45
qoʻriqchilarga "Xayrli tong, janoblar!" degach, tez-tez yurib lift
oldiga keldi. Liftni kelishini kutishga toqati yetmay, zinalardan
yugurib yertoʻla qavatiga tushdi, yoʻl-yoʻlakay kostyumini
yechib oldi. Xona eshigi oldiga yaqinlashgach, choʻntagidan bir
karta olib, eshik oldidagi uskunaga kirgazdi va eshikni ochdi.
Kostuyumini bir chetga uloqtirib,
kompyuterning yoqish
tugmasini bosdi. U yonib ulgurmay ishga kirishib ketdi.
- Aqldan ozaman! Aytaqolsang-chi, nima qilmoqchi oʻzi?, - dedi
Kendin Jinga. Bu odam uni barcha narsadan koʻra koʻproq
qiziqtirib qoʻygandi...
Odam xuddi mushuk oʻz oʻljasini kuzatayotgandek ekranga
mixlanib qoldi. Birozdan soʻng klavishlarni yeyishni boshlasa
ham hayron qolmasdi. Soatlab ishladi. Kun yakshanba boʻlgani
uchun boshqa kelganlar yoʻq edi.
Kendin va Jin u odamni kuzatib turganlarida birdan eshik ochildi.
Ichkariga yana bir odam sarosimada kirib keldi:
- Salom, - dedi shoshib... U goʻyo oʻz oʻrnidan chiqib ketgan
mixni joyiga kirgazib qoʻyish uchun bolgʻa qidirayotgan odamga
oʻxshardi. Tezda kompyuterlardan birining oldiga oʻtirdi.
Ikkisi
ham farzandli boʻlish arafasida boʻlgan ayollarini kutayotgandek
sabrsizlanishardi.
- Kecha hech ham uxlay olmadim, - dedi ikkinchi kelgani.
- Hmm..., - deb qoʻydi avval kelgani. "Gap sotma, ishla!"
degandek edi bu "hmm". Vaqti-vaqti bilan birini uyqu elita
boshlar, boshqasi "Hoy" deb uni uygʻotib qoʻyardi... Birozdan
soʻng qolganlar ham kelishdi. "Birozdan soʻng" deganim ertasi
kuni ertalab.
Boshidan hammasini kuzatib oʻtirgan Kendin, 13 kishining bitta
velosipedga minib olganini koʻrgan odamdek:
46
- Bularning hammasi aqldan ozibdi!, - deb yubordi.
- Shubhasiz..., - dedi Jin va jilmayib davom etdi:
- Ularning kimligini bilishni rosa xohlayapsan-a?
- Ha-da, albatta!, - javob berdi Kendin.
- Bilasanmi, doʻstim, ularning oʻzlari ham hali kim ekanliklarini
bilmaydilar, ammo birozdan soʻng bilib olishadi, - deya Jin
Kendinning fikrlarini battar qorishtirdi.
- Iltimos, meni tezroq oʻsha "birozdan soʻng"ga olib bor!, -
yolvordi Kendin.
- Yaxshi, - dedi Jin.
Koʻp oʻtmay "birozdan soʻng"ga ketdilar. Kendin avval sira
koʻrmagan tekis va boʻm-boʻsh yerda edilar. Tunmidi, kunduzmi,
farqiga bormadi.
- Nimalar boʻlyapti, bu yer qayer oʻzi?, - dedi shoshib. Yaqin
atrofda ulardan boshqa tirik jon yoʻq edi. Atrofda hayot
asari ham
koʻrinmasdi. Kendin atrofni kuzatib turgan vaqt birdan oʻsha
atrofda qandaydir shovqin-suron koʻtarildi. Shovqin ortidan
ustlariga toʻgʻri kelayotgan gʻalati jism paydo boʻldi. Bu hamma
joyi yoritilgan, yaxlit va ulkan metall uyumi edi.
Temir qush
quloqni qomatga keltirib, chang-toʻzon ichida tekislikning qoq
markaziga qoʻndi. Soʻngra chang tarqalib, u ajoyib narsaning
kumush kabi porlagan eshigi ochildi. Yerga zinapoyalar
tushirildi. Oq, qalin kiyim kiygan odam og’ir qadam tashlab
zinadan pastga tushib kela boshladi. Oyogʻini yerga qoʻyib, yana
bir odim tashlagandan soʻng ortiga oʻgirilib shunday dedi:
-
Bu qadam bir inson uchun kichik, ammo insoniyat uchun
Dostları ilə paylaş: