Maqsadning tobeligi deganda maqsadni qo’yish va uni amalga oshirishning
mavjud shart-sharoitlarga bog’liqligi, yoxud strategik maqsadning qator taktik
maqsadlarga, istiqbolli maqsadning esa o’rta va qisqa muddatli maqsadlarga
bog’liqligi, bir maqsadning boshqa maqsadga bo’ysunishi tushuniladi.
Maqsadning yoyib bo’lishligi sifati deganda uning: o’z mohiyati bo’yicha;
amalga oshirish davri (vaqti) bo’yicha;
pog’onalar bo’yicha;
bo’g’inlar va hokazolar bo’yicha bir qator lokal va xususiy maqsadlarga
yoyilishi tushuniladi.
Maqsadning o’zaro munosabat (bog’lanish)da bo’lishlik sifati deganda uning
muhimligi jihatidan tartiblanishi tushuniladi. Maqsadning bu jihati barcha lokal,
xususiy va yakka maqsadlarni ustuvorligi bo’yicha tartiblash, shuningdek mazkur
maqsadlarni amalga oshirish bo’yicha aniq amaliy tadbirlarni ishlab chiqish imkonini
beradi.
Maqsadning muayyan ierarxiyaga ega ekanligi, ya'ni bir maqsadning boshqa
bir maqsadga bo’ysunishi (tobe bo’lishi), yuqori maqsadning quyi maqsadlarga ega
bo’lishi (yoyib bo’lishligi), maqsadlarning bir-biri bilan o’zaro munosabatda bo’lishi
ularni qandaydir bir tartibga solish zaruriyatini tug’diradi. Bunday vazifani bajarish
uchun menejment fanida "maqsadlar shajarasi" deb atalgan maxsus usul qo’llaniladi.
"Maqsadlar shajarasi" - bu maqsadlar bilan ularga erishish vositalari
o’rtasidagi aloqaning grafik tasviridir.
U bo’lajak voqealar o’zaro aloqasining to’la manzarasini tasavvur qilish, aniq
vazifalar ro’yxatini olish va ularning nisbatan muhimligi to’g’risidagi axborotga ega
bo’lish imkonini beradi. U tashkiliy struktura bilan maqsadlar strukturasi o’rtasida
moslashuvni vujudga keltirish yo’li bilan maqsad topshiriqlarini bevosita ijrochilarga
etkazishni ta'minlaydi.
3.3. Boshqarish funktsiyalari mazmuni va mohiyati Dastlab "funktsiya" va "vazifa" iboralarining lug’aviy ma'nosi to’g’risida ikki
og’iz so’z.
"Funktsiya" -bu lotincha so’z bo’lib, biror kimsa yoki narsaning ish, faoliyat
doirasi, vazifasi degan ma'nolarni bildiradi.
"Vazifa" - bu amalga oshirilishi, hal qilinishi lozim bo’lgan masala,
o’rganilishi lozim bo’lgan, ko’zda tutilgan maqsad, yoki biror-bir topshiriq, xizmat,
yumush, xizmat lavozimi, mansab, amal demakdir.
"Funktsiya" tushunchasi "vazifa" tushunchasiga nisbatan torroq, ma'noga ega.
Zero, funktsiya faqat o’z faoliyat doirasidagi vazifalarni o’z ichiga oladi.
33
"Vazifa" esa o’z faoliyat doirasidan tashqarida ham bo’lishi mumkin.