14
Bu fanning mazmuni boshqaruv tizimi va boshqaruv ob'ekti orasidagi o'zaro
munosabat bo'lib, uning asosiy vazifasi o'quvchilarga boshqaruvning zamonaviy
usullarini, rahbarlik san'ati sirlarini o'rgatishdan iborat.
Fanni o'qitishdan maqsad talabalarga boshqarish muammolariga nisbatan
qiziqish, amaliy tashkilotchilik faoliyatiga ishtiyoq uyg’otishdan iborat. Chunki, hozir
boshqarish asoslarini o'rganayotgan talabalar kelgusida
boshqarish tizimining
xodimlari, kichik, o'rta va katta jamoalarning rahbarlari, korxona va firmalar
iqtisodiy, ijtimoiy, tashkiliy-texnik faoliyatining turli tomonlarini boshqarish bo'yicha
loyihalar, tadbirlar ishlab chiqishga da'vat etilgan mutaxassislar bo'lib etishadilar.
Boshqarish tizimini takomillashtirish yuzasidan tadbirlar
ishlab chiqish ham
ularning zimmasida bo'ladi.
1.2. Menejment ob’ekti va sub’ekti
Menejment ob'ekti haqida so'z yuritganda, eng avvalo, ob'ekt so'zining
lug’aviy ma'nosiga e'tibor berish kerak bo'ladi. Shu ma'noda ob'ekt - bu:
- bizdan tashqarida va bizning ongimizga bog’liq bo'lmagan holda mavjud
bo'lgan borliq, voqelik, moddiy dunyo,
mavjudot;
- kishi-faoliyati, diqqat-e'tibori qaratilgan hodisa, narsa, shaxs;
- xo'jalik yoki mudofaa ahamiyatiga ega bo'lgan korxona, qurilish,
ayrim
uchastka va b.
Demak, ob'ekt tushunchasi mikro voqeilikdan (kishi va uning faoliyatidan)
tortib, to makro voqelik (moddiy dunyo, jamiyat) darajasigacha bo'lgan ma'noni o'z
ichiga oladi. Masalan, "haydovchi o'z mashinasini boshqara olmaganligi sababli u
yo'ldan chiqib ketgan". Bu erda boshqaruv ob'ekti bo'lib mashina hisoblanadi.
Yoki, "U kishi o'zini juda yaxshi boshqara oladi". Bu erda boshqaruv ob'ekti
bo'lib kishi, shaxs hisoblanadi. Boshqarish ishini bajaruvchi idoralar va ularning
rahbarlari menejmentning sub'ekti, ya'ni boshqaruv organlari yoki menejerlar-
boshqaruvchilar bo'lib hisoblanadi.
Shu nuqtai nazardan ob'ekt va sub'ektlarni quyidagicha tavsiflash mumkin (1-
jadval).
Dostları ilə paylaş: