Metrologiya to‘G‘risida


-bob. Metrologiyaga oid faoliyatni tashkil etish



Yüklə 367,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/16
tarix01.05.2023
ölçüsü367,16 Kb.
#105405
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
01. Metrologiya qonun

3-bob. Metrologiyaga oid faoliyatni tashkil etish 
13-modda. O‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlashga doir normativ 
hujjatlar
Metrologiya normalari va qoidalarini belgilovchi hamda O‘zbekiston Respublikasi hududida 
majburiy kuchga ega bo‘lgan o‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlashga doir normativ 
hujjatlarni tasdiqlash va davlat ro‘yxatidan o‘tkazish maxsus vakolatli davlat organi tomonidan 
amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasida o‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlashga doir 
normativ hujjatlarning quyidagi turlari qo‘llaniladi: 
o‘lchash vositalarini qiyoslash uslubiyoti; 
o‘lchash vositalarini kalibrlash uslubiyoti
o‘lchashlarni bajarish uslubiyoti; 
sinov vositalarini attestatsiyadan o‘tkazish uslubiyoti. 
O‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlashga doir normativ hujjatlar jumlasiga 
metrologiya tekshiruvini o‘tkazish tartibini belgilovchi standartlashtirish bo‘yicha hujjatlar ham 
kiradi.
O‘lchash vositalarini qiyoslash va kalibrlash uslubiyotlari, sinov vositalarini attestatsiyadan 
o‘tkazish uslubiyoti metrologik ekspertizadan o‘tkazilishi lozim. 
O‘lchashlarni bajarish uslubiyoti metrologik attestatsiyadan o‘tkaziladi. 
14-modda. Kattalik birliklari 
O‘zbekiston Respublikasida xalqaro birliklar tizimining kattalik birliklarini belgilangan 
tartibda qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi. Kattalik birliklarining nomlari, belgilari, ularni yozish va qo‘llash 
qoidalari maxsus vakolatli davlat organining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan xalqaro birliklar tizimiga 
kiritilmagan birliklarni qo‘llashga ruxsat berilishi mumkin. 
Tashqi savdo faoliyatini amalga oshirish chog‘ida shartnoma shartlariga muvofiq o‘zga 
kattalik birliklaridan ham foydalanish mumkin.

Yüklə 367,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin