Jismoniy madaniyatning boshqa yo’nalishlar bilan bog’liqligi
Jisman etarli darajadagi rivojlanganlik normal aqliy rivojlanishga sharoit yaratadi.
“Har qanday mehnat – bu aqliy, jismoniydir. Agar aqliy va jismoniy mehnat
orasidagi farqni ajratsak, bittasida asosiy rolni miya, ikkinchisida muskullar uynaydi.
Miyaning faoliyati muskullarning o’zaro faoliyatiga, muskullar faoliyati esa miyaning
boshqarishi orqali amalga oshiriladi”, - degan edi Chernishevskiy.
Jismoniy bilimlar asoschisi P.F. Lesgaft ko’rsatganidek, aqliy va jismoniy
rivojlanish bir-biri bilan uzviy bog’liq. Aqlning wsishi va rivojlanishi o’z navbatida
jismoniy rivojlanishni taqazo qiladi.
Jismoniy
tarbiyaning
vazifasi
shunda
muvaffaqiyatli
hal
qilinadiki,
shug’ullanuvchilar jismoniy mashqlarni ongli ravishda tushunib bajarsalar yoki ular
sport mashg’ulotlariga qiziqib, tashabbus ko’rsatib ijodiy yondashsalar, organizmda
harakat malakalarini to’g’ri shakllanishi, funksional qobiliyatlarini rivojlanishi uchun
umumiy maxsus bilimlarga tayanishlari lozim bo’ladi.
Jismoniy tarbiyada yoki sportda talantni ochish shug’ullanuvchida umumiy
jismoniy rivojlanganlik va tayyorlanganlik hamda soha bo’yicha chuqur malakaviy
bilimlarga ega bo’lish, bosh miya, muskullar faoliyatidan foydalanish ko’r-
ko’ronalikka yol qo’ymaslikni talab qiladi. Mashg’ulotga ongli munosabatda
bo’lmaslik talantni sunishiga sabab bo’ladi. Eng havflisi shug’ullanuvchida bir
tomonlamalilik, faqat sport bilan shug’ullanishgagina odat shakllanadi – jamiyat uchun
esa boqimandalar ko’payadi.
Sport trenirovkasi sirlariga sho’ng’ish, uni tushunish, shug’ullanuvchi mahoratini
oshishiga olib keladi. Bunga faqat har tomonlamalilik orqaligina erishish mumkin.
Jahon rekordlarini o’rnatish, chempionlik lavozimlari uchun kurashish, sportchidan
yuqori saviya, chuqur bilim va jismoniy qobiliyatni talab qiladi. Bunga erishish uchun
esa mashaqqatli mehnat, o’tkir intellekt sohibi bwlishlik talab qilinadi.
Aqliy va jismoniy tarbiyanig o’zaro bog’liqligi masalasi tabiiy-ilmiy fanlarning
tadqiqotlari asosida ulug’ rus fiziologi I.M.Sechenov va I.P.Pavlov tomonidan
isbotlangan. “Men butun hayotim boyi aqliy va jismoniy mehnatni sevdim, ko’proq
ikkinchisini. Ayniqsa, miyada paydo bo’lgan fikrni hal qilish uchun aqlimni qo’lim
bilan bog’laganimda o’zimni juda yaxshi his qilar edim”, - deb yozgan edi ulug’ rus
olimi I.P.Pavlov.
Demak, jismoniy tarbiya intelektining aqliy tarbiyasi bilan o’zaro uzviy bog’liq
holda amalga oshirilishi lozim.
Dostları ilə paylaş: |