ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE International scientific-online conference
53
(16,9%) hamda kimyoviy vositalar va boshqa toifalarga kiritilmagan shunga
oʻxshash mahsulotlar (13,7%) hisobiga toʻgʻri keldi.
Tovarlar importi dinamikasi tahliliga koʻra, 2020- yilning yanvar-
dekabrida import qilingan tovarlar hajmi, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 1
911,3 mln. AQSh dollariga kamaydi va 19 955,1 mln. AQSh dollarini tashkil etdi.
Xizmatlar importi esa 1 216,4 mln. AQSh dollariga yetdi.
2020- yilning yanvar-dekabr oylari yakuni boʻyicha Oʻzbekiston
Respublikasi tomonidan 147 davlatdan tovarlar va xizmatlar importi amalga
oshirildi. Yetti yirik hamkor davlatlar (Xitoy Xalq Respublikasi, Rossiya
Federatsiyasi, Koreya Respublikasi, Qozogʻiston, Turkiya, Germaniya va Chexiya
Respublikasi) jami importning 71,9% ulushini tashkil qildi, bu 15 228,2 mln.
AQSh dollarini tashkil etdi.
Avvalroq Spot, 2020-yilda O’zbekistonda xizmat ko’rsatish sohalari
qanday rivojlanganligi haqida yozgan edi.
Xulosa Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli
islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va
huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun
ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy
bag‘rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘ldi, xalqimizning
munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga
chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.
Iqtisodiyotda ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan boshqaruv tizimidan
mutlaqo voz kechilib, bozor islohotlari bosqichma-bosqich amalga oshirilgani va
pul-kredit siyosati puxta o‘ylab olib borilgani makroiqtisodiy barqarorlikni,
iqtisodiyotning yuqori sur’atlar bilan o‘sishini, inflatsiyani prognoz
ko‘rsatkichlari darajasida saqlab qolishni ta’minladi hamda kichik biznes va
xususiy tadbirkorlik, fermerlik harakatini rivojlantirish uchun keng imkoniyatlar
va qulay sharoitlar yaratilishiga xizmat qildi.
Ayni vaqtda mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lining chuqur tahlili,
bugungi kunda jahon bozori kon’yunkturasi keskin o‘zgarib, globallashuv
sharoitida raqobat tobora kuchayib borayotgani davlatimizni yanada barqaror
va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish uchun mutlaqo yangicha yondashuv hamda
tamoyillarni ishlab chiqish va ro‘yobga chiqarishni taqozo etmoqda.