Jismoniy tarbiya jarayonida axloqiy tarbiya
Har qanday jamiyat azal-azaldan o’zining axloq normalari va ularning talablari
bilan biri-biridan ajralib turgan, ayrim holda keskin farqlangan. Bu talablar va
normalardan jamiyatning mavqei, ishni, darajasini belgilash, baholashda foydalanilgan.
Axloqiy tarbiya ularga jamiyat a`zolari rioya qilishidek zarur muammolarni hal qilishda
jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish mashg’ulotlari, sport trenirovkalari, turli xil
musobaqalar va ko’ngil ochish tadbirlari axloq normalarini shakllanishi,
tarbiyalanishida vosita rolini hozirgi kunda ham o’ynab kelmoqda. O’zaro munosabat,
muloqot, umuminsoniy qadriyatlar, millati, xalqi, davlati, shoni-shuhrati uchun
qayg’urish hissiyoti jismoniy tarbiya jarayonida to’g’ridan-to’g’ri tarbiyalangan.
Mamlakat sportchisining axloqi – bu, millat vakili, mavjud jamiyat kishisining
axloqidir. O’zbek sportchisining axloq normalari maxsus, alohida emas. Ular ham
mazkur jamiyatning oddiy a`zosining axloqi normalaridan farq qilmaydi.
«Sportchining axloqi» degan axloqni tuzushga urinish sharq xalqlari axloq
normalaridan uzoqlashishga olib keladi.
Biz qisqa fikrli, tor o’ylaydigan faqat sport bilan shug’ullanadigan baquvat, yaxshi
xazm qilish organlariga ega bo’lganlarni emas, fikrlar doirasi keng, ma`naviy boy,
kirishuvchan, tashkilotchilik qobiliyati yaxshi bo’lgan individni tarbiyalashni nazarda
tutmog’imiz lozim. Bu sifatlar ko’proq navqiron mamlakatimiz yoshlari uchun
taaluqlidir.
Sportchi va fizkul`turachilar axloqiy tarbiyasining asosiy xususiyatlari, uni
jismoniy tarbiya jarayonini yo’lga qo’yilishi quyidagi yo’nalishda va shaklda bo’lishiga
e`tibor qaratilmoqda:
1. Jamoatchilik burchiga ijtimoiy munosabatda bwlish, jamiyat ishini o’z shaxsiy
ishi bilan teng qo’yish, jamiyat va davlat ishini darajasini pasaytirmaslik. O’zining
jismi tarbiyasiga ongli munosabatda bo’lish, Vatan mudofaasiga doimo tayyorlik har
bir jamiyat a`zosining umumiy burchiga aylangan bwlishligi sport hayotidagi maqsadni
birligi va umumiyligi barcha uchun yagona qonuniy ahamiyatga ega bulishligi, uni
jamoa faoliyatida gavdalanishi, jamiyati jismoniy madaniyati tarixi, an`analari,
millatining shoni uchun jamoaning kuchini umumlashtira bilishlik xususiyati.
Mamlakat sportchisi xalqaro maydondagi g’alabalarning hal qiluvchi omili
ekanligi, o’z xalqi, Vatani oldidagi javobgarlik burchini his qilabilishlik xususiyati.
2. Jamoat mulkiga (sport inshoati, undagi jihoz va anjomlarga) ijtimoiy
munosabatni sport maydonlarini jihozlash va qayta jihozlash ishida ishtirok etish.
3. Jamiyat a`zolarining axloq normalarini eng asosiy mehnatga ijtimoiy
munosabatda bo’lishlikdir. Jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish shug’ullanuvchi
mehnatda, ishlab chiqarish jarayonida har tomonlama garmonik rivojlanishini amalga
oshirish imkoniyatini yuzaga keltiradi. Sportchini sport natijasiga erishishi mashaqqatli
bo’lib, chidamli mehnatni talab qiladi. U rekordlarnigina yangilash bilan mehnat
jarayoni uchun iroda, intizom, mehnat qilishga odatni shakllantiradi, mehnatni
qadrlashga o’rganadi.
4. Jismoniy madaniyat jamiyat qonunchiligiga bo’ysunishga o’rgatadi.
Gimnastika, o’yinlar, sport, turizm va boshqa jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish
tarbiyalanuvchilardan belgilangan qoidaga, tartibga qat`iyyan rioya qilish talabini
qo’yadi. Ularga bo’ysunmaslik sportchini yoki tarbiyalanuvchini umumiy maqsaddan
uzoqlashtiradi. Sport faoliyati sportchi hayotini havf ostida qoldirishi – masalan, to’p
uchun kurashayotganda o’yinchilar bir-biri bilan tqnashib ketdi. Kimdir aybdor.
Qo’pollikka javob qilgingiz keladi. Lekin sportchi axloq normalari, o’zini qo’lga olish
va nizoli holatni tinch yol bilan hal qilish uchun lozim bo’lgan axloqiy normalar,
talablarni ustun kelishi xususiyati.
5. Gumanizm, insonni hurmat qilish, kelajak uchun, tinchlik uchun kurashishga
zamin, bir-birini qo’llash, yordam berish, ayniqsa, musobaqalar davomida o’zaro
o’rtoqlik yordami o’z raqiblariga nisbatan hurmat ruhida turkiy xalqlarda wta yuqori
bo’lganligi, mustahkam salomatlik va jisman tayyorgarlik jamiyat a`zosining axloq
normalari, irodasi va boshqa xususiyatlarni tarbiyalash xususiyatlarini shakllantiradi.
Dostları ilə paylaş: |