35
Tartibga solish muvofiqlashtirishning davomi bo’lib, u sodir bo’lib turadigan
og’ishlarni bartaraf qilish yo’li bilan ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirishni
maqsad qilib qo’yadi. Uning yordami bilan vujudga kelishi ehtimol tug’ilgan
og’ishlarning oldi olinadi.
4. Nazorat. Bu funktsiyaning maqsadi "tutib olish", "aybini ochish",
"ilintirish" emas, balki boshqaruv ob'ektida sodir bo’layotgan jarayonlarni hisobga
olish, tekshirish, tahlil qilish va ma'lum tartibda shu ob'ekt faoliyatini o’z vaqtida
sozlab turishdir. Ta'sirchan nazoratni tashkil qilish har bir rahbarning funktsional
ishidir. Muntazam nazorat yo’q joyda yuqori pirovard natijalarga erishib bo’lmaydi.
Boshqarish faoliyatining turlariga ko’ra, funktsiyalar quyidagicha bo’ladi:
boshqarishning iqtisodiy funktsiyalari;
boshqarishning sotsial funktsiyalari;
boshqarishning ma'naviy-ma'rifiy funktsiyalari.
Qayd qilingan funktsiyalar bir-biri bilan bog’liq va ma'lum darajada tartibga
solingan ko’p unsurlardan, tarkibiy qismlardan iborat bo’lib, ular yaxlitlikka ega.
Shuning uchun ham boshqarish jarayonida ularning birortasi ham e'tibordan chetda
qolmasligi kerak.
Dostları ilə paylaş: