29
Maqsadning ilmiy asoslanganligi va to’g’ri belgilanganligi
boshqaruv uchun
juda muhimdir. Chunki aynan shu maqsadga binoan:
boshqarish funktsiyalari;
boshqarish usullari;
boshqarishning
tuzulmaviy tarkibi;
lavozimlarni belgilash va kadrlarni tanlash kabi muhim masalalar hal
etiladi.
Boshqaruv maqsadiga qo’yiladigan asosiy talablar quyidagilardan iborat:
1. Maqsad bir ma'noli va aniq bo’lishi kerak.
Agar
qayoqqa borishni bilmasangiz, u holda biror yo’lni tanlashga ham hojat
qolmaydi.
2. Maqsad real va bajarilishi mumkin bo’lishi kerak.
- qaysi tomonga suzishni aniq maqsad qilib olmagan elkanli qayiqqa hech
qanday shamol ham hamrox bo’la olmaydi.
3. Maqsad miqdoran o’lchovga ega bo’lishi kerak.
Miqdoran o’lchovga, me'yorga ega bo’lmagan maqsad - bu sarob.
4. Maqsad barcha bajaruvchilarga tushunarli bo’lmog’i darkor.
5. Maqsad bo’limlar va ma'sullar bo’yicha detallashtirilgan bo’lishi kerak.
Maqsad,
uni boshqarish printsiplari, pirovard natijasi bajaruvchilarga
tushunarli bo’lishi va ularga yozma ravishda sodda tilda etkazilishi kerak.
6. Maqsad ko’p qirrali bo’lishi kerak
Maqsad
har bir faoliyat turi, har bir mas'ul shaxs bo’yicha mayda-
chuydasigacha batafsil taqsimlab chiqilgan bo’lishi lozim. Bu - umumiy, bosh
maqsadning xususiy va yakka maqsadlarga bo’linishini, "Maqsadlar shajarasi" ni
tuzishni talab qiladi.
Dostları ilə paylaş: