1-mavzu. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining maqsadi hamda vazifalari. Reja


Jismoniy madaniyat nazariyasi fanining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi



Yüklə 469,51 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/7
tarix01.05.2023
ölçüsü469,51 Kb.
#105563
1   2   3   4   5   6   7
1-Maruza mashguloti

2. Jismoniy madaniyat nazariyasi fanining boshqa fanlar bilan bog‘liqligi. Jismoniy 
tarbiya - bu insonni jismoniy kamolotga erishishiga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon 
bo‘lib, asosan ikki yoqlamalik jarayonga asoslangandir.
Jismoniy madaniyat jarayonida aqliy, axloqiy, estetik va mehnat tarbiyasi amalga 
oshiriladi. Jismoniy madaniyat nazariyasi ijtimoiy, tabiiy va pedagogik fanlar bilan 
bog‘liqdir. 
Jismoniy madaniyat nazariyasining g‘oyaviy asosi shaxs haqidagi falsafiy ta’limot 
hisoblanadi. 
Jismoniy madaniyat nazariyasining ilmiy - tabiiy asosi anatomiya, fiziologiya, 
gigiena, bioximiya, biomexanika, biologiya va boshqashu kabi tabiiy fanlar majmuasidan 


tarkib topgandir. Tabiiy fanlar sohasida erishgan yangi yutuqlar jismoniy tarbiya 
nazariyasi tomonidan jismoniy mashqlarni o‘rgatish usullari, vositalarini tanlashni 
asoslash, qo‘yilgan vazifalarni hal etishning samarali yo‘llarini ishlab chiqishda 
foydalaniladi. 
Biomexanika harakat texnikasini tadqiqot qila borib, uni bajarilishni baholashga, 
hatoliklarni bartaraf etish yo‘llarini belgilashga hamda harakat malakalarini 
shakllantirishda eng yaxshi natijalarga erishishga yordam beradi. 
Bioximiya tomonidan jismoniy mashqlar bajarilish ta’sirida kishi organizmida, 
jumladan, muskullarda bo‘ladigan ximiyaviy jarayonlarni o‘rganish natijasida olgan 
ma’lumotlar mashg‘ulotlarni o‘tkazishda uning metodikasini takomillashtirishga yordam 
beradi. 
Tabiiy fanlar asosida erishilgan yangiliklar jismoniy tarbiya nazariyasi jismoniy 
mashqlarga o‘rgatishning vosita va usullarini tanlash uchun, mashg‘ulotlarni o‘tkazish 
metodikasini ishlab chiqishga imkoniyat yaratadi. 
Jismoniy madaniyat nazariyasi pedagogik ta’limlar tizimi tarkibiga kiradi 
psixiologiya, pedagogika, sportning gimnastika, yengil atleka, sport o‘yinlari, suzish va 
boshqalar kabi ayrim turlari jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi bilan 
chambarchas bog‘langan, jismoniy mashqlarga o‘rgatishning usullariga tayanadi. 
Harakatga o‘rgatish masalalarini ishlab chiqishda jismoniy tarbiya nazariyasi 
o‘rgatishning umumiy didaktik, tamoyillari va metodlariga, aqliy, axloqiy, nafosat, 
mehnat va boshqa tarbiyalar metodlariga tayanadi. 

Yüklə 469,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin