Amaliyoti hisoboti



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/8
tarix05.05.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#107765
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bozorova Sevara fdvgdtgh



O‗ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA‘LIM 
VAZIRLIGI 
Termiz davlat universiteti Biologiya Fakulteti 
121-Guruh talabasi Bozorova Sevaraning 
Zoologiya fanidan 
O’QUV-DALA 
AMALIYOTI HISOBOTI


KIRISH 
Bir haftalik amaliyot Umurtqali va umurtqasizlar zoologiyasidan ikkinchi oliy ta‘lim 
uchinchi kurs talabalarining oʻquv-dala amaliyoti nazariy darslar oʻzlashtirilgandan 
keyin oʻtkaziladi va zoologiya fanini tabiat sharoitida oʻrganishning davomi boʻlib 
xizmat qiladi. 
Amaliyotning asosiy maqsadi hayvonlami bir koʻrishda ―tanib‖ olishga oʻrgatish, 
ularni tabiatda topa bilish va aniqlay olish -vizual yoki koʻz bilan koʻrish, ularni 
hayoti va faoliyatlarini izidan borib kuzatish asosida oʻrganishdan iboratdir, chunki 
izlanish obʼektini yaxshi tanimay turib, boshqa har qanday ish ekologiyasini, ekotopik 
taqsimlanishi, soni, feʼl-atvorini oʻrganish va muhofaza qilish sohasida tadbirlar 
oʻtkazishni tasavvur qilib boʻlmaydi. 
Dala amaliyoti talabalarning dunyoqarashini kengaytiradi, ularning tabiat hodisalariga 
izlanuvchanlik bilan yondashishini tarbiyalaydi, qiziquvchanligini orttiradi. Ular dala 
sharoitida mustaqil ishlash mahoratini egallash bilan birga, eng keng tarqalgan 
oʻsimlik, hayvon turlarini tabiiy sharoitda kuzatishni va aniqlashni ham oʻrganadilar. 
Talabalar tabiatdagi xilma-xil voqea-hodisalar toʻgʻrisidagi tushunchaga ega 
boʻladilar, yashash sharoitlarida 
organizmlaring birligi va oʻzaro aloqadorligi, ilmiy tadqiqot ishlarining asosiy 
uslublari bilan tanishadilar, bular hammasi quyidagi jarayonlarda mujassamlangan 
boʻladi: 
l. Oʻqituvchi bilan birgalikda ekskursiyalarda boʻlish; 
2. Material toʻplash; 
3.Toʻplangan materiallarni kameral ishlash (yaʼni laboratoriya sharoitida ilmiy 
ishlash); 
4. Kundalik daftarlar tutish, hayvonlar bilan uchrashish kartochkalarini tuzish;


5 .Ayrim mavzular boʻyicha umurtqali hayvonlarni oʻrganish boʻyicha mustaqil 
kuzatishlar olib borish; 
6. Olib borilgan ish yuzasidan hisobot tayyorlash. Hayvonot dunyosi bilan tanishish 
ekskursiya shaklida boʻlib biostansiyaning eng xarakterli biotoplarida olib boriladi: 
archali oʻrmonzorlarda, togʻ qoyalari va toʻkilmalarda (togʻ yonbagʻirdagi koʻchib 
tushgan tosh, xarsang uyumi), ʼjarliklarda va h.k. Ekskursiyadan oldin talabalar ish 
joyining oʻziga xos xususiyatlari oʻsimliklari. relefi. daraxt navlari tarkibi, uchrashi 
mumkin boʻlgan hayvonlar, ularning xarakterli. oʻziga xos xususiyatlari va 
biologiyasi bilan tanishadilar. Ekskursiyalar, odatda, ertalabki soatlarda (seat 5 dan 6 
gacha) oʻtkaziladi. 
TABIATDA KUZATISHLARNI OLIB BORISH, ZOOLOGIK MATERIALLAR 
TOʻPLASH VA ULARGA DASTLABKI ISHLOV BERISH 
Dala amaliyotining asosiy vazifalaridan biri umurtqali hayvonlarni tabiiy sharoitda 
oʻrganishdir. Bu vazifa hayvonlar ustidan bevosita kuzatishlar olib borish va ular 
hayoti faoliyati bilan bogʻliq, izlarini axtarib topish yoʻllari bilan hal qiladi. 
Ekskursiya paytida toʻgʻridan-toʻgʻri bevosita kuzatishlar oʻtkaziladi yoki pistirmada 
maʼlum joyda turib hayvonlar kuzatiladi (uya oldida, in atrofida, hayvonlar suv 
ichadigan joyda va boshqalar). Talaba hamma uchrashi mumkin boʻlgan hayvonlarga 
eʼtibor berishi zarur, ularning tashqi qiyofasini, katta-kichikligini, rangini, feʼl-
atvorini (harakatlari xususiyatlari, sayrashi, yaqinlashayotgan odamga ovoz 
reaksiyasi, bir turga mansub vakillarini oʻzaro va boshqa turlar bilan munosabatlarini 
va boshqalar), shu bilan birgalikda atrof sharoitini belgilab qoʻyish, kunning soati, 
.uchrashuvlarning tez-tez sodir boʻlishligi ham alohida qayt qilinishi zarur. 
Umurtqali va umurtqasiz hayvonlar bilan olib borilayotgan ekskursiyalarni oʻtkazish 
botanikadan va hatto umurtqasizlar zoologiyasidan anchagina qiyinroq: umurtqali 
hayvonlarning turlari va ularning soni anchagina kam, ular gʻoyatda takomillashgan


markaziy nerv sistemasiga ega boʻlishligi, yaqinlashib kelayotgan odam harakatiga, 
shovqiniga, kiyimi rangiga, sezgirlik, ziyraklik bilan javob qaytarishadi. Odatda 
hayvonlar ekskursantlar tomonidan koʻrib qolguncha allaqachon yashirinib olishiga 
harakat qiladilar, kamdankam holatlarda ularni bir necha daqiqalar mobaynida koʻrish 
mumkin boʻladi. Baʼzi bir umurtqalilar kam uchraydi, baʼzilari yashirincha 
yashaydilar, koʻpchiliklari tungi hayot kechirishga moslashgan 
Hayvonlarni kuzatishda, ʼular qanday sharoitda yashashlarini payqab olish, ayniqsa, 
ularning ozuqa negizining ahvolini oʻrganish muhimdir. Chunki asosiy ozuqaning 
moʻl-koʻl boʻlishi yoki aksincha, kam boʻlishi ular soniga, semizligiga, tashqi 
qiyofasiga, hududlari boʻyicha taqsimlanish tabiatiga, shuningdek, ovlash qurollariga 
va tuzoqlarga tushishiga ham taʼsir qiladi. Dala kuzatuvlari natijasida talabalarda 
tumanning umurtqali hayvonlari toʻgʻrisida dastlabki tasavvur shakllanadi, baʼzi turlar 
soni ularning maʼlum biror yashash joylariga toʻgʻri kelishlari (bu nimaga 
bogʻliqligini aniqlashga urinib koʻrish), kundalik faolliklari, oziqlanishi, ovqat topish 
va hayotini boshqa tomonlari toʻgʻrisida ham tushunchaga ega boʻladilar. Oʻquv-dala 
amaliyoti vaqtida keng va xilma-xil material toʻplanadi. Unga ishlov berish talabadan 
koʻp vaqt, tartibga aniq rioya qilish, epchillik va mahorat talab qiladi. Talabalar 
tomonidan topilgan, oʻlik holda yoki begona shaxslar tomonidan olib kelinadigan 
hamma hayvonlardan imkoni boricha toʻliq foydalanish zarur. Masalan, yigitlar 
yaqinda bir oʻlgan qushni olib kelishdi: uni darhol diqqat bilan qarab, aniqlash
ogʻirligini oʻlchash, taʼriflash, terisini shilib olish, zoologik tushka (yaʼni ichi 
tozalangan va paxta yoki poxol bilan toʻldirilgan qushning teri patida), tayyorlash, 
jigʻildon va oshqozonini yorib, tarkibini qismlarga ajratish, aniqlash va ichidagi bor 
narsalarning roʻyxatini tuzish, hazm boʻlmagan ovqat qoldiqlarini quritish, maxsus 
paketlarda 
yoki 
konservatsiyalovchi 
suyuqliklarda 
saqlanishi 
zarur.



Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin