Tarjimonlar: dilfuza vohidova maftuna mahmudjonova



Yüklə 1,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/22
tarix30.04.2023
ölçüsü1,53 Mb.
#105040
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
Faqat ahmoqlargina sakkiz soat uxlaydi

15-bob
UZUN BIR KECHA 
Oy yorug'ida odam siyrak bo'lgan ko'chada jimgina ketardilar. 
Jin kutilmaganda o'z atrofida to'xtovsiz aylana boshladi. 
So'ngra birdan to'xtadi va vaqt yo'qotmay Kendinga o'girilib: 
- Yur ketamiz, seni bir ajoyib yerga olib boraman, - dedi.
Kendin nima boʻlganini tushunib yetmay turib, yotoqda uxlab 
yotgan bir ayolning oldida paydo bo'lib qoldi. Jin Kendinga 
ayolni ko'rsatib: 
- Nima qilyapti?, - dedi.
Kendin oʻylab ham oʻtirmay javob qaytardi: 
- Tabiiyki, uxlayapti!... 
- Seningcha qachon turadi?, - deb so'radi Jin bu safar.
Kendin bu oddiy savollardan Jinning maqsadi boshqa 
ekanligini angladi. Derazadan tashqariga qaradi. Hammayoq 
oppoq edi. Tunning qoq yarmi, qishning o'rtasi edi. 
- Quyosh chiqqanda uyg'onar har holda, - dedi Kendin quyosh 
bilan baravar uyg'onish Jin uchun muhimligini inobatga olib...
Jin derazaga yaqinlashdi, pardani ochib, osmonga qaradi va: 
- Agar quyosh chiqmasa-chi?, - deya soʻradi.
- Qanaqasiga?! - dedi Kendin bunday ehtimolni rad 
etayotganini sezdirib. 
Jin ovozini biroz ko'tarib: 
- Agar Quyosh chiqmasa-chi?, - deya savolini takrorladi.


110 
Kendin bu savollardan charchadi, Jinning mazah qilayotganini 
sezib, javob bermadi. 
So'ngra Kendin va Jin bir-biridan achchigʻlangan ikki goʻdak 
kabi uzoqdagi ikki burchakdagi ikkita alohida o'rindiqqa o'tirib 
kuta boshladilar... 
Bir necha soatlardan keyin ayol uyg'ondi va kiyina boshladi. U 
kiyinarkan, Kendin derazadan tashqariga qaradi. Tashqari 
qorong'u edi. Ayol tashqariga chiqish maqsadida eshik tomon 
yo'nalgan payt Kendin so'radi: 
- Qayerga ketyapti? 
- Ishga..., - dedi Jin kulimsirab. 
- Qanaqa ish ekan bu kechaning yarmida, tonggacha hali bor-
ku? 
Kendin ayolning ham sirli ekanligi haqida o'ylashni boshlagan 
payt Jin masalaga oydinlik kiritib: 
- Qasam ichamanki, agar Quyosh chiqishini kutsa edi, eng kam 
3 oy uxlashi kerak edi, - dedi.
Shundan so'ng Kendin bu yerlar qutb ekanligini tushundi. 
Ayolning ortidan birin-ketin tashqariga chiqdilar. Barcha 
uylarning chiroqlari yona boshladi. Ishxonalar ham allaqachon 
ochilgan edi. Insonlar kechaning qorong'usida xuddi kunning 
qoq yarmidagidek ishlardilar. Maktabga ketayotgan 
o'quvchilar, xizmat ulovlari, avtobuslari va boshqa hayotiy 
jarayonlar... Kendin yarim tunda qaynayotgan hayotni 
kuzatarkan, Jin gapida davom etdi: 
- Yarim tun boʻldi, endi uxlayman!, degan ham sensan, do'stim. 
Bu yerda "Yarim tun" tushunchasi yo'q. Yana ham to'g'rirog'i 


