. Qarg’a 7 marta tug’ildi, ulg’aydi va o’ldi. 
Safarimiz davomida yolg’iz bir inson uchun hatto 40 toshbaqa 
umriga sig’maydigan darajada ko’p narsalarni o’rganding. 
Shunga qaramay, sen bilgan barcha narsalar anjir urug’i ichiga 
joylashtirilgan to’g’nag’ichning uchidagi kichik zarraga teng. Sen 
oylab davom etganini gumon qilayotgan bu sayohat, shuningdek, 
qarg’aning yetti va toshbaqaning qirq avlodi bu dunyoga kelib 
ketishlari ko’z ochib yumguncha fursatda o’tdi-ketdi. Ya’ni, sen 
birozdan so’ng xuddi hech ham uyg’onmagandek to’xtagan 
joyingdan hayotingni davom ettirasan. 
Kendin Jinning bu gaplaridan o’zini yo’qotib: 
- Nima, safarga chiqishdan avval vaqtni to’xtatib qo’yganmidik? 
- dedi Dono Kendin xonasining devorida osilib turgan buvisining 
qizlik paytidan qolgan soatiga qararkan. 
- Yo’q, albatta, yo’q... Bunga foniy bir mavjudot qodir emas. 
Ammo ba’zan inson ming umrga teng onlarni yashaydi. Bu 
shunchaki, shulardan biri edi, xolos. 
Kendin uchun mavhum bo’lib qolgan narsalar ham yo’q emasdi: 
- Hisoblagich-chi? U ishlayotgandi-ku... 


177 
- Albatta, ishlayotgandi. Sen anglashing kerak bo’lgan narsa, bir 
on ichida onlar yashading..., - dedi Jin. Shu on Jinning qiyofasida 
Suqrot namoyon bo’ldi, jamiyki faylasuflarni o’zida mujassam 
etdi. 
- Kapalakning umri qisqa deb o’ylaysanmi? Kapalakning umri 
toshbaqanikiga, chumolining umri esa mushuknikiga doim 
tengdir... 
- ... 
- Toshbaqa uzoq umr ko’rarkan, kunlarning birida falak uni 
tutadi, toshbaqaga yana bir kapalak umri beriladi. Toshbaqa 
kapalaklik umri davomida koinotga qadam qo’yadi. O’z umri 
davomida o’rganganlarining minglab qatlarini bir kunlik umrida 
qaytadan kashf etadi. Chunki, u aslida toshbaqaning bilimlari ila 
uchayotgan kapalakdir. Sen bilan ham xuddi shunday...
Kendinning xayollari chuvalashib ketdi. 
- Qanday qilib? 
- Masalan, agar sen bugungi to’plagan tajribalaring bilan 
kapalakka aylanib qolsang, bolalik, yoshlik va qarilik davringni 
bir kunda yashagan bo’larding. Ya’ni, sen tamoman boshqa vaqt 
ko’lamida bo’lar, “Men kim yo nimaman?” deb o’ylab 
o’tirmasding. So’ngra kapalaklikni qabul qilib, bir kapalakday 
umr o’tkazarding. Butun umring bir kundangina iborat bo’lardi, 
ammo sen o’sha bir kunni ushbu tajribalaring yordamida har 
qanday kapalak kabi o’tkazmasding. Bizning o’lchovimizda bu 
umr qisqa bo'lib tuyulsa-da, sen uni haqqoniy yashab o’tarding. 
So’ngra qaytib insonga aylanganingda, boshingdan kechirgan 
voqealarni, u yerdagi quyosh, oilang va tatib ko’rgan 
yaprog’ingning ta’mini, yaproqqa tushgan yomg’ir tomchisi seni 


178 
qanday cho’chitib yuborganini, o’sha tomchini yillar davomida 
o’sha yerda kutganingni va u bilan ma’lum muddat hayot 
kechirganingni, bir hasharotning qo’lidan so’nggi lahzada qutulib 
qolganingni, hayot achchig’i-yu shirini bilan totli ekanini, qarilik 
davringni, qanotlaringni qoqishga-da qodir bo’lolmay, birdan 
yiqilib tushgan paytingni uzundan uzoq hikoya qilarding. 
Kendinning miyasi yana alg’ov-dalg’ov bo'lib ketdi. So’radi: 
- Bu bilan barcha jonzotlar uchun umr bir xil demoqchimisan? 
- Albatta. Buni turli yoshdagi insonlardan so’rab bilsang ham 
bo'ladi. 15 yoshli yigitcha ham, 20 yoshli qiz ham, 40 yoshli ota 
ham, 70 yoshli buvi ham o’tgan hayotlarining bir lahzagina 
davom etganini, ko’z yumib ochgulik qisqa zamon 
yashaganlarini aytadilar. U holda “Barcha insonlar faqatgina bir 
lahza yashaydilar” desak, xato qilmagan bo’lamiz. Menga ishon, 
agar tilini anglaganimizda, sher ham, chumoli-yu, timsoh ham bu 
savolga ayni shu javobni bergan bo’lardi... Demak, umr degani 
shunchaki bir ondir. 
Dono Kendin tushundi. Hatto qolgan umri ham shunchaki bir 
ondan iborat ekanligini tushundi... Birdan saroyda javobini 
ololmagan savoli esiga tushib qoldi: 
- Saroy... U saroy kimniki edi? 
Jin kulimsiradi: 
- U saroy seniki edi, do'stim. 
Kendin bu javobdan shoshib qoldi: 
- Menikimi? Unday bo’lsa u qayerda, u yerga yana qanday 
qaytsam bo’ladi? 
- Bu yerda... U saroy ayni mana shu yerda. 


