21
G. Emerson ilmiy boshqaruv printsipini mohiyatiga ko'ra quyidagi ketma-
ketlikda bayon qilgan.
1. Aniq qo'yilgan maqsad va g'oyalar.
2. Oqil, sog'lom fikr.
3. Jozibali, e'tiborli mahsulot.
4. Intizom.
5. Xodimga nisbatan adolatli bo'lish.
6. Tezkor, ishonchli, to'liq, aniq va muntazam hisob-kitob.
7. Dispetcherlash.
8. Me'yorlar va jadvallar.
9. SHaroit bilan ta'minlash.
10. Operatsiyalarni me'yorlash.
11. Standart yo'riqnomalarni tayyorlash.
12. Unumdorlikni rag'batlantirish.
Ko'rinib
turibdiki, G. Emersonning diqqat-e'tiborida, eng avvalo ikki, ya'ni
aniq qo'yilgan maqsad va g'oya, shuningdek oqilona fikr turibdi. G. Emerson
ishchining ish vaqtida bajaradigan harakatlarini o'rganib, ishchiga beriladigan ish
xajmi
normalarini, ishni bajarishning ortiqcha, unumsiz harakatlarini bartaraf etuvchi
eng muvofiq usullarini ishlab chiqdi.
Bunda masalan, nisbiy ish haqining maxsus tizimi oqilona fikr asosida
qo'llanilib, unga ko'ra berilgan normani bajargan ishchilarga
tarif stavkalari va
koeffitsientlari oshirilar (8-band), uni bajara olmagan ishchilarga esa stavkalari 20-
30% pasaytirilib, jarima solingan. Shu bilan birga berilgan vazifani yuqori darajada
bajarilishi uchun sharoit ham yaratilgan.
Dostları ilə paylaş: