2-BOB. MENEJMENT NAZARIYASINING SHAKLLANISHI VA RIVOJLANISHI 2.1. Boshqarish ta'limotidagi yo’nalishlar
2.2."Ilmiy menejment" maktabi F. Teylor ta'limotining mazmuni va mohiyati
2.3. Mumtoz menejment namoyondasi A. Fayolь olg’a surgan tamoyillar
2.4. Insoniy munosabatlar maktabi namoyondasi D. Mak Gregorning X va U
nazariyasi
2.5. "Tizimli" yoki zamonaviy menejment mohiyati
2.6. O’rta Osiyoda menejmentning nazariy asoslari va tamoyillari
2.1. Boshqarish ta'limotidagi yo’nalishlar Boshqarish nazariyasining dastlabki kurtaklari qadim zamonlarga borib taqalib,
Yu. Sezar, A. Makedonskiy, Turkistonda esa o’rta asr davrida Amir Temur
hukmronligi vaqtidan boshlab shakllana boshlagan. Dastlabki paytlarda u oddiy
bo’lib, asosan harbiy tavsifga ega edi.
O’sha davr menejerlari harbiy intizomni o’rnatish maqsadida odamlarni jazo
bilan qo’rqitish, har qanday buyruq va farmonlarga so’zsiz itoat etish kabi usullarni
qo’llaganlar. Bunday boshqaruvga mehnat resurslaridan foydalanish, ulardan iloji
boricha ko’proq qo’shimcha qiymat undirishning g’oyatda samarali usuli, deb
qaralgan. Amir Temur davrida markazlashgan, intizomli davlatning barpo
etilganligiga ham Sohibqironning o’z qo’l ostidagilarni "qo’rquv bilan umid o’rtasida
ushlash" bo’yicha boshqargani sabab bo’lgan.
Kapitalizm tuzumining boshlang’ich davrida tadbirkor-mulk egasi ishlab
chiqarishni o’zining shaxsiy tajribasiga tayanib boshqargan. XVIII asrning oxirlarida
Angliyada bo’lgan sanoat inqilobi boshqaruvga bo’lgan qiziqishni yanada
kuchaytiradi. Boshqaruv xodimlarini tayyorlashga alohida e'tibor berila boshlandi.
Ammo XIX asrning ikkinchi yarmi XX asr chegarasida texnika va
texnologiyaning takomillashuvi, ishlab chiqarishning keskin o’sishi boshqarishni
murakkablashtirib yuboradi va uni maxsus bilimlarini talab etuvchi, faoliyatning
maxsus sohasiga aylantirdi. Ushbu muammolarni hal etish uchun boshqaruv
sohasidagi tajribani umumlashtirish, ishlab chiqarish va xodimlarni boshqarishning
samarali usullarini izlashga olib keldi. Natijada boshqaruv to’g’risidagi ilm, fan
vujudga keldi.
O’sha davrdan boshlab to bugungi kunga qadar boshqaruv ta'limotida quyidagi
to’rtta yo’nalish (maktab) evolyutsion tarzda rivojlangan va o’zining tegishli hissasini
qo’shgan (3-jadval).