179 
Kendin endi donishmand edi. Endi barchasini o’zi anglashi 
lozim. Uzundan uzun savol berish dono insonga yarashmasdi 
axir. Angladi. Biroz avval saroyda Jin bilan “Uyga qaytish payti 
bo’ldi” deb o’ylayotgan vaqtlarida saroy Kendinning 
yotoqxonasiga aylanib qolgan edi... Demak, bu yer haqiqatan 
ham o’sha saroy, istalgan narsani qo’lga kiritish mumkin bo’lgan 
yer edi bu. Miya deb atalmish bu kichik sandiqda yana yuz 
minglab shu kabi saroylar bor. 
Dono Kendin bularni o’ylarkan, Jin issiqqina yotog’ida chuqur 
uyquda yotgan Kendinning qulog’iga yaqinlashdi. Dono Kendin 
Jinning nima qilishini kuzatib turdi. 
- Uyg’on Kendin, men Jinman. Qani, tila tilagingni. Uchta 
imkoning bor. Qani uyg’on va mendan nimani istasang, shuni 
so'ra, - dedi, ammo Kendin uyg’onmadi. Ortiga o’girilib Jinga 
uxlashni xohlayotganini aytdi. Jin Dono Kendinga qarab boshini 
silkitib qo’ydi. So’ng yana Kendinning qulog’iga egilib, davom 
etdi: 
- Uyg’on Kendin, men Jinman. Qani, tila tilagingni. Ikkita 
imkoning bor. Qani uyg’on va mendan nimani istasang, shuni 
so’ra, - dedi. Kendin bu safar ham uxlashni xohlayotganini 
bildirib, ko’rpani boshigacha tortib yaxshiroq o’ranib oldi. Jin 
bilan Dono Kendinning ko’zlari to’qnashdi. Dono Kendin 
hamma narsani tushunib yetgandi. Kendin uyg’onishni 
xohlamayotgan ahmoq kabi uxlashda davom etarkan, Jin o’sha 
tanish zarbani tushirdi. Kendin Muhammad Alining mushtiga 
teng tarsaki yegach, to’shakdan o’q kabi otilib turdi. U nimalar 
bo’layotganini tushunishga ham ulgurmay, Jin Dono Kendinga 
o’girilib: 


180 
- Ko’rmayapsanmi? Shapaloq yemay turib uyg’ona olmayapsan 
hatto, - dedi.
Dono Kendinning yuzi burishdi. Bu orada Kendin uyg’onib: 
- Nimalar bo’lyapti?, - deya so’radi. Jin javob berdi: 
- Hech narsa, xavotir olma! Shunchaki, seni Jin chaldi. 
Kendin dovdiragancha qaytib so’radi: 
- Qanaqa Jin? 
- Shu “Tila tilagingni” deydigan Jin bor-ku, o’sha Jin. Qani, tila 
tilagingni, ammo faqat birgina imkoning bor. Xohlayotgan 
narsang o’zing qiloladigan narsa bo’lsa, so’rab o’tirma, buni aslo 
bajarmayman. Uy, mashina, pul kabilar bo’lmasin..., - dedi 
ayyorona nigohlarini Kendinga qadab.
- Nimaga ekan? Nima uchun har kimning uch imkoniyati bo’ladi-
yu, menda bir dona?... 
Shundan so’ng Jin va Kendin orasida Dono Kendinga yaxshi 
tanish bo’lgan o’sha suhbat bo’lib o’tdi.
Jin endigina uyqudan turgan Kendinni mahkam quchgancha, tez 
aylana boshladi. Ikki vujud bir tanga aylandi. G’oyib 
bo’lishlariga bir bahiya qolgan ham ediki, birdan to’xtadilar. Jin 
Donishmand Kendinning ko’zlariga boqib: “Yaxshi qol, 
xo’jayin”, - deya vidolashdi. Kendin Donishmand Kendinni ko’ra 
olmagani uchun hech narsaga tushunmadi... Jin bo’lib o’tganlarni 
anglashga urinayotgan Kendinni qattiq tutib, yana aylana 
boshladi. Bir necha soniyadan so’ng g’oyib bo’ldilar. Shu payt 
o’sha yerdan o’tib ketayotgan chumolining oldiga bir bo’lak 
pechenye tushdi, lekin, u buni na ko’rdi va na eshitdi. 
Donishmand Kendin egilib, yerdagi chumolini kaftiga oldi:


181 
- Ko’rmading, to’g’rimi?, - dedi va kulimsiragan ko’yi 
tashqariga chiqdi. 


182 

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin