37
Kurs ishi talabalarning muayyan o‗quv fanlarini o‗rganishdagi
yakuniy bosqichidir. Kurs ishining maqsadi – talabalarning oldiga
qo‗yilgan masalalarni yechishda nazariy bilimlarni mustahkamlash va
chuqurlashtirish, mustaqil,
ijodiy pedagogik, ilmiy -tadqiqot ishlarini
bajarish ko‗nikmalarini takomillashtirish, ba‘zi hollarda esa oldinga
qo‗yilgan ilmiy-amaliy natijalarni olishdan iborat. Kurs ishi – o‗qituvchi
rahbarligida talabalar tomonidan bajariladigan mustaqil ish turi bo‗lib,
talabaning nazariy
bilimlarini mustahkamlashga, amaliy masalalarni hal
qilishda o‗z bilimidan mohirlik bilan foydalanish malakasini
shakllantirishga, bitiruv ishini bajarishga v a mustaqil kasbiy faoliyatga
tayyorlashga xizmat qiluvchi grafik qism
va tushuntirish yozuvidan
iborat.
Kurs
ishi
–
ilmiy-tadqiqot
ishi
elementlarini
o‗zida
mujassamlashtirgan,
o‗qituvchi
rahbarligida
umumilmiy
va
mutaxassislik fanlaridan bajariladigan tal abalarning mustaqil ish
turlaridan biri bo‗lib, o‗z oldiga talabalarning must aqil ijodiy ishlash
malakasi va ko‗nikmalarini rivojlantirishni,
zamonaviy ilmiy -tadqiqot
usullarini egallashlarini, biror bir masalani, fan bo‗limining mavzusini
chuqur o‗rganishlarini maqsad qilib qo‗yadi.
Kurs ishi mavzusi oliy o‘quv yurtlari k afedralarida
ishlab chiqiladi
va himoya qilinadi.
Kurs ishining hajmi A4 formatda 15-20 varaqdan iborat bo‗ladi.
Har bir sahifada 30 ta satr, har bir satrda 60 ta belgi (so‗zl ar orasidagi
o‗tishlar va tinish belgilarini hisoblagan holda) bo‗lishi kerak.
O‘ngdan – 3 sm, chapdan – 1 sm, yuqoridan – 2,5 sm, pastdan – 2,5 sm
joy qoldiriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar r o‗yxatida adabiyotlar soni kamida 20 -
25 ta atrofida bo‗lishi kerak.
Ilmiy tadqiqot ishida uzviylik va uzluksizlikni ta'minlash
maqsadida bitiruv malakaviy ishining ma'lum bir qismi yoki bobi kurs
38
ishi mavzusi sifatida bеrilishi maqsadga muvofiqdir. Masalan, namuna
sifatida kеltirilayotgan ―O‗zbеk tilshunosligida ergashgan qo‗shma
gaplar talqini‖ mavzusidagi bitiruv malakaviy ishini ―Hozirgi o‗zbеk
adabiy tili‖ kursi bo‗yicha ―Ta'lim bosqichlari
dastur va darsliklarida
ergashgan qo‗shma gaplar muammosi‖ tarzida kurs ishi mavzusi sifatida
bеrish mumkin. Shuningdеk, ushbu mavzuni ―O‗zbеk tili o‗qitish
mеtodikasi‖ kursi bo‗yicha ―Ergashgan qo‗shma gaplar‖ mavzusini
o‗tishda zamonaviy pеdagogik tеxnologiyalardan foydalanish‖ yoki
―Ergashgan qo‗shma gaplar‖ mavzusini o‗tishda o‗quvchilarni mustaqil
fikrlashga o‗rgatish‖ kabi mavzularni kurs ishi sifatida bеrish maqsadga
muvofiqdir. Natijada talabaning foydali ish koeffitsеnti oshadi: mavzuni
har tomonlama va kеng idrok qilishi va yoritishiga, fanlar bo‗yicha esa
savodli, talab darajasidagi kurs ishlarining bajarilishiga erishiladi.
Dostları ilə paylaş: