Microsoft Word menejment va marketing asoslari


Insoniy munosabatlar maktabi namoyondasi D. Mak Gregorning X va Y



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/198
tarix04.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#107296
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   198
vEfcGSklhCfjrkpKkKID2c8tMuxwqssQNYIrFglH

 
2.4. Insoniy munosabatlar maktabi namoyondasi D. Mak Gregorning X va Y 
nazariyasi 
"Ilmiy menejment" va "mumtoz menejment" namoyandalari mehnatni ilmiy 
tashkil qilish usullarini ishlab chiqishdi va mehnatni texnokratik boshqarilishiga asos 
solishdi. Bu usulga ko’ra: 
 rahbarning xodimga bo’lgan munosabatlari alohidalashtiriladi; 
 mehnatni rag’batlantirish qat'iy normalashtirildi; 
 mehnatni rejalashtirish va nazorat qilish qat'iylashtirildi; 
 mehnatni "jismonan majburlash" joriy qilindi; 
 yollanma ishchidan "fikrsiz robot" sifatida foydalanish usuli qat'iy o’rnatildi. 
Mehnatni texnokratik boshqarish usuli yollanma ishchilarning mehnat 
unumdorligini oshirishda g’oyatda samarador va maqbul usul sifatida ko’p yillar 
davomida xizmat qildi. Ayniqsa, bu usul G. Ford zavodlarida yuqori rivojlanishga 
erishdi. Uning boshqa izdoshlari ishlab chiqarishni uzluksiz-konveyner usulida 
tashkil etish orqali boshqarishni markazlashtirishga, mehnatni ilmiy tashkil etishga, 
unumdorlikni keskin oshirishga erishdilar. 
1850-1860 yillarda fan-texnika omilining kuchayishi mehnatni tashkil qilish va 
uni boshqarishda qo’llanilayotgan texnokratik usulning takomillashtirilishini taqozo 
etdi. Fan texnika taraqqiyoti yangi texnologiyalarning kirib kelishini jadallashtiradi. 
Endi ishchi kuchiga bo’lgan munosabat tundan o’zgaradi. 
Shunday bir sharoitla 1820-1830 yillari AQShda ilmiy va mumtoz 
menejmentlarga muqobil harakat sifatida "teylorizm"ga qandaydir darajada qarshi 
yangi nazariya -"insoniy munosabatlar" maktabi paydo bo’ldi. Bu maktabga 
amerikalik jamiyatshunos va ruhshunos E. Meyo (1880-1949) asos soldi. 
Bu maktab nuqtai nazaridan: 
 ishchi - bu fikrsiz robot emas, balki obro’-e'tiborga, o’z-o’zini hurmat qilishga, 
o’z qadr-qimmatini his etishga; 
 boshqa kishilar tomonidan ma'qullanishga, shaxsiy maqsadlar va manfaatlarga 
erishishga intilishda muayyan ijtimoiy ehtiyojlarga ega bo’lgan individdir. 
Ayni individlar kompaniya va firmalarning manbai ekanligidan kelib chiqib, 
insoniy munosabatlar maktabi boshqaruvining: 
 tashabbuskorlikdan; 


24
 ishchilar bilan hamkorlikdan; 
 kompaniyadan "birdamlik ruhi" va "mushtaraklik tuyg’usi"ni shakllantirishdan 
foydalanish hamda ularni rag’batlantirishga asoslangan tegishli usullarni ishlab 
chiqdi. 
Amerikalik olim D. Mak-Gregor (1906-1964) "inson munosabatlari" 
maktabining atoqli namoyandalaridan hisoblanadi. U inson xulq-atvorining ikki 
modeli, xodimning o’z mehnatiga ikki xil munosabatda bo’lishi mumkinligini 
inobatga olib X (iks) va U (igrik) nazariyasini yaratdi. 
X (iks) nazariyasiga ko’ra, namunaviy yollanma ishga - tabiatdan yalqov 
bo’lgan kishi, shu sababli u topshirilgan ishdan bo’yin tovlashga urinadi, unda 
izzattalablik, mas'uliyat sezish, fahm-farosat etishmaydi. Bunday holatda xodimni 
doimo majburlash, nazorat qilish, jazolash va jarima solish qo’rqitib turish zarur. 
Y (igrik) nazariyasi birinchisiga qarama-qarshi: yollanma ishchilar tabiatan 
faol, ularga tashabbuskorlik va uddaburonlik, o’z zimmasiga mas'uliyat olish 
salohiyati xosdir. Bunday holda menejerning vazifasi kishilar o’z maqsad va 
manfaatlariga g’oyat maqbul tarzda erishadigan shart-sharoitni yaratishdan iborat 
bo’lgan. Kompaniyaning siyosati va istiqboli esa xodimlarning xulq-atvoriga 
asoslangan holda tashkil etilishi kerak. Bu nazariyaga muvofiq keluuchi ishchini 
rag’batlantirish va unga qulay muhit yaratib berishgina kifoya qiladi. 
Albatta, har ikkala nazariya ham faqat nazariyadir. Amaliyotda ular sof 
ko’rinishda uchramaydi. Inson murakkab va ziddiyatli mavjudot. U o’zida ham 
birinchi, har ikkinchi modellar sifatini mujassamlashtiradi. Boshqarishning yuksak 
san'at ekanligi ham ana shu ikki jihatni uyg’unlashtirishdir. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin