h a ra k a tn in g am alga oshirilm asligi natijasida bu qisqarish Q
3
ga
q a d a r dav o m etad i, y a ’ni bozordagi sotish hajm ini y o 'q o tish
darajasi oshib ketadi.
Yuqoridagi fikr-mulohazalardan ko'rinadiki, oligopoliya
sharoitida
ishlab
chiqaruvchilar
narxni
ko'proq
o'zaro
kelishish orqali belgilashga harakat qiladilar.
O 'z mahsulotlariga bozor narxini o'rnatishda o lig o p o lists
tomonidan «narx bo'yicha etakchilik» xatti-harakati keng
qo'llaniladi. Bu xalti-harakat narx vositasida raqobatlashuvni
inkor etib, mazkur tarmoqqa kiruvchi barcha oligopolist-
firmalarning narxni shakllantirish va uni o'zgartirishda etakchi
oligopolist-firmaga ergashishlarini taqozo etadi.
Odatda,
tarmoqdagi eng yirik firma etakchi sifatida maydonga tushadi.
Narx bo'yicha etakchi firma boshqalarga qaraganda iqtisodiy
jihatdan ancha ustun bo'lsada, u o'zining xatti-harakatini
faqat narx jihatdan tazyiq o'tkazish asosida amalga oshira
olmaydi. Narxni shakllantirishda etakchi firma boshqa er-
gashuvchi firmalarning ham manfaatlarini e’tiborga olmog'i
lozim.
Bu
manfaatlar
ularning
xarajatlarini
qoplash,
m e’yordagi foydani ta’minlash, mahsulotlarini sotishga sharoit
yaratish kabi holatlar orqali namoyon bo'ladi. Agar talab yoki
ishlab chiqarish xarajatlarining o'zgarishi natijasida bozor
narxi oligopolistik kelishuv doirasidagi firmalarning manfaat-
lariga muvofiq kelmay qolsa, etakchi firma darhol narxlarni
o'zgartirishi lozim bo'ladi.
Dostları ilə paylaş: