1-mavzu. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining maqsadi hamda
vazifalari.
REJA:
1. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi o‘quv fan sifatida.
2. Jismoniy madaniyat nazariyasining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi.
3. Jismoniy tarbiya jarayonida axloqiy tarbiya.
4. Jismoniy tarbiya jarayonida estetik tarbiya.
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi o‘quv fan sifatida.
Jismoniy tarbiya nazariyasi (umumiy asoslari) o‘quv fani sifatida jismoniy tarbiya,
jismoniy madaniyat va sport bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlashda hamda maxsus
bilim va ma’lumot olishda asosiy fan bo‘lib xisoblanadi. O‘zbekiston Davlat Jismoniy
tarbiya instituti, Viloyat pedagogika intstituti va Universitetlarida, kasb-xunar kollej
jismoniy tarbiya fakultetlarining o‘quv rejalarida bu fan jismoniy tarbiya nazariyasi
jismoniy madaniyat va sport xaqida bilimlarining to‘la tizimida o‘tish kursini
ta’minlaydi uning mazmuni jismoniy tarbiya nazariyasining asosiy tushunchalari
tashkil etadi va shu asosida boshqa ayrim nazariy va metodik bo‘lim turlari o‘rganiladi.
Jismoniy tarbiya ijtimoiy hodisalarga taa’luqlidir. Bu hodisalarni xarakterlash uchun
jismoniy tarbiyaning kelib chiqishi sabablari uning jamiyat hayotida tutgan o‘rni:
jismoniy tarbiyaning tarixiy xarakteri: jismoniy tarbiyaning jamiyatdagi sinfiy
maqsadi: jismoniy tarbiyaning rivojlanishida mexnat foaliyatining mazmuni va
xarakteri: yutuqlari va boshqa omillarning ahamiyati kabilarni anglab olishlari shart.
Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, bu omillar jismoniy tarbiyada aloxida - ahamiyatda ega
emas, balki murakkab bog‘langan holda ta’sir ko‘rsatadi. Jismoniy tarbiyaning
moxiyatini tushunish uchun eng avvalo uning maxsus mazmunini aniqlash lozim. Bu
fan tarbiya jismoniy tarbiya nazariyasi, sport fiziologiyasi, sport psixologiyasi,
jismoniy mashqlar biomexanikasi hamda sport turlarining nazariyasi va metodikasi
kabi turli xil fanlar bilan bog‘liq xolda o‘rganiladi.
Dostları ilə paylaş: |