Microsoft Word hadicha ziyouz com doc


(Ma’nosi: Yaqin qarindosh-urug’laringizni ogohlantiring, sizga ergashgan



Yüklə 264 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə27/38
tarix05.05.2023
ölçüsü264 Kb.
#108315
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   38
Xadicha binti huvaylid roziyallohu anhu

(Ma’nosi: Yaqin qarindosh-urug’laringizni ogohlantiring, sizga ergashgan 
mo’minlar uchun qanotingizni panoh tuting. Bas, agar ular itoatsizlik qilsalar, u 
holda ayting: albatta, men sizlarning amalingizdan pokdurman. Aziz va 
mehribon Zotga tavakkul qiling. U sizni yolg’iz holingizda ham, sajda 
qiluvchilar orasida ham ko’rib turar. Shak-shubhasiz, u eshitguvchi va 
bilguvchidir).  
Ey Rasululloh darhaqiqat, yaqinlaringizga Parvardigoringizning risolatini yetkazib, 
ularni oxirat xavfidan ogoh qilishingiz lozim. Allohning kalomini tinglab, uning 
buyruqlariga itoat etishlari nur ustiga nur bo’ladi. Allohning fazliga yetishish barcha 
uchun eng muhim vazifadir. Albatta, bu da’vatga eng avvalo qarindoshlaringiz 
haqliroqdir... 
Rasululloh sallallohu alayhi vassallam unga vazmin nigoh tashladilar. 
— Ular yaqinda bizga qarshi ayovsiz urush ochadilar. Bizning kulimizni ko’kka sovurishni 


Ilk iymon keltirgan ayol – Hadicha binti Xolid. Abdussalom Ashriy 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
26
xohlaydilar. Chunki ba’zilarining o’g’illari, qarindoshlari, qullari Islom diniga kirgani 
uchun tish qayrab yuribdilar. Aysh-ishratlariga, tinch, ammo loyqa hayotlariga Islom dini 
rahna solmoqda, deb biladilar. Shunday ekan, bu dinga ularni da’vat qilsam, nima 
qilishlari aniq-ku. Bor kuchlarini to’plab, yashirin da’vatlarimizga ham shikast etkazishni 
boshlaydilar. Ularga kuchimiz yetmaydi. 
Хadicha onamizning yuzida qat’iyat zohir bo’ldi: 
— Siz haq din va to’g’ri yo’lga chaqiruvchi emasmisiz? Alloh siz bilan birga, sizni tark 
etib yolg’z qoldirmaydi. Parvardigor buyurganidek ularni iymonga da’vat eting. Ularning 
huzurida Qur’on oyatlarini qiroat qiling. Shoyadki, Alloh kalomini eshitgach, qalblari 
yumshab shaytondan yuz o’girib, Allohning mukammal diniga kirsalar. Aksincha bo’lsa, 
Parvardigoringiz zolimlar uchun azob-uqubat yog’diruvchidir. 
Shu gaplarni aytgach, Хadicha onamiz mehmonlar uchun dasturxon yozmoqchi bo’ldi. 
Rasululloh esa ularni ziyofatga chaqirishni, shu asno ilohiy burchini bajarishni niyat qildi. 
Ertalab Rasululloh sallallohu alayhi vassallam mehmonlarni ziyofatga chaqirgani 
chiqdilar. Хadicha onamiz taom tayyorlashga kirishdilar. U Payrambarimizning 
da’vatlariga boshliqlar "labbay" deb javob berishini, haq dinga kirishlarini istar edi. 
Ertalabki nonushta paytida qavm Хadicha onamizning hovlisida jam bo’lishdi. O’tirishib 
molu dunyodan, savdo-sotiqdan so’zlashdi. Biroq asosiy masaladan gap ochilganda — 
Rasululloh da’vat qila boshlaganlarida ular eshitishni istashmadi va qattiq g’azablanib, 
hovlidan chiqib keta boshlashdi. Rasululloh Хadicha onamizning oldiga kelib: 
— Ko’rdingmi, Хadicha, ular kufr botqog’iga botgan, hargiz bu dinni qabul qilishmaydi. 
Axir, ular o’zlarini boshqalardan baland tutadilar. Molu dunyosida faqirlar, miskin va 
ojizlarning haqqi borligini e’lon qilgan dinni ular qanday qabul qilsin?! — dedilar.
Хadicha onamiz taskin berdi: 
— Ey Rasululloh noumid bo’lmang, siz ularni yaxshilikka chaqirdingiz. Hidoyat topsalar, 
o’zlari uchun yaxshi. Rad qilsalar, o’zlariga azob bo’lgusidir. Ikkinchi marta da’vat 
qilishingizga kim, nima monelik qiladi?! 
— Makka ahlining hammasini chaqirib, Allohning buyruqlarini yetkazaman! — dedilar 
Rasululloh qatiy tarzda. 
Bir kuni ertalab turib Safo tog’iga chiqib, baland ovozda nido qldilar: 
— Ey Quraysh ahli! Ey Quraysh ahli!!
Eshitganlar qiziqib, u zotning oldiga shoshildilar, nima demokchi ekanini so’radilar. 
Parvardigor amri bilan Allohning farzlarini ularga yetkazmoqchi va Uning g’azabidan 
panoh tilash niyatida ekanini aytdilar. Ularni hech qanday avlodi va sherigi bo’lmagan, 
yakkayu yagona Allohga ibodat qilishga chaqirdilar. Johillar mashara qila boshlashdi. 
Amakisi Abdul Uzzo esa: 
— Qurib ketgur, shuning uchun rohatimizni buzib, bizni bu yerga chaqirdingmi?! — dedi 
g’azab bilan. Shu asno tahdid qilib uni masharalayotgan amakisiga javoban vahiy nozil 
bo’ldi. Rasululloh sallallohu alayhi vassallam odamlarning oldida baland ovoz bilan uni 
qiroat qildilar: 


Ilk iymon keltirgan ayol – Hadicha binti Xolid. Abdussalom Ashriy 

Yüklə 264 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   38




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin