9-modda. Maxsus vakolatli davlat organining metrologiyaga oid faoliyat sohasidagi vakolatlari Maxsus vakolatli davlat organi:
metrologiyaga oid faoliyat sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi;
mamlakatda metrologiyaga oid faoliyat sohasidagi mintaqalararo va tarmoqlararo
tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtiradi;
milliy etalonlarni yaratish, tasdiqlash, saqlash va ishchi holatda saqlab turish qoidalarini
o‘rnatadi, shuningdek ularning xalqaro darajada solishtirilishini ta’minlaydi;
o‘lchash uslublari, vositalari va natijalariga qo‘yiladigan umumiy metrologik talablarni
belgilaydi;
davlat metrologiya tekshiruvi va nazoratini amalga oshiradi, shuningdek metrologiyaga oid
faoliyat sohasidagi harakatlarni muvofiqlashtiradi;
davlat sinovlaridan o‘tgan va turi tasdiqlangan yoki metrologik attestatsiyadan o‘tkazilgan
O‘lchash vositalarining davlat reyestrini yuritadi;
o‘z vakolatlari doirasida, shu jumladan boshqa davlat boshqaruvi organlari bilan
hamkorlikda normativ-huquqiy hujjatlarni va normativ hujjatlarni qabul qiladi;
ilmiy kadrlar va muhandis-texniklar tayyorlashni hamda qayta tayyorlashni tashkil etadi;
O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga rioya etilishi ustidan nazoratni
amalga oshiradi;
o‘lchashlarning yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha yuklatilgan vazifalarni
bajarish uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarining, tashkilotlarning mutaxassislarini jalb
etadi;
o‘z vakolatlari doirasida xalqaro tashkilotlar faoliyatida ishtirok etadi;
O‘zbekiston Respublikasining o‘lchashlar yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash tizimi
ishlashi va rivojlanishini hamda uning xalqaro birliklar tizimi va boshqa mamlakatlarning kattalik
birliklari tizimlari bilan uyg‘unlashuvini ta’minlaydi;
iste’molchilar huquqlarini, fuqarolarning sog‘lig‘i va xavfsizligini, atrof-muhitni hamda
davlat manfaatlarini noto‘g‘ri o‘lchash natijalarining salbiy oqibatlaridan muhofaza qilishga doir
chora-tadbirlarni amalga oshiradi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlaridan, shuningdek tashkilotlardan o‘lchashlarning
yagona birlikda bo‘lishini ta’minlash bo‘yicha yuklatilgan vazifalarni bajarish uchun zarur bo‘lgan
ma’lumotni oladi.