ularning bozordagi ishlab chiqarish
hajmiga va pirovardida bo-
zordagi
narxning shakllanishiga
sun’iy
ta ’sir
ko'rsatish
imkonini beradi. Bunday raqobat turli darajalaridagi narxlarn-
ing shakllanish xususiyatlari bir-biridan farq qiladi.
Shu sababli, biz quyida mukammal raqobat, sof mo-
nopoliya, oligopoliya va monopsoniya sharoitida narxlarning
shakllanish xususiyatlarini ko'rib chiqamiz.
Mukammal raqobat sharoitida narxning shakllanishi. Erkin
raqobat kurashi sharoitida narxning tashkil topish xususiyat
larini tadqiq etgan dastlabki iqtisodchilardan biri A.Marshall
hisoblanadi. Uning fikricha, tovarning oldi-sotdi jarayoniga
qadar
ikki xil, ya’ni sotuvchi va xaridor narxlari mavjud
boMadi. Nazariy jihatdan har ikki narxning yuqori va quyi da-
rajalari mavjud. Sotuvchi o ‘z tovari narxining imkon qadar
yuqori boMishidan manfaatdor, chunki bunday narx uning
foydasi hajmini oshiradi. Biroq erkin raqobat sharoitida narxni
boshqalardan yuqori darajada belgilashga intilish mazkur sotu-
vchining bozordan siqib chiqarilishiga olib kelishi mumkin.
Sotuvchi narxining eng past darajasi shu tovarni ishlab chiqar
ish uchun ketgan xarajatlarni qoplashi kerak.
Xaridor tovarni
eng past narxda sotib olishdan manfaatdor, biroq erkin raqo-
batli bozor sharoitida uning ham tovar sotib ololmay qolish
xavfi mavjud boMadi. Xaridor narxining yuqori darajasi esa,
Marshall ta ’biricha, so‘nggi qo‘shilgan miqdor nafliligiga teng
boMishi kerak.
Sotuvchi va xaridor o'rtasidagi qulay narxga erishish bora-
sidagi kurash har ikki narxning mosligi ta’minlangunga, ya'ni
bozor narxi paydo boMgunga qadar davom etadi. Shunday
qilib, sotuvchining narxi tomonidan
ishlab chiqarish xarajat-
lari, xaridor narxi tomonidan esa, so‘nggi qo'shilgan miqdor
nafliligi maydonga tushib, ularning nisbati asosida bozor narxi
paydo boMadi. Bu holatni Marshall shunday ifodalaydi: «ishlab
chiqarish xarajatlari» prinsipi hamda «so‘nggi qo'shilgan na
flilik» prinsipi, shubhasiz, yagona talab va taklif umumiy qon-
292
www.ziyouz.com kutubxonasi
unining
tarkibiy qismi hisoblanib, ulardan har birini qaychin-
ing bitta kesuvchi tomoniga qiyoslash mumkin
».1
Shu o ‘rinda, biz tomondan IV bobda bildirilgan fikr-
mulohazalami yana bir bor esga olish maqsadga muvofiq
hisoblanadi. Ya’ni mukammal raqobatli bozor sharoitida
narxning
shakllanishida
talab
va
taklifning
ta ’sirida,
A.Marshall ta ’kidlaganidek, so'nggi qo'shilgan naflilik va ish
lab chiqarish xarajatlari emas, balki ijtimoiy-zaruriy naflilik va
ijtimoiy-zaruriy mehnat sarflari yotadi.
Talab va taklifning muvozanati
mukammal raqobat bozori-
dagi narxning shakllanishiga muvofiq keladi (4-chizma).
Chizmadan ko'rinadiki, faqat narxning P
e
darajasidagi ta
lab miqdoriga ishlab chiqaruvchilar tomonidan taklif miqdori
muvofiq keladi. Narxning bu darajadan har qanday pasayishi
talabning taklifdan oshib ketishini, narxning bu darajadan har
qanday yuqori bo'lishi esa, taklifning talabdan oshib ketishini
keltirib chiqaradi.
Narxning Рд darajasidagi holat uzoq vaqt mavjud bo'la
olmaydi. Chunki tovarlarning sotilmay, to'planib
qolishi bilan
sotuvchilar o'rtasidagi raqobat kuchayib, ular o'z tovarlarini
tezroq sotish maqsadida narxni tushira boshlaydilar.
1 A .M arshall. Prinsipi ekonom icheskoy nauki. V 3 t. М.: 1993. T .III. S. 282.
293
www.ziyouz.com kutubxonasi
Narxning Рв darajasidagi holat ham barqaror turmaydi.
Chunki bu holatda talab taklifdan oshib ketib, tovarlar
taqchilligi boshlanadi. Taqchil tovarga ega boMish uchun bir-
biri bilan raqobatga kirishgan xaridorlar uning narxini oshirn
boshlaydilar.
Bozordagi yagona muvozanatlashgan,
nisbatan uzoq vaqt
barqaror amal qiluvchi narx sifatida talab hajmi taklif hajmiga
muvofiq kelgan holdagi narx P^ maydonga tushadi. Raqobat-
lashuv asosida paydo boMgan muvozanat doimo talab va taklif
egri chiziqlarining kesishuv nuqtasida joylashadi. Muvozanat
narxi har doim ham darhol, bir zumda tarkib topmaydi. Unga
erishishda toki talab va taklif muvozanatga kelgunga qadar
narx atrofidagi tebranishlarni o‘z ichiga oluvchi maMum davr-
lar lozim boMishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: