26
Birinchi qism Amir Temurning o’z davlatini barpo etish uni har jihatdan
mustahkamlash, mukammal qurollangan qudratli qo’shin tuzish
borasida tadbiq etgan
"tuzuklari" va rejalaridan iborat bo’lib, unda hatto qo’shinning jangovor saflanish
tartibi ham maxsus jadvallar orqali ko’rsatib berilgan.
Asarning o’n uch qism (kengash)dan iborat ikkinchi bobida esa
Sohibqironning kuchli
feodal davlatni barpo etish, qo’shin tuzish va dushman
lashkarini sindirish yuzasidan tuzgan kengashlari va amalga oshirgan ishlar o’z
ifodasini topgan.
"Tuzuklar" muallifning fikricha, har bir sohibi toj davlat va jamiyatni ma'lum
ijtimoiy-siyosiy guruhga tayangan holda boshqarishi lozim.
Davlatni
idora qilishda vazirlar, amirlari va viloyatlarda o’tirgan noiblarning
roli benihoya katta bo’lgan. Shuning uchun ham Amir Temur ularni tanlash va
vazifalarga tayinlash ishiga alohida ahamiyat bergan. Ular
Sohibqironning fikricha
sadoqatli, axloqiy pok, adolatpesha, tinchliksevar va tashabbuskor odamlar bo’lishi
kerak. "Tuzuklar" muallifining fikriga ko’ra, masalan, vazirlar to’rt
sifatga ega
bo’lishlari shart:
1. Asillik, toza nasllik va ulug’vorlik.
2. Aqlu farosatlik.
3. Sipoh bilan raiyat ahvolidan boxabarlik va ularga g’amxo’rlik ko’rsatish,
ular bilan yaxshi muomalada bo’lish.
4. Sabru bardoshlilik, muloyimlik.
"Tuzuklar"da keltirilgan ma'lumotlarga ko’ra Amir Temur o’z davlatini, bir
uchi Chinu Mochin va ikkinchi uchi Shom hududida bo’lgan ulkan
malakatni bor-
yo’g’i etti nafar vazir yordamida boshqargan. Bular 6-jadvalda berilgan:
Dostları ilə paylaş: