1-mavzu. Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining maqsadi hamda vazifalari. Reja


Jismoniy tarbiya jarayonida estetik tarbiya



Yüklə 469,51 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/7
tarix01.05.2023
ölçüsü469,51 Kb.
#105563
1   2   3   4   5   6   7
1-Maruza mashguloti

Jismoniy tarbiya jarayonida estetik tarbiya 
Jismoniy tarbiya jarayonida estetik tarbiyaning ham alohida vazifalari hal qilinadi 
va yo’lga qo’yiladi: 
1. Muomila estetikasini tarbiyalash. Gimnastika, sport, o’yinlar, turizm, yuqorida 
bayon etilganidek, insonning barcha xususiy tomonlarini namoyon qiladi. 
Sportchilarning yurish-turishi sport hayotiy jarayoni va undan tashqarida havas 
qilgudekdir. Chunki uning asosida sharq xalqlari axloq normalari yotadi. Yomon 
muomala estetikaga zid deb baho beriladi. 
2. Inson gavdasining ko’rinishi, shakli-shamoyilini ta`minlanadi. Jismonan 
garmonik rivojlangan odam gavdasining chiroyliligi, sog’likning hayotiy 
qobiliyatlarining yaxshiligi belgisidir. Chernishevskiy: «inson go’zalligi haqida gapirar 
ekanmiz, uning tarkibiy qismi shuni belgilaydiki, bizda u ajoyib taassurot qoldiradi. 
Unda hayot namoyon bo’ladi, biz uni tushunamiz», - degan edi. 
V.V. Gorinevskiy esa: «go’zallik baxtga qarshi sog’lik bilan qarama-qarshilikda 
emas, nosog’lik esa, aksincha, normadan chetga chiqiboq, go’zallik tushunchasini 
buzadi», - degan edi. 


3. Go’zallikni qabul qila bilish qobiliyatini, sport texnikasi, harakatlar nafisligi 
ifodasida yashirin go’zallikni his qila olishni tarbiyalash yotadi. Harakat texnikasi 
go’zallik, harakat nafosati, uning mazmunini ifodalashning o’zi ham go’zal. 
Jismoniy tarbiya jarayonida foydalanilayotgan harakat faoliyati bir-biriga 
o’xshash emas. Lekin ularning har biri  yugurishning chiroyliligi, balandlikka sakrash, 
rekord og’irlikni kwtarishi texnikasi, gimnastika snaryadlarida «ishlash mahorati»-
hammasi go’zal. Futbol maydonidagi o’yinga qarab baho berish: «chiroyli o’yin 
bo’ldi», «o’yin juda qiziqarli chiqdi», «jamoa hujum paytida to’p bilan muomala 
sanoatining yuqoriligini chiroyli namoyish qildi» deb va hokazolar. Sportdagi harakat 
go’zalligini tushunish tomoshabin yoki shug’llanuvchiga huzur bahsh etadi. Sport 
kurashida go’zallikni, chiroylilikni ko’ra olsak, bu bizning estetik didimizni, 
saviyamizni darajasini ko’rsatadi. Boks estetik sport turi emas, deb baho beradilar. Bu 
mulohaza to’g’rimi? Yuqori texnik tayyorgarlikka ega bo’lgan bokschilar harakati 
olam-olam zavq beradi. Qolaversa ruhiy, axloqiy, jismoniy sifatlarni rivojlantiradi, 
namoyon qiladi. Yaxshi bokschi mard, irodali, botir bolishi amaliyotdan aniq. Did bilan 
tushunib, tomosha qila olishni o’zi estetik zavq beradi, uni tarbiyalaydi. 
Takomillashgan harakat texnikasi, avtomatizm darajasidagi harakat ko’nikmasiga ega 
bo’lgan sportchi yoki fizkul`turachilar harakat faoliyatini erkin, ravon, keraksiz kuch 
sarflashlarsiz, keraksiz harakatlarsiz bajaradilar. 
ADABIYOTLAR: 
1. Jismoniy 
madaniyat 
nazariyasiga 
kirish.O‘quv 
qo‘llanma.T.2002 y. 
SalomovR.S. 
2. Jismoniy tarbiya nazariyasi va usuliyati. A.Abdullaev va b. T.2005 y. 
3. O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni. 1997 y. avgust. 
4. Barkamol avlod orzusi. To‘plam. T. 1999 y. 
5. R.S.Salomov va b. “Jismoniy tarbiya va sport ixtisosligiga kirish”. T. 1990 y. 


 

Yüklə 469,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin