omillar ta ’siridan hosil boMadi.
Milliy bozor narxi bir
mamlakat doirasida amal qiluvchi va ularning xususiyatini aks
ettiruvchi narxlardir. Milliy narx mamlakat doirasidagi ijtimoiy
sarf-xarajatlarni, milliy bozordagi talab va taklifni, tovar
nafliligini, uning qanchalik qadrlanishini hisobga oladi.
Jahon
bozori narxi muayyan tovarga ketgan baynalmilal xarajatlarni,
tovarning jahon standarti talabiga mos kelish darajasini va
xalqaro bozordagi talab va taklif nisbatini hisobga oladi.
Narx xilma-xil turlardan iborat boMsada, ular bir-biri bilan
o ‘zaro bogMangan,
chunki
ularda jamiyatdagi
iqtisodiy
resurslarning ishlatilish samarasi o ‘z ifodasini topadi. Iqtisodi
yot nazariyasida narx nisbati degan tushuncha bor, u
narx
pariteti deb ham yuritiladi. Iqtisodiyot va undagi jarayonlar
bir-biriga
bogMiq
boMganidan
narxlar bir-birini
yuzaga
chiqaradi. Masalan, ruda narxi metall narxiga, metall narxi
mashina narxiga, mashina narxi kiyim narxiga kiradi, chunki
bu narxlarning har biri o'zidan keyingi mahsulot xarajatlarini
shakllantiradi. Bozorga shunday o ‘ziga xos tovarlar chiqadiki,
ular ko‘pchilik sohalarda ishlatiladigan eng muhim iqtisodiy
resurslar hisoblanadi. Bular metall, neft, ko‘mir, gaz, yog‘och,
bug‘doy, paxta kabi tovarlar boMib, ular narxining o ‘zgarishi
butun narxlar nisbatini o ‘zgartiradi.
Dostları ilə paylaş: