Tarjimonlar: dilfuza vohidova maftuna mahmudjonova



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/22
tarix30.04.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#105040
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22
Faqat ahmoqlargina sakkiz soat uxlaydi

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


16 
2-bob 
DUNYONING RANGINI O’ZGARTIRGAN INSON
 
Titrayotgan Kendin oʻzini kenggina bir xonada koʻrdi. Xona 
shunchalik ajoyib ediki, inson beixtiyor uni tomosha qilishni 
boshlardi. Avvallari bunday xonani koʻrmagan, eshitmagan edi. 
Katta devorlarda shunday surat bor ediki, uning surat ekaniga 
ishonish imkonsiz edi. Goʻyo butun devor ko’zgu bilan 
qoplangan-u, siz koʻrgan va rasm deb oʻylayotgan narsalaringiz 
qarshisida turib ularni oʻzida aks ettirardi. Devorning tugash 
burchagida qalinroq bir arqon boʻlib, uning bir uchi shiftdagi 
yogʻochlardan biriga bogʻlab qoʻyilgandi. Kendin xonada aylanib 
yurarkan, oyogʻi bir narsaga tegdi. Bu haligi arqonning yerga 
uzangan qismi boʻlib, u xonani diagonaliga qoq oʻrtasidan boʻlib 
turardi. Arqonning boshqa uchi esa narigi tomondagi shiftning 
yog’ochlaridan biriga bogʻlangandi. Arqon bilan xonani teng 
ikkiga boʻlib qoʻyishning hikmatini Kendin anglamadi. Xona uni 
shu qadar oʻziga sehrlab qoʻygandiki, Kendin bir soniyaga 
oʻzining koʻrinmasligini unutdi. Sekingina Jinning qulogʻiga 
egilib, arqonning hikmatini soʻradi. Kendinning xuddi kimdir 
eshitib qolishidan qoʻrqib pichirlashini koʻrgan Jin qahqaha otib 
kulib yubordi.
- Unutib qoʻyding, shekilli, hech kimsa bizni koʻrmaydi va 
eshitmaydi, - deb Kendinni tinchlantirdi. Jin bu yerdagi narsalar 
hikmatini Kendinning anglashga harakat qilayotganini toʻgʻri deb 
hisobladi. Kendin Jinning aytganini qilib, xonadagi buyumlarni 
birma-bir tadqiq qilishni boshlab yubordi. 
Yerda "gilamlarning eng qadimgisi shunday boʻlsa kerak" degan 
fikr uygʻotadigan, ammo "koshki, barcha gilamlar ham shunga 
oʻxshasaydi" deyiladigan muhtasham bir gilam bor edi. Unda 
odatdagi klassik bezaklar yoʻq edi. Gilamning arqon ajratib 
turgan yeridan rasmli devorga qadar boʻlgan qismi moyli 


17 
boʻyoqlarda qilingan rasmni eslatsa, narigi tarafi geometrik 
shakllar va matematik belgilardan iborat edi. Kendin koʻzlarini 
devordan uza olmasdi. Yengilgina harakat bilan ortga qadam 
tashlagan edi, nimanidir turtib yubordi. Soʻnggi lahzada uni 
tezlik bilan ushlab qoldi. Bu goʻyo hech kimsaning koʻzi 
tushmasligi uchun yuzasi qizil ipak mato bilan berkitib qoʻyilgan 
bir surat edi. Xonada jami 8 ta rasm boʻlib, ulardan 5 tasi ayni 
shu shaklda qizil ipak matolar bilan yopib qoʻyilgan, 3 tasi ochiq 
edi. 
Yopiq suratlardan birining yuzasidan matoni koʻtardi-yu, 
koʻzlariga ishonmadi. Pastki oʻng burchakda qoldirilgan 
dastxatni aytmasa, rasm boʻm-boʻsh edi. Soʻng qiziqish bilan 
barcha suratlarni birma-bir ocha boshladi. Hammasi bir xil, 
barchasining pastki oʻng burchagida ayni imzo qoʻyilgandi. Bu 
xonaning sohibi qanday boʻlmagʻur inson boʻldi, rasmni chizmay 
turib imzosini qoʻysa.
Yuzasi ochiq boʻlgan suratlardan birining oldida oʻtirish uchun 
hozirlab qo’yilgan to’nka turardi. Uning ustida esa yosh bola 
rasm chizgandek fikr uygʻotadigan, aralashib, bir-biriga qorishib 
ketgan boʻyoqli palitra bilan ikki dona mo’yqalam bor edi.
Xonaning bu qismini tomosha qilib ulgurmagan Kendin narigi 
tarafga hanuz oʻtmagandi. Shu qadar sehrlanib qolgandiki, 
birgina shu tomonda bir necha soat aylanib qoldi. Chap 
tomondagi devorning boʻsh ekanligi birdan eʼtiborini tortdi. Bu 
yerning ham rasm chizish uchun tayyorlab qoʻyilgani xayoliga 
keldi. U adashmagandi. Sababi, biroz avvalgi yuzasi qizil ipak 
matolar bilan toʻsilgan boʻsh suratlarning pastki oʻng 
burchagidagi imzoning yana biri devorda ham koʻzga tashlanardi. 
Katta hayajon va zavq bilan ortiga qaytdi. Orqa devorda narigiga 
mutlaqo oʻxshamagan, xonaning bu qismidagi gilamning 
bezaklariga oʻxshash geometrik shakllar, matematik ifodalar bor 


18 
edi. Goʻyo kimdir matematikaga maʼlum yoki aksincha, maʼlum 
boʻlmagan jamiyki masalalarni shu devorda yechgandi. 
Devorning shundoq oldida eman daraxtidan yasalgan kattagina 
stol bor edi. Hali eman isi ketib ulgurmagan stolga uch kishi 
bemalol oʻtira oladigan, dunyoning eng hashamatli kursisi mana 
shu deya bemalol koʻrsatish mumkin boʻlgan muazzam bir stul 
suyab qoʻyilgandi. 
Xonaning eshigi yoʻq edi. Aniqrogʻi, eshik oʻrnatilishi kerak 
boʻlgan joyda tor va peshtoqli oʻyiq boʻlib, bu yerga kirish uchun 
xizmat qilardi. 
Soʻngra xonaga uzun soch-soqolli, keng yelkali, gʻijim va kir 
kiyim kiygan, burnining uchiga ozgina jigarrang boʻyoq tekkan 
bir odam kirib keldi. Yoʻgʻoch kundaning ustida turgan boyagi 
palitrani ingichka uchli mo’yqalami bilan qoʻliga oldi. Oʻng 
oyogʻini goʻyo tuflisini ipini bogʻlamoqchi boʻlgandek kunda 
ustiga qoʻydi. Mo’yqalamni chaqqonlik bilan boʻyoqqa botirdi, 
bir necha daqiqa oʻzi istagan rangini chiqarishga urindi. 
Mo’yqalamni sindirib yuboradigan darajada palitraga qattiq 
urardi. Chiqargan rangini ingichka uchli mo’yqalam bilan 
dunyodagi eng nozik shishadan yaratilgan qizning yuzida 
ohistalik bilan yurgizardi. Soʻng qalin uchli mo’yqalamini olib, 
bir necha daqiqa uni palitraga urib turdi. Keyin uni suratga xuddi 
dushmaniga zarba berayotgandek urdi. Kendin shunchalik berilib 
ketgan ediki, "Unday qilmaaaa!" deyishdan oʻzini toʻxtatib 
qololmadi. Jin esa xotirjam ohangda: 
- Haqsan, ammo qoʻrqma! U nima qilayotganini biladi, sen faqat 
kuzat, - dedi. Kendin rassomni kuzatib turib, armon boʻlib qolgan 
orzusini Jinga aytdi: 
- Qobiliyatim boʻlsa edi, men ham rassom boʻlishni xohlardim. 
Ishon, buni judayam istardim, lekin afsus bu iqtidor masalasi... 


19 
Jin Kendinning yuziga tikilib qoldi. Qarashlari maʼnosiz edi. 
Kendin jim boʻlishi kerakligini tushunib, sukut saqladi va 
rassomni kuzatishda davom etdi. U odam soatlab boʻyadi. Goʻyo 
butun dunyoning rangini oʻzgartirardi. Birgina xato qilsa qiyomat 
qoim boʻladigandek. Bu orada kun ham oʻz oʻrnini tunga 
boʻshatib berishga hozirlanardi.
Rassom kerosin chiroqni yoqdi. Yana ozroq ishlagach, tashqariga 
chiqdi. Koʻp oʻtmay ortiga qaytganda burniga tekkan jigarrang 
boʻyoq ketkazilgan edi. U bu safar arqonning narigi tomoniga 
oʻtdi. Stol ustidagi qalamlardan birini olib devorga yoza boshladi. 
Butun devor toʻla edi. Qayerda bir boʻsh joy qolib ketibdiki, bu 
odam yana yozsa? Odam ingichka ingichka yozardi. Soʻngra 
viqor bilan dunyoning eng hashamatli kursisiga oʻtirdi. Muqovasi 
oʻyma yogʻochdan qilingan qalin daftarni ochib, devorga qarab-
qarab, bir narsalarni yozdi. Bir necha soatdan soʻng qalamini 
qoʻyib, oʻrnidan turdi va kerosin chiroqni oʻchirib, tashqariga 
chiqdi.
- Qayerga ketyapti?, - dedi rassomning ortidan qarab qolgan 
Kendin.
- Uxlashga..., - dedi Jin va davom etdi: 
- Bu inson har toʻrt soatda bir marta yarim soat uxlaydi. Vaqti 
boʻldi deguncha hech kimning uygʻotishini kutmasdan turib, 
yana ishiga qaytadi. Bizni bu yerga kelganimizga taxminan toʻrt 
soat boʻldi. 
Kendin hayratlandi. 
- Ishonish qiyin!
- Uning kim ekanini aytsam, ishonishing aniq, - dedi Jin. 
Kendinning qiziqishi o’zining soʻnggi nuqtasiga yetdi.


20 
- Bu inson da Vinchi. Leonardo da Vinchi. Rassom, matematik, 
fizik, faylasuf va yana bir qancha sohalarda afsona boʻlgan inson. 
Endi ishondingmi? 
- Taxmin qilishim kerak edi; lekin ishon agar men ham shunday 
ishlasam, da Vinchi boʻlardim, - deb yubordi Kendin, Jinning 
nima deb javob berishini hech oʻylamagan holda.
- Ishla u holda, - soddagina javob qaytardi Jin. Kendin Jinga ilk 
bora 3957 xil maʼno va tuygʻu mujassam nigohini qaratdi. Ha, 
yoʻq, qanday, nega boʻlmasin, haqsan, ajabo, goʻyo, balki, 
qoʻlimdan keladimi, shubhasiz qilaman, albatta, hech qachon, 
tabiiy va yana bu yerda sanalmagan yuzlab boshqa maʼnolar bor 
edi bu nigohda.
Bu kishi Leonardo da Vinchi edi, da Vinchi boʻlish ayni shunday 
boʻladi. Sen faqatgina ishlaysan va ichingdagi da Vinchi ko’rinib, 
afsonaga aylanasan. Yoki ishlamasdan, da Vinchini ko’masan-u, 
yoʻq boʻlib ketasan.


21 

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin