Microsoft Word menejment va marketing asoslari



Yüklə 0,86 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə30/198
tarix04.05.2023
ölçüsü0,86 Mb.
#107296
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   198
vEfcGSklhCfjrkpKkKID2c8tMuxwqssQNYIrFglH

Boshqaruv funktsiyasi deganda u yoki bu ob'ektni boshqarishga oid aniq 
vazifalarni hal etishga qaratilgan bnr turdagi ishlar majmui tushuniladi. 
Demak, boshqaruv muayyan funktsiyalar orqali amalga oshiriladi. 
Funktsiyalarni aniqlash, ularning mohiyatini ochish va o’rganish boshqaruv 
jarayonini to’g’ri tashkil qilishning muhim shartidir. 
Boshqaruv funktsiyalarining mazmuni u yoki bu faoliyatni tashkil qilishdan 
kelib chiqadi. Masalan, ishlab chiqarishning dastlabki bosqichida: 
 loyihalash; 
konstruktorlik
 R ejalashtirish kabi ishlarni bajarish bilan bog’liq funktsiyalar paydo bo’ladi. 
Keyingi funktsiyalar ishlab chiqarishni tayyorlash, ya'ni, 
 mahsulot tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish; 
mehnat normalari, materiallari sarfini belgilash; 
 asbob-uskunalarni tayyorlash kabi ishlarni bajarish bilan bog’liq, funktsiyalar 
paydo bo’ladi. 
Ishlab chiqarish jarayonini boshlash va uni uzluksiz davom ettirish 
uchun: 
- ishlab chiqarish vositalari, texnika; 
- xom-ashyo; 
- energiya
- transport kabi moddiy ta'minot vositalari zarur. Shundan keyin: 
- kadrlarni tanlash, ularni joy-joyiga qo’yish; 
- mehnatni tashkil qilish; 
- ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatish kabi bir qator tashkiliy funktsiyalar kelib 
chiqadi. Ko’rinib turibdiki, boshqaruv mazmuni jarayon sifatida uning 
funktsiyalarida namoyon bo’layapti. Zero: funktsiyalar faoliyat turlarining,
sub'ektining boshqarish ob'ektiga aniq ta'sir qilish yo’nalishlarini aks ettiradi. 
Boshqaruv funktsiyalaridan tashqarida boshqaruv jarayonining o’zi ham 
bo’lishi mumkin emas. Funktsiyalar tarkibini, ularning ko’lamini va mazmunini 
aniqlash boshqaruvchi xodimlar sonini belgilash, boshqaruv apparatining tashkiliy 
tarkibini loyihalash uchun muhim asos bo’lib hisoblanadi. 
Boshqarish funktsiyalarn - ko’p qirrali tushunchadir. Shu sababli ularni 
muhim belgilar buyicha turkumlarga ajratib o’rganish zaruriyati tug’iladi. Boshqaruv 
funktsiyalarining mohiyati, tasnifi va mazmunini o’rganish boshqaruvning butun 
jarayonini tartibga solib turish uchun zarurdir, chunki yuqorida ta'kidlaganimizdek, 
boshqaruv mazmuni jarayon sifatida uning funktsiyalarida namoyon bo’ladi. 

Yüklə 0,86 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   198




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin