Savol va topshiriqlar
1. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi qachon tashkil topdi?
2.O‘zR MDA tomonidan qaysi ko‘rsatgichlar nashrga tayyorlandi?
3. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida saqlanayotgan fondlar
xususida nimalarni bilib oldingiz?
4.O‘zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivida saqlanayotgan shaxsiy fond
hujjatlari asosida mustaqil ishi tayyorlash.
5. Mustaqillik yillarida O‘zR MDA da qanday ishlar amalga oshirildi.
Manba va adabiyotlar
1. Арафонова З.И., Халфин Н.А. Путеводитель. – Ташкент,1948.-Б.182.
2. Ланда Л.М. Путеводитель. - Ташкент.,1960.-Б.332.
3. Путеводитель по фондам Центрального Государтвенного Архива Узбекской
ССР. – Ташкент.,1986.-Б.136.
4. Путеводитель по фондам Центрального Государственного Архива
Республики Узбекистан. – Ташкент.,1996.-Б.142.
5. Путеводитель по фондам Центрального Государственного Архива
Республики Узбекистан. Часть V. – Ташкент., 2013.-Б.104.
6. Исакова М. Становление и развитие архивного дела в Узбекистане. –
Тошкент: Университет, 2012.-C.204.
7. Набиев А. Тарихий ўлкашунослик. – Тошкент: Ўқитувчи, 1979.-Б.166.
102
11-Mavzu: O‘zbekiston Respublikasi kino surat ovozli hujjatlar
Markaziy davlat arxivi
Reja:
1.O‘zbekiston Respublikasi kino, surat va ovozli hujjatlar Markaziy davlat
arxivining tashkil topishi.
2. O‘zbekiston Respublikasi kino, surat va ovozli hujjatlar Markaziy davlat
arxivida saqlanayotgan fondlar.
3. Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi kino, surat va ovozli hujjatlar
Markaziy davlat arxivining faoliyati.
1. O‘zbekiston Respublikasi kino, surat va ovozli hujjatlar Markaziy
davlat arxivining tashkil topishi. O‘zbekiston Respublikasi kino, surat va ovozli
hujjatlar Markaziy davlat arxivi (O‘R KSOH MDA) ikkinchi jahon urushining eng
qizg‘in pallasida ya’ni 1943-yili tashkil topdi. Vatanimiz tarixini o‘zida aks ettirgan
foto hujjatlarbundan ancha oldin to‘plana boshlangan edi. Turkiston ASSR
XKSning 1921-yil 25-yanvardagi qaroriga binoan tashkil etilgan arxivlarda
qo‘lyozma hujjatlar bilan birga nashr qilingan materiallar va fotohujjatlar ham
yig‘ila boshlandi. Mazkur hujjatlarni saqlash choralari ko‘rildi. Ushbu jarayon 1935-
yil oktyabr to‘ntarishi Markaziy davlat arxivi tarkibida foto bo‘limini tashkil
etilganidan yanada tartibli ravishda amalga oshirila boshlandi.
Biroq, 1939-yilda bo‘lim yopilgandan so‘ng fotohujjatlar 1943-yilgacha,
ya’ni kino, surat va ovozli hujjatlar markaziy davlat arxivi tashkil etilguncha
nazoratsiz qoldi. Bu hol respublikamiz tarixiga oid ko‘pgina fotohujjatlarning
yo‘qolishiga yoki ularga shikast etishiga sabab bo‘ldi.
1943-yil 18-martda Toshkent shahrida kino, surat, ovozli hujjatlar Markaziy
davlat arxivi tashkil etilishi munosabati bilan 25m
2
maydonga ega bo‘lgan xona
ajratilib, unga Qirg‘iziston Sovet Respublikasida shunday arxiv tashkil etishda
ishtirok etgan shaxs – A.S.Etdelmen direktor etib tayinlandi.
II jahon urushi davridagi reportajlar foto hujjatlarinng yangi taraqqiyot
bosqichi bo‘ldi. Urush foto-yilnomalarini yaratishda turli mamlakatlar
fotoreportyorlari katta xissalarini qo‘shdilar. 1950-80-yillar hujjatli foto san’ati,
103
jahonning eng yirik agentliklari tomonidan jo‘natilgan reportyorlarning sayohatda
yaratgan janrli fotografiyalari rivoji bilan xarakterlanadi.
O‘zbekiston hududiga XIX asrning 2-yarmida Yevropadan kelgan ko‘plab
sayyoh-tijjoratchilar va boshqa kasb egalari yurtimizni bebaho madaniy merosi,
ayniqsa, ularni hayratga solgan mirobchilik (irrigatsiya) san’ati, nafis
hunarmandchilik san’ati va odamlarning yashash tarzi madaniyatini aks ettirgan va
bu tasvirlarni tarqatishgan.
Dastlabki o‘zbek fotoustalaridan biri xivalik Xudoybergan Devonov 1907-
1908-yillar Peterburgga borib bu kasbni chuqur o‘rganish bilan birga o‘sha davrning
eng ilg‘or foto-texnikasini olib kelgan va juda ko‘plab o‘ta yuksak tarixiy, badiiy
mahorat namunalari bo‘lgan fotosuratlar yaratgan.
1940-yillarda O‘zbekiston foto hujjatlarining ijodiy uslublari ko‘paydi, janriy
shakllar ortdi va fotograflar turli sohalar bo‘yicha ixtisoslasha bordi (mas, E.
Yuditskiy – me’morlik, Romeev – teatr, A. Palexov – portret, R. Albekov – bolalar
hayoti, R. Shamsiddinov, S. Beznosov – maishiy janr, S. Mahkamov – madaniyat
bo‘yicha ixtisoslashdi). O‘zbekiston jurnalistlar uyushmasi fotoseksiyasi, yirik
korxonalarda tashkil topgan fotoklublar respublika foto san’atining va xujjat
turlarining rivojida muhim rol o‘ynadi.
Bir yil ichida arxiv xodimlari tomonidan arxiv saqlovxonasiga qabul qilinishi
kerak bo‘lgan hujjatlarni aniqlash va ularni qabul qilish bo‘yicha uslubiy
ishlanmalar tayyorlashga hamda hujjatlarni fondlar bo‘yicha xisobga olishdan voz
kechib, saqlov birligiga ko‘ra ro‘yxatga olishga o‘tildi. Biroq arxiv faoliyatini
sustlashtiruvchi omillar ham mavjud bo‘lib, ular malakali kadrlarning etishmasligi
va arxiv ishining markazlashgan holda boshqarilishidan iborat bo‘lgan.
1959-yil 5-iyunda arxivning markaziy davlat arxivi tarkibiga kiritilishi va uni
kino, surat, ovozli hujjatlar bo‘limiga aylantirilishi hujjatlarni saqlash ishiga ancha
zarar etkazdi. To‘rt kishidan iborat bo‘lgan bo‘lim o‘z faoliyatini amalga oshirishda
mustaqil qarorlar qabul qilish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan edi.
1960-yillarda hukumat vakillaridan iborat bo‘lgan maxsus komissiya
tomonidan amalga oshirilgan tekshirishlar natijasida arxivni qayta tashkil etish
104
borasidagi bir qator asosli xulosalalar yozildi. 1970-yili A.A. Mirzaboevning
tashabbusi bilan O‘zbekiston SSR kino, surat, ovozli hujjatlar Markaziy davlat
arxivi binolarining qurilish ishlari nihoyasiga etdi. Alim Mirzaboevning
ko‘rsatmalari bilan qurilish ishlari davomida maxsus saqlovxonalar loyihalari ishlab
chiqilgan. 1973-yil fevralda O‘zbekiston hukumati tomonidan “Respublika arxiv
ishini qayta tashkil etish to‘g‘risidagi” qaror qabul qilinib, unga asosan kino, surat,
ovozli hujjatlar markaziy davlat arxivi qayta tiklandi.
1974-yildan O‘zbekiston SSR kinofotofono hujjatlar Markaziy davlat arxivi
1991-yil sentyabrdan O‘zbekiston Respublikasi kino, surat va ovozli hujjatlar
Markaziy davlat arxivi (O‘R KSOH MDA) deb nomlana boshlandi.
O‘zbekiston Respublikasi kino, surat va ovozli hujjatlar Markaziy davlat
arxivi O‘rta Osiyodagi eng yirik va O‘zbekistondagi yagona, maxsus hujjatlar
saqlovi uchun ixtisoslashgan arxivdir. O‘R KSOH MDA O‘zbekiston
Respublikasida o‘z soxasiga tegishli bo‘lgan maxsus hujjatlar bilan ishlashda ilmiy-
uslubiy markaz hisoblanadi.
Amerika Qo‘shma Shtatlarida ushbu arxivning jamiyatdagi o‘rni xususida
Antonina Burton o‘zining “Archive Stories facts, fictions and the writing of history”
asarida shunday deydi: “Butun dunyo bo‘ylab tarix ustida haqiqatni so‘zlash
to‘g‘risidagi tushunchalar siyosiy, moddiy ahamiyat kasb etib bordi. Shuning uchun
arxiv hujjatlarining tarixchi olimlar uchun naqadar katta ahamiyatga ega ekanligini
tushunish mumkin. Arxiv hujjatlaridagi topilgan maxfiy sirlar ataylabdan
o‘zgartirilgan, yolg‘on dalil va ma’lumotlar millatlarning o‘ziga xos xususiyatlarini
namoyon etadi. Yangi ming yillikda ajoyib hodisalardan biri shunda ediki, endilikda
arxiv hikoyalariga qonun tashqarisidagi turli sohalarda ham duch kelish mumkin
edi”. (Antonina Burton. Archive Stories facts, fictions and the writing of history). -
London.2005.-P.4.).
Dostları ilə paylaş: |