Asosiy tayanch tushunchalar
Narx — bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizm atlarn-
ing ijtimoiy qiymati va ijtimoiy nafliligining puldagi
ifodasidir.
Ulguiji narxlar — ishlab chiqaruvchilar tomonidan tovarlar
katta partiyalarda bir yo‘la ko‘tarasiga sotilganda mavjud
boMadi.
Chakana narxlar — tovarlar bevosita iste’molchilarga soti-
ladigan narxlardir.
Dotasiyalashgan narx — davlat byudjeti hisobidan maxsus
arzonlashtirilgan narxdir.
Demping narx — bozorda o ‘z mavqeini mustahkamlash va
raqiblarini siqib chiqarish uchun foydalanilib, bozorga kirib
olish narxi deb ham ataladi.
Nufuzli narx — aholining yuqori daromad oluvchi qatlami
xarid qiladigan tovarlarni sotishda qoMlaniladi.
303
www.ziyouz.com kutubxonasi
Narx diapazoni — narxlar oralig'idagi farqning puldagi
ifodasi.
Erkin narxlar — talab va taklif ta ’sirida shakllanadigan
bozor narxlaridir.
Ommaviy talab bo‘yicha narxning o'zgarishi - taklifga nis
batan xaridorlarning ommaviy talabi qanchalik katta bo'lsa.
bozor narxi darajasi shunchalik yuqori boMishi va aksincha, ta
labning kamayishi bilan bozor narxi pasayib borishi o'rtasidagi
miqdoriy bogMiqlik.
Ommaviy taklif bo'yicha narxning o'zgarishi - talabga nis
batan tovarlar taklifi qanchalik yuqori bo'lsa, bozor narxi da
rajasi shunchalik past boMishi va aksincha, taklif kamayishi bi
lan narx oshib borishi o'rtasidagi miqdoriy bogMiqlik.
Takrorlash uchun savollar va topshiriqlar
1. Narxning iqtisodiy mazmunini uning vazifalari orqali
tushuntirib bering. Narx asosiy turlarining qisqacha tavsifini
bering.
2. Narxning tashkil topishi borasida qanday nazariyalar
mavjud? Ularning afzallik va kamchilik tom onlarini ko'rsatib
bering.
3. Sof raqobat sharoitida narxning tashkil topish mex-
anizmini tushuntirib bering.
4. Sof monopoliya sharoitida narx qanday shakllanadi?
5. Monopsoniya sharoitida narxning shakllanishi qanday
o ‘ziga xos xususiyatlarga ega?
6
. Oligopoliya sharoitida firmalarning «inkor etish» va
«ergashish» xatti-harakatlarining mazmuni nimadan iborat?
«Narx bo'yicha etakchilik» tushunchasini izohlab bering.
7. «Narxlar qaychisi» nima va undan qanday sharoitlarda
foydalaniladi?
8
. Narx siyosati nima? O'zbekistonda narx siyosati amalga
oshirilishining qanday xususiyatlari mavjud?
304
www.ziyouz.com kutubxonasi
Dostları ilə paylaş: |