111 
"Tun" tushunchasining o'zi yo'q... Tun boʻlmagan hududda 
yashashlariga qaramay bu insonlar oʻrtacha uyqu soatidan ham 
kam uxlaydilar. Bir qancha olimlar buning sababini havoning 
tozaligi bilan bog'laydilar. Buni "Qutb havosi toza bo'lganligi 
uchun insonlar oz uxlaydilar" deb izohlaydilar. Holbuki, 
bunday emas. 
Kendin quturgan filni ko'rganday hayratga tushdi. Faqatgina 
eshitardi. 
- Sen ham hozir bu yerda yashashni boshlasang, bir necha 
uyqusiz kechadan so'ng, uyqu tartibingni o'zgartirishga ehtiyoj 
sezarding va tun bo'yi uxlashga harakat qilmasding. Uyqudan 
faqat yetarlicha hordiq chiqarganingdan so'ng uyg'onarding. 3 
yo 4 oylik kunduz davrida esa holat yana ham qiziq bo'lardi. 
Uxlash uchun tunni kutmasding. Ishdan qaytgach, uyqung 
kelishi bilan uxlarding. Buning natijasi o'laroq sen ham o'rtacha 
uyqu soatidan kamroq uxlarding. Shunday qilib bu yerda tun 
yoki kun sen bilgan tushunchalarga mos kelmagani uchun 
insonlar bu safsatalarga bog'lanib qolmaganlar. Sen ekvator 
deb ataydigan, dunyoni ikkiga ajratib turadigan chiziqning 
yuqorisi va ostidagi tropik mintaqalar orasida joylashgan 
"Ekvator mintaqasi"dagina tun uyqu vaqtining boshlanishi 
deya qabul qilingan. Bundan kelib chiqadiki, inson o'ziga o'zi 
kecha degan ajdarhoni yaratib olgan. Hayotini yeb bitiradigan 
ajdar. Sening tunda ishlashingga toʻsqinlik qilayotgan narsa 
mana shu yanglish tushunchalaring emasmi? 
Kendin chuqur o'yga toldi. "Kech bo'ldi, ertaga qilarman
kechqurun u yerga borilmaydi, kechaning xayridan kunduzning 
sharri yaxshi..." va yana yuzlarcha shu kabi kecha qotillari. 


112 
Kendin bu yolg'onlarga qanday qilib aldanganini o'yladi. Jin 
yana asl mavzuga qaytdi: 
- Aqli zaif bolalar nega kechalari uxlashga qiynalishlarini endi 
tushundingmi? Chunki, ular itoatkor bolalar emas. Ular 
aytilganlarni diqqat bilan tinglab, so'ng amalga tadbiq 
qiladigan, suratga tushayotganda esa aytilgan holatda turib 
beradigan insonlarga sira o'xshamaydilar. Ya'ni, "Bolajonim, 
kel bu kecha bu yerda uxla" deya o'rgata olmaganlari uchun 
ham ular oz uxlaydilar. Noto'g'ri tushunchalarga ega 
emasliklari uchun ham kam uxlaydilar. Shuningdek, qutblarda 
ham aqli zaif insonlar bor, ammo ularni bilgan odam "Ular oz 
uxlaydi", deb har xil gaplar so'zlamaydi. Qisqacha aytganda, 
sening hayoting bilan bog'liq ishongan qadriyatlaringda 
muammo bor. Sen bularni tagiga yetmay, odatiy qabul 
qilaverishing seni yeb bitirishda davom etadi.
Hoynahoy sayr tugadi shekil Jin quyidagi savolni berdi: 
- Umid qilamanki, Tuban ongning aqli zaiflar bilan bog'liq 
aytgan gaplaridan allaqachon to’g’ri xulosa chiqarib olgansan. 
Xo'sh, endi aqli zaiflar bilan "Dohiy" deb atalgan u 
insonlarning umumiy yoki o'xshash jihatlari seningcha nima? 
Kendin og'ir xo'rsingandan so'ng javob berdi: 
- Ikkisi ham isyonkor va yaramas. Ikkisining ham yuragi hech 
bir kenglikka sig'mas. 
Kendin Tuban ong deb nomlangan bu narsa oʻzining salbiy 
tomoni ekanini tushunib yetgandi. Tuban ong tinmay bahonalar 
ishlab chiqaradigan fabrika kabi ishlardi. Shu onda qaror qildi. 
Bundan keyin yana bahonalar o'rgatishni boshlaganida Yuksak 


113 
ongga murojaat qilib, Tuban ongning bu shaytoniy o'yinini 
barbod qiladi. 


114 

Yüklə 1,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin