www.ziyouz.com kutubxonasi
28
19-FASL. QURAYSH ICHIDAGI TANGLIK Rasululloh bilan Quraysh ahli o’rtasidagi kurash kundan-kunga keskinlashib borardi.
Rasululloh sallallohu alayhi vassallam da’vatlarini hamon davom ettirardilar. Bu holni
chetdan kuzatgan Quraysh saidlarining paytavasiga qurt tushardi. Ular tezda biron chora
ko’rilmasa, bu din chuqur ildiz otib ketishidan qo’rqardilar. Shuning uchun hozirdan
risolatning payini qirqish kerak, deb o’ylay boshladilar.
Abu Lahab bilan uning xotini Rasulullohga dushman ekanini ochiq e’lon qilishdi. Ummu
Jamil Хadicha onamizning ashaddiy dushmaniga aylandi. Rasululloh sallallohu alayhi
vassallam mushriklar sig’inayotgan butlar biror narsa yaratishga ham, ularning duo-
iltijolarini eshitishga ham qodir bo’lmagan, jonsiz toshlar ekanini bot-bot ta’kidlar edilar.
Qurayshliklar: "But-sanamlarImizni Muhammad masharaladi, ilohlarimizni haqorat qildi",
deb oyoqqa turdilar, "Muhammadning da’vatiga chek qo’ymasak bo’lmaydi", deb o’zaro
ahdlashdilar. Shoirlar: "Biz o’z she’rlarimizda uni hajv qilib, ustidan kulamiz; fikrlarini
haqoratlab, mashara qilamiz; bu she’rlar qo’lma-qo’l tarqalgach, odamlarga ta’sir qilib,
undan ko’ngli qolishadi", deyishdi.
Qissa aytuvchilar: "Biz odamlar orasida yurib, ko’hna qissalarni ularga mahorat bilan
aytib beramiz. Bu qissalar Qur’ondan ko’ra chiroylidir. Va odamlar biz bilan mashg’ul
bo’lib qoladi", dedilar ishonch bilan.
Savdogarlar esa: "Uni va unga ergashganlarni tijoratdan surib chiqaramiz. Hayot
kechirishi qiyinlashgach, ular dinlarini tark etib, eski holiga qaytishadi", deyishdi
muammoni oson hal qilgandek.
Abu Lahab Rasulullohga yon qo’shni edi. Bundan foydalanib, ularga tinchlik bermaslikka,
Хadicha onamizni bezovta qilishga, oralarini buzishga ahd etdi.
Хadicha onamiz Rasululloh sallallohu alayhi vassallamni shijoatlantirib, da’vatlarini
yoyishda yordam berar, bu yo’lda aslo mol-mulkini ayamas, buni esa Abu Lahab bilan
xotini yaxshi bilar edi. Johil er-xotin uzaro reja tuzib olishdi. Yaqinda bizga qarshi
so’zlash qanaqa bo’lishini unga ko’rsatib qo’yaman. Vahiy qanaqa bo’lishini, Safo tog’ida
Qur’on o’qish nimaligini ko’ziga ko’rsataman, — dedi jini qo’zib Abu Lahab. Хotini ham:
— Men bilan o’ynashish qanaqa bo’lishini bilmaydi u.
Muhammad "mening bo’ynimga bog’langan arqon" qanaqa bo’lishini ko’rib, bir
pushaymon bo’lsin, — deya shang’illay boshladi. U Хadicha onamizning hovlisiga qarab
tishlarini g’ijirlatar, bor ovozi bilan dodlar edi:
— Ey Хadicha, yo sen bu yerdan ko’chib ketasan, yoki biz...
Bugundan boshlab senga tinchlik bermaganim bo’lsin!
Keyin amaliy ishga o’tishdi. Sahar payti Хadicha onamizning ostonasiga ahlat to’kib
ketishdi. Rasululloh sallallohu alayhi vassallam tashqariga chiqib, nopok narsalarning
sochilib yotganini ko’rdilar va Хadicha onamizning oldlariga qaytdilar.
— Bu ishni qilgan Abu Lahabning xotinidir. Хadicha, bu hali boshlanishi, — dedilar.
Хadicha onamiz eshikka chiqib, u yerda sochilib yotgan ahlatlarni ko’rdilar.
Ilk iymon keltirgan ayol – Hadicha binti Xolid. Abdussalom Ashriy