Tarix fakulteti



Yüklə 374,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/6
tarix30.04.2023
ölçüsü374,16 Kb.
#105137
1   2   3   4   5   6
O lka tarixini o rganishda muzeylarning o rni Bajardi O. Qilich

Kurs ishining maqsadi: Muzey turlari va vatanimizdagi o’rni umumiy 
tushunchaga ega bo’lish.  
 Kurs ishining obyekti va predmeti: Muzey turlari va ularning vatanimiz tarixini 
oʻrganishdagi oʻrni haqida tarixiy manbalardan foydalanish. 
Kurs ishining vazifalari: 
• Mavzuga oid manbalarni tahlil qilish va umumlashtirish. 
• Muzey turlari va ularning vatanimiz tarixini oʻrganishdagi oʻrnini o’rganish. 
• Muzeylarning yurtimizdagi o’rnini o‘rganish .
Kurs ishining tuzilishi: Kurs ishi kirish qismi, ikki bob, xulosa, 
foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati hamda iborat 



I bob O’lka tarixini o’rganishda muzeylarning ahamyati 
1.1Muzey turlari. Turkistonda tashkil etilgan dastlabki muzeylar 
Bugungi kunda O‘zbekistonda tarix, oikashunoslik, badiiy, memorial, 
adabiyot, aniq fanlar muzeylari faoliyat koisatmoqda. Ularda o‘zbek va jahon 
xalqlari tarixi va madaniyatiga doir jami 1602280 dan ortiq turli eksponatlar 
saqlanadi. O‘zbekistonda muzeylar faoliyati 1991-yilga qadar mustaqillik davri 
g‘oyalariga zid holda o‘rganilgan, mavjud adabiyotlar va uslubiy qo‘llanmalardagi 
ma’lumotlar esa tarqoq holda boiib, muzeylar haqidagi maiumotlar yetarlicha emas 
edi. Shuningdek, muzeylammg faoliyati keng ommaga atroflicha yetkazib 
berilmagan. Foydalanilayotgan darsliklar va o‘quv qoilanmalar mazmun jihatdan 
eskirgan, ko‘pchiligi zamon talablariga javob bermasdi.
Mustaqillik yillarida qadimiy shaharlar: Xiva, Buxoro, Shahrisabz, Termiz 
shaharlarining 2500, 2700 yillik yubileylarining oikazilishi, Amir Temur 
tavalludining 660 yilligi, Imom al-Buxoriy, Ahmad alFarg‘oniy, Jaloliddin 
Manguberdi, Kamoliddin Behzod, Ogahiy kabi «Barhayot siymolar» 
yubileylannmg oikazilishi, «Alpomish» dostoni yaratilganining 1000 yilligi 
tantanalarining nishonlanishi yoshlaming ma’naviy-ma'rifiy tarbivasida muhim 
o‘rin egallashi shubhasiz
3
.
Sobiq sovet davrida faqat «qizil imperiya» mafkurasiga xizmat qilgan 
muzeylar endilikda milliy o‘zlikni anglashga xizmat qilishi muhim hisoblanadi. 
Mustaqillik davrida muzeylar ishlariga alohida e’tibor qaratilmoqda. 1998-yil 12-
yanvarda «Muzeylar faoliyatini tubdan vaxshilash va takomillashtirish 
to‘g‘risida»gi Prezident Farmoni e’lon qilindi. 175 Farmorida asosan O‘zbekiston 
hududida qadimdan shakllangan muzeylar faoliyatini takomillashtirish, muzev 
fondlarida saqlanib kelayotgan xalqimizning boy tarixini va mustaqilligimiz 
odimlarini o'zida aks ettiruvchi noyob eksponatlami avaylab-asrash, muzevlar 
fondini boyitib borish, muzeylami dunyoga olib chiqish va targib qilish, 
muzeylami zamon talablariga mos yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash, 



moddiy-texnika bazasini mustahkamlab, jahon muzevshunosligi tajribalarini 
qo‘llash kabi vazifalar qo'yilgan
2
. Muzey turlari. 
Respublikamiz hududida uch turdagi muzeylar mavjud:
Birinchi turdagi muzeylarga ilmiy-tadqiqot, madaniy-ma’rifiy ishlar olib 
boriladigan muzeylar kiradi.
Ikkinchi turdagi muzeylarga faqat bir soha bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini 
olib boradigan muzey laboratoriyaga ega bo‘Igan maxsus muzeylar (masalan, 
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi qoshidagi bakteriologiya va mineralogiya muzeyi) 
kiradi.
Uchinchi turdagi muzeylar faqat o‘quv turida bo'lib, ulaming asosiy vazifasi 
o'quv jarayonini tashkil etishdan iborat.
Muzey turlari ko‘p jihatdan unda saqlanayotgan fondlaming xarakteriga va 
ular faoliyatining yo‘nalishiga bog‘liqdir. Shuningdek, turli fan sohalariga 
bo‘lingan muzeylar ham bor. Bu muzeylar orasida ko‘proq ma’lum bo‘lganlari 
yoki faqat o‘sha soha mutaxassislariga ravshan bo‘lgan ma’lum tarmoqni aks 
etuvchi muzeylar ham mavjud.
Masalan, Toshkentdagi O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, tasviriy san’at 
muzeyi, Alisher Navoiy nomidagi adabiyot muzeyi va O‘zbekiston Respublikasi 
harbiy okrugi muzeylarini ko pchilik yaxshi biladi, ammo arxeologiya, etnografiya, 
harbiy-tarixiy, memorial, mintaqaviy, san’atshunoslik. texnika muzeylari ko'proq 
o'sha soha mutaxassislariga ayon.
Turkistonda tashkil etilgan dastlabki muzeylar. Muzeylar inson madaniyatiga 
ikki yarim ming yil ilgari. ya’ni antik davrda kirib keldi. Lekin uning ma’nosi 
hozirgi muzey tushunchasidan ancha boshqacharoq bo‘lgan. Qadimgi 
Yunonistonda «museion» deb ma’budalar sha’niga e ’zozlanadigan maskanlami 
2
Karimov I. А. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini 
rivojlantirish kontsepsiyasi // www. gov.uz. 



aytganlar. Bu maskanlar tabiatning go'zal joylarida, tog‘ etaklarida, daiyo va ko‘l 
boSlarida, bog‘-u rog'larda joylashgan.
176 ta Muzeylar o'zlarining ilk paydo bo‘lgan kunidan boslilab o'z 
zamonasini aks ettirgan va talab-ehtivojlanni ifoda qilgan, qisqacha qilib avtganda, 
zamon ko zgusi bo‘lgan. Hoziigi kunda ochiq osmon ostidagi muzeylar ham paydo 
bo‘ldi, ulaming asosini me’moriy va arxeologik yodgorliklar tashkil etdi.
O’lkada muzey ochish masalasi 187l-yilda tabiatshunoslik, antropologiya va 
etnografiya havaskorlari jamiyatining Turkiston bo‘limi majlisida ko'tarildi. 
Shundan so‘ng Sirdaiyo viloyati harbiy gubematori general N. Golovachyov 1876-
yilning 9-yanvarida muzey ochish bo yicha yig'ilish о tkazadi Majlisga N.Mayev, 
V.Oshanin, A.Vilkins, D.Yujakov va I.Krauzelar taklif etiladi. Shu tariqa 
Toshkentda 
muzey 
ochishga 
qaror 
qilinadi. 
1876-yil 
16-mart 
kuni 
«Туркестанские ведомости» gazetasi muharriri N. Mayev Toshkentda muzey 
ochish haqidagi bayonnomasini general-gubemator idorasiga jo ‘natadi. Rossiya 
istilosining dastlabki o‘n yili o‘tganidan so ng Turkistonda muzey tashkil etilishi 
masalasi olimlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi
3
.
O‘rta Osiyoning istilo qilinishi davomida tartibli va uyushgan holda 
kolleksiyalar to‘plashga asos solingan. Bu jarayon rasmiy tarzda amalga 
oshirilgan. Bundan tashqari, O‘rta Osiyo xalqlari madaniyatiga oid osori atiqalami 
arzon garovga sotib olib, xususiy boylik orttirish payida bo‘lgan kishilar ham kam 
emas edi. Ular qatorida Zarafshon okrugi boshlig‘i general A. Abramov, Sirdaryo 
viloyati harbiy gubematori general N. Golovachyov, Amudaryo bo‘limi boshlig‘i 
A. Galkin va boshqalami ko‘rsatish mumkin. Rus olimlarining turli kolleksiyalar 
to'plash faoliyati bir tomondan Peterburg, Moskva muzey lari, kutubxonalari, 
ko‘igazma zallar zaxiralarini O‘rta Osiyo buyumlari va qo‘lyozmalari bilan 
to‘ldirishga qaratilgan bo‘lsa-da, ikkinchi tomondan ma'lum vaqt o‘tib, mahalliy 
muzeylar tashkil etish hamda ilmiy jamiyatlaming rivojlanishiga turtki bo‘ldi. 0 ‘z 
3
Булатова В.А., Шишкина Г.В. Самарканд. Музей под открытым небом. - Т., 1986.



ishlarining fidoyilari bo‘lgan olim, o‘lkashunos va shifokorlar qo‘Iyozmalar 
kolleksiyalarini yig‘ib, ommaviy kutubxonalami tashkil etish ishlarini boshladilar.
1870-yili Toshkentda Turkiston xalq kutubxonasi tashkil etildi. Xususiy 
kolleksiva to‘plovchilari xizmati tufayli qator qimmatbaho qo‘lvozmalar asrab 
qolindi. Kutubxonasida saqlanayotgan arab, fors va 177 turkiy qoiyozmalar tavsifi 
1883-yiIda E.Kal tomonidan nasbr etilib, ilmiy jamoatchilikka taqdim etildi. 
Rossiya istilosidan so ng ilmiy tadqiqot ishlarining aksariyati Turkistonning 
moddiy boyliklarini o‘rganish, ulardan foydalanishga qaratidi. A. Fedchenko, 
V.Dokuchayev, I.Mushketov va boshqalaming tuproqshunoslikka oid tadqiqotlari 
O’rta Osiyoda zamonaviy ilmiy fanlarga asos soldi. 0 ‘lkamizda muzeylami tashkil 
etish tashabbuskorlari sifatida A. Fedchcnko, I.Mushketov, V. Oshanin, V. Bartold 
va boshqalami keltirib o‘tishimiz mumkin. Ulaming asarlarida geologiya, 
geografiya, botanika, zoologiya, mineralogiya, numizmatika, tarix, etnografiya va 
qadimiy yodgorliklarai o‘rganishga oid tadqiqotlar ham mavjud edi.
Ular ilmiy jamiyatlar a’zosi sifatida to'plangan maiumotlami muzeylarga 
joylashtirib, ulaming rivojlanishiga zamin yaratdi A. Fedchenkoning Turkiston 
general-gubematoriga 
yozgan 
axborotida: 
«Turkistonni 
muvaffaqiyatli 
rivojlantinsh uchun uning tarixi, madaniyati va tabiati bilan tanishib chiqish lozim, 
muzey esa buning uchun ulaming eng yaxshi vositadir», - deb yozadi. Turkistonda 
tashkil etilgan ilk muzeylar faoliyati.
1876-yilda O'rta Osiyoda birinchi muzey tashkil etildi. Lekin davlat 
tomonidan bino berilmaganligi uchun, N.Mayev o‘zining ipakchilik maktabidan 
muzey uchun ikki xona ajratdi. Ko‘p o'tmay, muzey Statistika boiim i ixtiyoriga 
o‘tkaziladi. Muzey ta’minoti uchun yiliga 300 so‘m ajratiladigan boidi. Bundan 
tashqari, ba’zi shaxslaming moddiy yordamlari ham kelib tushgan. N.Mayevning 
yozishicha, muzey faoliyati uchun yiliga 1600 soinlik mablag‘ talab etilgan. 1877-
yiining yanvariga kelib, muzey etnografiya, ishlab chiqarish texnologiyasi, qishloq 
xo'jaligi, tabiat tarixi va aixeologiya bo'yicha 1500 dan ortiq ashyolaiga, 800 ga 
yaqin qadimiy tangalarga ega boidi
6





Yüklə 374,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin