www.ziyouz.com kutubxonasi
37
menga imon keltirdi. Odamlar meni yolg’onchi deganda, u rostgo’yligimni tan oldi.
Odamlar qizg’angan paytda, u molu dunyosini haq yo’liga sarfladi. Alloh
taolo undan
menga farzandlar ato qildi”, dedilar qat’iy tarzda.
Qachonki, ishlari o’ngidan kelib, g’alabaga erishsa, Хadicha onamizni eslardilar. Ulja
tushgan paytlar ham: "Agar tirik bo’lganida haqini berar edim", deb uni yodga olardilar.
Uning ruhini shod qilishga harakat qilardilar. Mollaridan Хadicha onamizning yaqinlariga,
do’stlariga
ehson berardilar, qavmiga yaxshilik qilardilar. Agar qo’y so’isalar albatta,
Хadichaning yaqinlariga olib boringlar, u yaxshi ko’rganlarni men ham yaxshi ko’raman,
deb tayinlar edilar. Alloh va rasuli uchun yashab utgan Хadicha
onamizni tez-tez tilga
olardilar. Uni to chin dunyoga rihlat qilgunlaricha ham unutmadilar. U kishining
vafodorligini boshqalarga namuna qilib ko’rsatardilar. Mo’min-musulmonlar
u kishini
"Ummul muslimin" deb atasin, derdilar.
Yaxshilik, mehribonchilik va ixlosda undan
o’rnak
olinglar, deb ta’kidlardilar.
Mo’minlarning onasi Хadicha binti Хuvayliddan Alloh rozi bo’lsin.
Onlineda o’qish:
http://forum.ziyouz.com/index.php?topic=1407.0
Internet uchun Muslima tayyorladi.
www.ziyouz.com
2007