Microsoft Word menejment va marketing asoslari


-BOB. MENEJMENT FANINING PREDMETI, OBYEKTI VA



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/198
tarix04.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#107296
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   198
vEfcGSklhCfjrkpKkKID2c8tMuxwqssQNYIrFglH

1-BOB. MENEJMENT FANINING PREDMETI, OBYEKTI VA 
METODI 
1.1. Menejment fanining mazmuni va mohiyati 
1.2. Menejment obyekti va subyekti 
1.3. Menejment fani foydalanadigan usul (metod)lar 
1.1. Menejment fanining mazmuni va mohiyati  
Menejment - bu inglizcha so’z bo’lib, ingliz tilining Oksford lug’atida 
berilgan ta'rifga binoan u: 
- boshqaruv hokimiyati va san'ati;
- resurclarni boshqarish bo’yicha alohida mohirlik va ma'muriy ko’nikmalar 
tushuniladi. 
Boshqacha so’z bilan aytganda, menejment - bu boshqaruv, ya'ni resurslarni, 
odamlarni boshqarish, samarali faoliyat olib borish va foyda olishni bilish, uni 
ko’paytirish jarayonidir. Shu nuqtai nazardan boshqaruv-bu o’ziga xos yuksak san'at 
va mahoratni talab qiluvchi tanlov, shu tanlov asosida qaror qabul qilish va uning 
bajarilishini nazorat qilishdir. 
Bugungi kunda menejment va boshqaruv to’g’risida quyidagi umum qabul 
qilingan fikrlar mavjud: 
Boshqaruv 
- Yuksak san'at va mahoratni talab qiluvchi tanlov 
- Mustaqil fan 
- Faoliyat turi, funktsiya 
- Jarayon 
- Tashkilotlarni boshqaruvchi kishilar 
- Boshqaruv apparati yoki organi 
Menejment 
Har qanday faoliyatning ijobiy natija berishi, eng avvalo tanlovni to’g’ri bajara 
olishga, ma'qul va ishonchli qarorni qabul qila olishga hamda bu qarorning 
bajarilishini nazorat qila olishga bog’liq. Masalan, yuqori foyda olish quyidagi uchta 
jihat bo’yicha to’g’ri tanlovni va ishchan qaror qabul qilishni talab qiladi (1-chizma). 
hаrаjат 
Nаf 
Bahо 
1-chizma. Yuqori foyda olishning uch sharti 
 
Harajat – bu mahsulotni ishlab chiqarish va uni sotish hamda ish haqi 
to'lashga sarflanadigan mablag’lar yig’indisidir. Harajat tarkibiga: 
- mahsulot (xizmat) tannarxi; 
- ma'muriy harajatlar; 
- ijara va foiz to'lovlari; 
Fоydа


13
- ish haqi; 
- soliqlar kiradi. 
Bozor iqtisodiyotida tanlash qoidasi yanada jiddiylashtiriladi. Zero, ishlab 
chiqarish (xizmat) uchun resurslar to’g’ri tanlangandagina va ulardan samarali 
foydalangandagina harajatlar yuqori foyda keltirishi mumkin. 
Naf – bu mahsulot (xizmat)ning iste'molchilarga qanchalik ijobiy natija 
keltirishidir. Haridor harid qobiliyati doirasida eng nafli molni tanlashga intiladi. 
Shundagina u qoniqadi. Ammo tovarning nafliligi qancha yuqori bo'lsa, uning narxi 
ham shuncha baland bo'ladi. Bu esa, o'z navbatida haridorning sotib olish qobiliyatini 
pasaytiradi.
Baho – bu tovar va xizmatlarning pulda ifodalangan qiymatidir. Baho ikkita 
asosiy vazifani bajaradi: 
- resurslar iste'molini cheklash imkonini beradi; 
- ishlab chiqarish uchun turtki bo'lib xizmat qiladi. 
Ma’lumki, biror ashyo (resurs yoki tovar) qancha kamyob bo'lsa, uning narxi 
shuncha baland va binobarin, uni sotib olmoqchi bo'lganlar shuncha kam bo'ladi. 
Iqtisodchilar buni narxning cheklovchilik samarasi deb ataydilar. 
Narxning oshishi ishlab chiqaruvchilar safining kengayishiga, narxning 
tushishi esa ishlab chiqaruvchilarning kamayishiga, ularning bir qismini bozordan 
bezdirishga olib keladi. Iqtisodchilar bunday ta'sirni narxning ishlab chiqarishga 
turtki vazifasi deb ataydilar. 
Foydaga ta'sir etuvchi bu uch unsurning mohiyatini anglagan boshqaruvchigina 
tanlovni to'g’ri amalga oshirishi va oqil qarorni qabul qila olishi mumkin. Boshqarish 
san'ati va mahorati, ya'ni menejment, shundagina namoyon bo'lishi, pirovardda esa 
yuqori foyda olishga erishilishi mumkin. Shunday qilib, sodda qilib aytganda: 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin